Obyektiv tomondan jinoyat jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeidan kelib chiqishdan qat'i nazar fuqarolarning huquqlarini buzish yoki cheklash yoxud fuqarolarga bevosita afzalliklar berishda ifodalanadi.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini va h.k. kelib chiqib, fuqarolarning huquqlari buzilgan yoki cheklangan yoxud fuqarolarga afzalliklar berilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Teng huquqlilikning buzilishi zo`rlik ishlatib sodir etilgan bo`lsa, aybdorning qilmishi JK 141-modda 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish vaqtida zo`rlik ishlatish mushtlash, jabrlanuvchini kaltaklash, badaniga yengil yoki o`rtacha og`ir shikast yetkazishda ifodalanishi mumkin.
Bunday qilmish shaxsga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalar bilan qo`shimcha ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi. Badanga og`ir shikast yetkazilgan hollarda aybdorning qilmishi jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |