Konstitusiyada fuqarolarni huquq va erkinliklari


Jinoyatning obyektiv tomoni


Download 120 Kb.
bet4/15
Sana08.01.2022
Hajmi120 Kb.
#246195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KONSTITUSIYADA FUQAROLARNI HUQUQ VA ERKINLIKLARI

Jinoyatning obyektiv tomoni turar joyga unda yashovchilarning erkiga qarshi zo`rlik ishlatib, g`ayriqonuniy ravishda bostirib kirishda ifodalanadi.

Agar turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda g`ayriqonuniy bostirib kirish zo`rlik ishlatib sodir etilgan bo`lsa, aybdor JK 142-moddasi bo`yicha jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Agar g`ayriqonuniy bostirib kirish zo`rlik ishlatilmay sodir etilgan bo`lsa, aybdorning xatti-harakati jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinmaydi.

Bunday hollarda aybdorning qilmishi JKning sog`liqqa qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalari bilan jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinmaydi. Biroq, ayblanuvchi tomonidan jabrlanuvchiga og`ir tan jarohati yetkazilgan hollarda, ayblanuvchining harakatlari jino­yatlar majmui tariqasida JK 142 va 104-moddalari bo`yicha kva­lifikatsiya qilinishi lozim.

Turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy ravishda bostirib kirish mansab­dor shaxs tomonidan sodir etilsa, uning harakatlari JK 206-moddasi bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi va bunday hollarda JK 142-moddasi bo`yicha kvalifikatsiya talab qilinmaydi.

Turar joyga zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy bostirib kirilgan paytdan boshlab jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi. Bunda kelib chiqqan oqibatlar ahamiyatga ega emas.




Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling