Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
Polimerlar (yun. polymeres — koʻp qismlardan tashkil topgan) - molekulalari
(makromolekulalar) bir yoki bir necha turli koʻp sonli takrorlanuvchi guruhlar (monomer zvenolari) dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinatsion valentlik kuchi vositasida bogʻlangan. Polimerlar tabiiy - biopolimerlar (oqsillar, nuklein kislotalar, tabiiy smolalar) va sintetik (polietilen, polipropilen, fenolformaldegid smolalar) polimerlarga bo’linadi. Polimerlar bir xil strukturali zvenolar (mas, polivinilxlorid — CH 2 CHCl—) yoki oʻzaro navbatlashuvchi turli xossaga ega zvenolar (sopolimer) dan tashkil topgan boʻladi; vinilxlorid va vinilatsetat sopolimeri bunga misol boʻla oladi. Bir nechta kichik oddiy molekulalarning birikishidan hosil boʻlgan polimerlar oligomerlar deb ataladi. Monomerning 2 molekulasi qoʻshilishidan hosil boʻlgan molekula dimyer deyiladi. Bunday birikmalar oʻzining xossasiga koʻra, quyi va yuqori molekulali birikmalar oraligʻidagi oʻrinda turadi. Polimerlar molekulalari polimerlanish va polikondensatlanish usullari bilan hosil qilinadi. 20-asrning 2-yarmidan boshlab polimerlar sintezining yangi usullarini ishlab chiqildi, chunonchi: a) tayyor polimerlarga biror yangi, qoʻshimcha monomerni kimyoviy "payvandlash". Bu tayyor polimerlar molekulasining faollashishiga va erkin radikallar hosil boʻlishiga yordam beradi. Bunda polimerlarning chiziqsimon molekulasiga polimerlanuvchi qoʻshimcha monomer yon tarmoqchasi "payvandlanadi"; b) ikki tayyor polimerlar zanjirini kuchli mexanik taʼsir ostida uzib, makromolekula boʻlaklarini biriktirib, yangi makromolekulalar, yaʼni "blok polimerlar" hosil qilishi. Bu usullar polimer mahsulotlarining xossalarini (puxtaligi, kimyoviy bardoshliligi, elektr oʻtkazmaslik va h.k.) oʻzgartirishga imkon beradi. Polimerlarning tarkibi va sintez usullariga koʻra, ulardan qattiq va elastik, puxta va moʻrt, issiq va sovuqqa chidamli, kimyoviy taʼsirlarga bardoshli va h.k. xossaga ega boʻlgan mahsulotlar olish mumkin. Mahsulot hosil qilish uchun polimerlarga toʻldirgichlar va boshqa moddalar qoʻshiladi. Polimerlarning muhim xususiyati shuki, ulardan shtampovkalash, presslash kabi oddiy usullarda buyumlar tayyorlash mumkin. Polimerlar dastlab murakkab boʻlmagan moddalar, ko’mir va yogʻochni qayta ishlash mahsulotlari (mas, fenol, formalin va boshqalar) ga asoslangan edi. Keyinchalik polimerlar olish uchun neftni qayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilgʻilarni qayta ishlash mahsulotlari, yogoch va turli oʻsimlik xom ashyolari chiqindilari ishlatiladigan boʻldi. Xossasining yaxshiligi va xalq xoʻjaligiga keltiradigan foydasining kattaligi hamda xom ashyo zaxiralarining koʻpligi polimerlarni keng koʻlamda ishlab chiqarishga imkon berdi. Polimerlar xossasiga koʻra, quyidagilarga boʻlinadi: kauchuklar — keng temperatura oraligʻida qayishqoqlik xossasini yoʻqotmaydigan polimerlar; plastmassalar — yuqori temperaturada yumshaydigan va keng temperatura oraligʻida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq polimerlar; sintetik tolalar — yuqori temperaturada (180-200°) yumshaydigan va shu temperaturada puxta ip boʻlib choʻziladigan polimerlar; lak va boʻyoqlar — yeyilishga chidamli, metall, yogʻoch va shishaga yopishadigan, atmosfera va mexanik taʼsirlarga chidamli polimerlar. Polimerlarning xossasi turlicha bo’lganligidan ular qora va rangli metallar, yogʻoch, tosh, suyak, shisha va boshqa o’rnida ishlatiladi. Baʼzi bir sintetik polimerlar ion almashuvchi smolalar, qon plazmasi oʻrinbosari sifatida, tuproqni strukturalashda va boshqalarda qoʻllanadi. a) Elementar zveno, segment, kontur uzunlik, regulyarlik. Polimerlar asosini monomerlar (elementar, qaytariluvchi yoki asosiy zvenolar) tashkil qiladi. Polimerlar asosan monomerlarni polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari orqali birikishi tufayli hosil bo’ladi. Ayrim polimerlar, jumladan, poliamidlar ham polimerlanish, ham polikondensatlanish usullarida olinishi mumkin. Umumiy holda polimerlanish reaksiyasi zanjirli yoki pog’onali bo’ladi. Zanjirli polimerlanish reaksiyasi monomer molekulalarning sikllari yoki qo’sh bog’larning ochilishi tufayli amalga oshadi. Pog’onali sintez esa monomerlarning funkstional guruhlarini o’zaro ta’sirlashishi hisobiga amalga oshadi. Polimerlanish reaksiyasi qonuniyatlari turlicha bo’lganligidan kelib chiqqan holda, quyidagicha toifalanadi. Zanjirli polimerlanish Pog’onali sintez reaksiyasi ozod zanjirli reaksiya ionli reaksiya polikon- densatlanish pog’onali polimerlanish kationli anionli ionkoordinatsionli Polimerlarda kimyoviy (kuchli) bog’lar zanjir bo’ylab asosiy bog’lanishlarni va fizik (kuchsiz) bog’lar zanjirlar o’rtasidagi bog’lanishlarni tashkil etadi. Bu ikki xil bog’lanishlar polimerga o’ziga xos fizik-kimyoviy va mexanik xossalarni, jumladan, yuqori darajadagi egiluvchanlik va elastiklikni, hamda plyonka va tola hosil qilish kabi muhim xususiyatlarni beradi Polimerlarda monomerlar soni (n) bir necha 10 dan to 10000 tagacha va undan ham ortiq bo’lishi mumkin. Monomerlar soni 25-30 tadan kam bo’lsa, u holda zanjirli birikma shartli ravishda oligomer deyiladi. Monomer zvenolar soni polimerlanish darajasi ham deyiladi (I.1.1 jadvalga qarang). Monomer massasining (M Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling