Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik
Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik va qattiqlik
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
Konfiguratsiya, konformatsiya, egiluvchanlik va qattiqlik.
Konfiguratsiya - bu atomlarning molekuladagi aniq tartibli fazoviy joylashishini ifodalovchi tavsifidir. Konfiguratsiya issiqlik harakatlari tufayli o’zgarmaydi va ma’lum barqaror makromolekulyar izomerlarni namoyon qiladi. Tsis- va trans-izomerlar zanjirning qo’sh bog’lariga nisbatan o’rinbosarlarlarni joylashishini xarakterlaydi. a - c - b a - c - b ║ ║ a - c - b a - c – b tsis-izomer trans-izomer Polimerlarda atomlarning tsis- yoki trans- izomerlar holida joylashishi qo’sh bog’ tutgan har bir qaytariluvchi zveno uchun xarakterlidir. Bu makromolekulani butun strukturasiga ta’sir etadi va bir zanjirning o’zi ham tsis- yoki trans- izomeriyalarda bo’lishiga qarab turli xossalarga ega bo’ladi. Masalan, tabiiy kauchuk va guttaperchalar kimyoviy tarkibi bo’yicha mutloq bir xil, ammo izomeriyasi har xildir. Tabiiy kauchuk (tsis-) CH 3 0,816 nm CH 3 -CH 2 -CH 2 -C=CH-CH 2 -CH 2 -C CH-CH 2 -CH 2 - CH 3 CH 3 Guttapercha (trans-) CH 3 0,48 nm CH 3 -CH 2 -CH 2 -C CH-CH 2 -CH 2 -C CH-CH 2 - Bu yerda ko’rinib turibdiki, qaytariluvchi monomer guruhi bir xil yo’nalishda orientirlanmagan. Tsis-izomeriyada monomerdagi metil guruhi 0,816 nm dan so’ng, va trans-izomeriyada 0,48 nm dan keyin uchrayapti. Shu tufayli, har xil konfiguratsiyali zanjir har xil xossaga egadir: guttapercha - kristall strukturaga ega bo’lib, 50-70 o C larda suyuqlikka aylanadi; tabiiy kauchuk - elastomer bo’lib, past temperaturalarda ham o’z xossasini saqlab qoladi. Konfiguratsiyaning yana bir muhim turi - optik izomeriyalardir. Bu izomeriya makromolekulada asimmetrik uglerod atomi mavjudligi hisobiga namoyon bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling