Jinoyatning obyektiv tomoni turar joyga unda yashovchilarning erkiga qarshi zo`rlik ishlatib, g`ayriqonuniy ravishda bostirib kirishda ifodalanadi.
Agar turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda g`ayriqonuniy bostirib kirish zo`rlik ishlatib sodir etilgan bo`lsa, aybdor JK 142-moddasi bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Agar g`ayriqonuniy bostirib kirish zo`rlik ishlatilmay sodir etilgan bo`lsa, aybdorning xatti-harakati jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinmaydi.
Bunday hollarda aybdorning qilmishi JKning sog`liqqa qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalari bilan jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinmaydi. Biroq, ayblanuvchi tomonidan jabrlanuvchiga og`ir tan jarohati yetkazilgan hollarda, ayblanuvchining harakatlari jinoyatlar majmui tariqasida JK 142 va 104-moddalari bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy ravishda bostirib kirish mansabdor shaxs tomonidan sodir etilsa, uning harakatlari JK 206-moddasi bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi va bunday hollarda JK 142-moddasi bo`yicha kvalifikatsiya talab qilinmaydi.
Turar joyga zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy bostirib kirilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi. Bunda kelib chiqqan oqibatlar ahamiyatga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |