Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 157 Konkret obrazli- tafakkurli kishilar esa axborotni konkret obrazlar orqali samarali o‘zlashtiradilar, mavhum tushunchalarni anglashlari qiyin kechadi. Vizuallar (ing. ‖vision‖ –ko‘rish) ko‘rgan obrazlarini yaxshiroq eslab qoladilar.Bunday kishilar so‘z borayotgan har bir predmetni ko‘rishlari lozim. Masalan, dars jarayonida ular so‘zlovchini ko‘rib turishlari shart. Audiallar (ing. ―audio‖-tovush) axborotni eshitish orqali samarali qabul qiladilar.Bunday kishilar musiqa tinglashni yaxshi ko‘radi. Yangiliklarni gazetadan o‘qish o‘rniga radio va televideniye orqali tinglashni maqbul biladilar. Kinestetlar (ing.‖kinesthetia‖-mushak orqali his qilish) har bir predmetni ko‘rishlari, hidlashlari, ushlab ko‘rishlari, ya‘ni tana orqali his qilishlari kerak. Shunday ekan, o‘qituvchi/trener/fasilitator har qanday o‘qitish jarayonini tashkil qilish, o‘quv materialini taqdim qilishda yuqoridagi ma‘lumotga asoslanishi, turli toifadagi ta‘lim oluvchilarning axborotga nisbatan ehtiyojlarini qondirishi jarayon samaradorligini oshirishga yordam beradi. Demak, ta‘lim jarayonida ko‘rgazmali vositalarning har xil turlaridan maqsadli foydalanishi lozim. Bu plakatlar, qo‘llanmalar, laboratoriya tajribalari; ovoz, animatsiya, harakat, matn yig‘indisi bo‘lgan multimedia bo‘lishi mumkin. Zero, mutaxassislarning fikricha, biz turli yo‘llar bilan qabul qilgan axborotimizni turli darajada o‘zlashtiramiz va eslab qolamiz. Shu o‘rinda bir ma‘lumotni eslab o‘tishimiz maqsadga muvofiqdir. Bizning miyamiz yangi axborotni turli tezlikda, shuningdek, turli darajada qabul qiladi.Bu axborot manbasiga bog‘liq. Bizning o‘qishga nisbatan fikrlashimiz tezroq. O‘z navbatida, bizda ma‘lumotni og‘zaki eshitishga nisbatan o‘qish sur‘ati tezroq. Shu o‘rinda savol paydo bo‘ladi: ‖Unda o‘zgalar nutqi nima uchun kerak?‖ Bunga shunday javob beramiz: nutqning mimikasi, ovozidagi past-baland ohang, qo‘l harakatlari ma‘lumotni qiziqarli va tushunarli yetkazadi hamda auditoriyada iliq muomala muhitini yaratadi. Tarqatilgan materiallar esa berilgan g‘oyalar haqida tasavvur va tushunchani kengaytiradi, qo‘llab-quvvatlaydi.Grafika, ya‘ni diagramma, jadval va xaritalar o‘z navbatida aytilgan axborotlarni to‘ldiradi, ularni yanada yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Tarqatma material tayyorlash yuzasidan tavsiyalar Har bir fanning asosiy xususiyati, mazmunining tarkibi, amaliy, nazariy qismlarining nisbatiga muvofiq ravishda eng qulay tarqatma tayyorlash dars samaradorligining kafolatidir. Tarqatma materiallar individual yoki guruh uchun mo‘ljallanadi. Shunga ko‘ra, ular guruhning/tinglovchlarining soniga qarab taqsimlanadi. Kartochka (matnli) va perfokartochkalar (grafikli) mavzuning maqsadidan kelib chiqib, puxta, mukammal ishlanishi lozim. Tarqatmalarni ishlab chiqishda quyidagilarga e‘tibor berish kerak: Muammolarni hal qilishga yo‘naltirish; Tadqiqotlar olib borishga yo‘naltirish; Turli vaziyatlar va holatlar tahliliga qaratish; Tajribalar va mashqlar o‘tkazishga mo‘ljallash; Yangiliklarni izlash va topishga yo‘naltirish. Sizning tarqatma materialingiz visual tomondan ham qulayligiga amin bo‘ling. Ularni shunday tayyorlangki, mavzu maqsadiga va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling