Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana13.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1090973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu



 
1-mavzu: POLIMERLARNING ZANJIRLI TUZILISHI, TURLARI VA 
XOSSALARI. 
KONFIGURATSIYA, 
KONFORMATSIYA, 
EGILUVCHANLIK, 
QATTIQLIK, 
MOLEKULYAR 
TUZILISHI 
MODELLARI. POLIMERLAR MOLEKULYAR MASSALARI, MASSASI 
TURLARI, FRAKSIYALARI, MOLEKULYAR MASSAVIY TAQSIMOTI, 
POLIDISPERSLIGI. MOLEKULYAR MASSANI ANIQLASH USULLARI.
 
Bugungi kunda dunyo miqyosida “polimer materiallariga bo’lgan ehtiyoj 400 
mln. tonnadan ortiq bo‘lib, shundan polietilen 37%, polipropilen 26%, polivinilxlorid 
18% ni tashkil etadi. Termoelastoplast kompozitsiyalarning dunyo bo'yicha yalpi 
ishlab chiqarish hajmi yiliga 3 mln. tonnadan ziyod bo’lib, sintetik va sun'iy polimer 
materiallar iste'molidagi ularning ulushi 65-67% ga yetgan”. 
Jahon miqyosida polimer materiallarni qayta ishlash va qo’llash orqali 
kimyoviy va aralash tolalar, iplar, maxsus to‘qimachilik materiallari, poyabzal 
detallari, sintetik charm mahsulotlari ishlab chiqarish tobora kengayib bormoqda. 
Mamlakatimizning kimyo sanoati, to‘qimachilik, yengil vii poyabzal tarmog'i 
korxonalarining mavjud quvvatiarini yangilash, tayyorlanadigan mahsulotlar turini 
ko’paytirish hamda assortimentini ken gaytirish borasida. shuningdek, xaridorgirligi 
bo’yiclia 
raqobatbardoshligi 
va 
yuqori 
sifat 
ko‘rsatkichlarini ta’minlash 
yo'nalishlarida muayyan natijalarga erishildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi dasturiga muvofiq, ‘‘sanoatni sifat 
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mahalliy xomashyo manbaalarini qayta ishlash, 
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni jadallashtirish, ichki va tashqi bozorni prinsipial 
yangi ishlab chiqariigan import o'rnini bosuvchi raqobatbardosh milliy xalq iste’mol 
mollari bilan ta'minlash va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beruvchi 
zamonaviy texnologiyalarni rivojlashtirish” vazifalari aniq belgilab berilgan. “Milliy 
iqtisodiyotimizni mustahkamlash, yurtimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib 
chiqish uchun oldimizda hali ko‘plab vazifalar turibdi”.
Fanning maqsadi - polimerlaming va ular asosida olingan polimer 
materiallaming tuzilishi va xossalarini o‘rgatish va yuqori molekulyar birikmalarning 
asosiy tushunchalari haqida hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalanib bilim berish, 
talabalarda mantiqiy va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. 
Fanning vazifalari:
- polimerlar fizikasi fanining asosiy tushuncha va qonunlarini talabalarga 
mukammal o‘rgatish va ulardan texnologik jarayonlarni rejalashtirish, boshqarish va 
nazorat qilishda foydalanish ko‘nikmalarni shakllantirish;
- to‘qimachilik va yengil sanoatda qo‘llaniladigan birikmalarning tuzilishi va 
xossalarini izohlash;
- polimerlar fizikasi fanining nazariy asoslarini hozirgi zamon rivojlanish 
yo‘llari bilan bog‘liq holda, ularning fan va texnikadagi ahamiyati haqida bilim 
berish va shu sohada talabalami mantiqiy xulosalar chiqarishga o‘rgatish;
- polimerlaming sintezi va xossalari bo‘yicha kimyoviy tajribalarni kimyoviy 
idishlar, reaktivlar va qurilmalardan foydalanib bajarishga o‘rgatishdan iborat. 


Ko’p sonli atom guruhlari yoki molekulalari kimyoviy bog’lanib, uzun zanjir 
tashkil qilgan yuqori molekulyar birikmaga polimer deb aytiladi. Polimerning zanjirli 
molekulasi makromolekula deyiladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling