Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
Gauss g’ujanagi deb ataladi.
Polimer zanjirida elementar zvenolar, ya’ni monomerlarning ketma-ket takrorlanib kelishi cheklanganligi uning ma’lum bir uzunlikka ega bo’lishini anglatadi. Buni fizik jihatdan o’rganish uchun bir qator modellar tavsiya etilgan. Eng oddiy model Kun va Mark tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, u erkin ulangan zanjir modeli deyiladi. Bu model real chizig’iy polimerning ekvivalenti bo’lib, fazoviy orientastiyasi bir-biriga mutlaqo bog’liq bo’lmagan, ma’lum uzunlikka (A) ega N ta segmentdan iborat zanjirni ifodalaydi. Ushbu zanjir chizmasi I.1.3 - rasmda keltirilgan. Modelning ko’rinishiga qarab, uni ba’zida tersak (sharnir) model ham deyishadi. Segment - zvenolar (s ta zvenoning) ketma-ketligi bo’lib, unda zvenolarning burchakli orientastiyasi turlicha bo’lishi mumkin. Polimer zanjirining termodinamik egiluvchanligini, aynan, uning statistik segmenti yoki Kun statistik segmenti kattaliklari bilan ifodalanadi. Real zanjirning to’liq uzunligi ekvivalent zanjirning to’liq uzunligiga teng deb olinsa, zanjirning kontur uzunligi (L) quyidagiga teng bo’ladi: L = NA (I.1.1) I.1.2-rasm. Polimer konformatsiyasida valent burchaklarning doimiy ( = const) miqdorga ega bo’lishi va valent bog’lari oriyentatsiyasining o’zgaruvchanligi. I.1.3 - rasm. Real polimer g’ujanagining erkin ulangan Kun g’ujanagi sifatida ifodalovchi chizma. Segmentlar vektor chiziqlar bilan ifodalangan. Erkin ulangan zanjir modeliga quyilgan ikkinchi zaruriy shartga muvofiq real va ekvivalent zanjirlarning oxirlarini (uchlarini) tutashtiruvchi masofa (h) bir xil bo’ladi. Polimer zanjirining strukturaviy holatini baholashda h muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, makromolekulaning yoyilganlik darajasi quyidagicha ifodalanadi: = h/L (I.1.2) Polimerlar statistik fizikasining rivojlanishi erkin ulangan zanjirlar uchun Gauss taqsimotini tuzishga imkon berdi. Bunga muvofiq, zanjirlarning uchlari (oxirlari) bir-biridan ixtiyoriy masofada bo’lish ehtimolligini baholash va ushbu masofaning ehtimolli miqdorini topish uchun taqsimot funksiyasi tuzildi: W(h)dh (4/ 1/2 )(3/2NA 2 ) 3/2 exr(-3h 2 /2NA 2 )h 2 dh (I.1.3) bu yerda W(h)dh - molekulalar ansamblidan tanlangan, uzunligi A bo’lgan N ta segmentdan iborat zanjirning uchlari orasidagi masofasi h va dh orasida bo’lishi ehtimolligini ifodalaydi. Ushbu taqsimot funksiyasi bo’yicha tuzilgan umumiy grafik I.1.4- rasmda keltirilgan. Bunda, zanjirlar uchlari orasidagi masofa juda keng chegarada o’zgarishi ko’rinib turibdi. Zanjirli molekulaning uchlari orasidagi masofa eng kichik bo’lganda, makromolekula sharsimon (globula) o’ralgan gujanak konformatsiyani egallaydi. Bunda polimerning zichligi uni quruq holatdagi zichligiga yaqin bo’ladi. Makromolekulaning bunday shaklni egallash ehtimolligi juda kichikdir, chunki bu shakl faqat birgina konformastion holatga tegishlidir. Ikkinchi cheklangan, yagona ehtimollikka ega konformatsion holatga zanjir uchlari orasidagi masofa eng katta bo’lganda, ya’ni h zanjirning kontur uzunligi L ga yaqinlashganda erishiladi. Bunday holda makromolekulaning konformatsiyasi qattiq tayoqcha deyiladi va zanjirning ko’rinishi maksimal cho’zilgan, sirti egri-bugri saqlangan holda bo’ladi. Mavjud bo’lish ehtimolligi eng katta bo’lgan konformatsiya bu makromolekulaning statistik g’ujanak holati bo’lib, u doimiy ravishda o’zining shakli va o’lchamlarini o’zgartirib turadi. Bunga sabab, konformatsiyaning turlicha o’zgarishining ehtimolligi kattaligidadir. Stereoregulyar polimerlarda yon radikallarning faol ta’sirlanishni namoyon qilishi makromolekula konformastion holatining ehtimolligi h miqdori bilan baholashni qiyinlashtiradi. Bu hol spiralsimon konformatsiyaga ega bo’lgan polimerlarga, shuningdek, ichki molekulyar vodorod bog’lari hosil qiladigan yuqori molekeulyar birikmalarga, jumladan, polipropilenlar, poliamidlar, oqsillar va boshqalarga tegishlidir. Bularni inobatga olib, konformastion holatlarni hisoblash uchun zanjirlarning uchlari orasidagi masofani, ya’ni h o’rniga uning <h Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling