Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 53 oldinroqda borish zarur. Uning qurbi yetadigan darajada va biroz ko‗proq harakat qilishga undashingiz lozim. Ammo ko‗proq ikki pog‗onaga emas, balki yarim pog‗onagacha ko‗tariling. Harakat dasturi.Zarur adabiyotlar va sizga yordami tegadigan mutaxassislar doirasini belgilab olganingizdan keyin mashg‗ulotlarni boshlab yuboring. Buning uchun har kuni muayyan bir vaqtni tanlang. Har bir daqiqani xoh u uqalash bo‗lsin, xoh gimnastika yoki rivojlantiruvchi mashqlar bo‗lsin farzandingizga to‗liq bag‗ishlash juda muhim. Mashg‗ulotlarning asosiy maqsadi kichkina insonga atrof-muhitga asta-sekinlik bilan moslashishiga yordam berishdan iborat. Buning uchun sensor qabul qilish (ko‗rish va eshitish qobiliyatlari), motor ko‗nikmalari (harakat) va nutqni (bunga emotsiyalar va muloqot qilish ko‗nikmalarini shakllantirish kiradi) rivojlantirish zarur.Shu tarzda siz asta- sekinlik bilan bolani passiv holatdan olib chiqib, o‗yinchoqlarni kuzatishga, diqqat-e‘tiborni atrofdagi predmetlarga qaratishga undaysiz. Boshini ushlab turishi qiyin bo‗lsa ham, har kuni uni qorniga yotqizib qo‗yib, uqalash ishlarini va mashqlarni bajaring, ammo bunda u charchab qolmasligi kerak. Ta‘kidlash joizki, bunday bolalarga istalgan yoshda suvda suzish juda foydali. Asta-sekinlik bilan siz bolaning faolligi oshayotganini sezasiz. Endi u o‗yinchoqlarni shunchaki kuzatib qolmasdan, ularga qo‗llarini cho‗zadi, ushlab ko‗radi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. П. Л. Жиянова. «Социальная адаптация детей раннего возраста с синдромом Дауна». Москва 2001. 2. Po‘latova P.M. Maxsus pedagogika. (Oligofrenopedagogika) Toshkent 2011. 3. Po‘latova P.M. va boshqalar. Maxsus pedagogika Toshkent 2014. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling