Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik
-CH 2 -CH 2 -CH 2 -CH 2 -
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
. . . .
-CH 2 -CH 2 -CH 2 -CH 2 - . . . . yoki [-CH 2 -CH 2 -] n bu yerda n - monomerlar soni. Eng murakkab tuzilishga ega bo’lgan polimerlarga oqsil moddalar misol bo’la oladi. Oqsil molekulasi asosini peptidlar (polipeptidlar) tashkil qiladi. Peptidlar qaytariluvchi elementar zvenolar sifatida qaralishi mumkin. Ular -L-aminokislotalar qoldiqlarini peptid bog’lari orqali birikishi tufayli hosil bo’ladi: R’ R’ H 2 N-CH-COOH=H 2 N=CH-COOH H 2 N-CH-CO-NH-CH-SOOH=H 2 O R R bunda R, R’-har xil aminokislotalar; -CO-NH- peptid bog’i. Oqsil molekulalar tuzilishi va xossalariga qarab 4 ta strukturaviy guruhlarga bo’linadi. Birlamchi strukturasi - bu makromolekulyar (peptid) zanjirda aminokislota qoldiqlarining ketma-ket joylashishini ifodalaydi. Ikkilamchi strukturasi- polipeptid zanjirning konformatsiyasini tavsiflaydi. Uchlamchi strukturasi - bu ikkilamchi strukturani qayrilishi yoki egilishi tufayli jipslashib hosil bo’lgan strukturasida polipeptid zanjirlarni o’zaro joylashishini ifodalaydi. To’rtlamchi struktura-bu bir necha uchlamchi strukturalarni fazoviy strukturaga birikishi va joylashishidir. Polimerlar asosan ikki xil usulda, ya’ni erituvchilar ishtirokida eritilgan holda yoki issiqlik ta’sirida suyultirilgan holda qayta ishlanishi mumkin. Polimerlarni suyuqlik holatiga o’tkazib, qayta ishlash ham ikki xil, ya’ni termoplastik va termoreaktiv usullarda amalga oshiriladi. Termoplastik usulda polimer temperaturasi oshishi tufayli oquvchan holatga o’tadi va sovutilsa qattiq holatga qaytadi. Bu polimerni maxsus qoliplarga quyib, undan turli xil mahsulotlar olish imkonini beradi. Masalan, polietilen, polivinilxlorid, poliamid kabi polimerlar shu tarzda qayta ishlanadi. Termoreaktiv usulda harorat oshishi bilan kimyoviy tikilish reaksiyalari boshlanadi va odatda polimer uch o’lchamli fazoviy struktura hosil qilib tikiladi. Bunga, misol qilib fenolformaldegid smolani, vulkanizastiya kauchuklarini keltirish mumkin. Yuqori molekulyar birikmalar molyar kogeziya energiyasi miqdoriga nisbatan ikkiga bo’linadi. Molyar kogeziya energiyasi 4-8 kJ/mol elastomerlar va 8-20 kJ/mol bo’lsa plastmassalar deyiladi. Polimerlarning qattiq holatdagi asosiy hossalaridan biri, ularning amorf, amorf- kristall, va kristall holatlarda bo’lishidir. Amorf holatdagi polimerlarda yaqin qo’shni zvenolar o’ziga xos (kuchsiz) bog’lar hosil qiladi va uzoqroq joylashgan zvenolar o’rtasida umumiy tartibga ega bog’lanish va xossalar mavjud bo’lmaydi. Amorf bog’lanishni yaqin tartibli bog’lanishlar ham deyiladi. Kristall polimerlarda bir necha o’nlab, yuzlab zvenolar ma’lum tartibda joylashgan holda, kristall panjara hosil qilib bog’langan bo’ladi. Amorf-kristall polimerlarda kristall strukturali qismlar amorf qismlar bilan ketma-ket yoki tartibsiz joylashgan bo’ladi. Jumladan, polimer tolalar odatda amorf-kristall tuzilishga ega bo’ladi. Chizig’li polimerlarning asosiy xossalaridan biri, ularni termodinamik egiluvchanligidir. Ushbu xossasiga muvofiq polimerlar egiluvchan zanjirli va qattiq zanjirlilar guruhlariga ajratiladi. Bu xossalar bevosita makromolekulaning konfiguratsiyasi va konformatsiyasiga bog’liqdir. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling