Konstitusiyada fuqarolarni huquq va erkinliklari


Download 120 Kb.
bet9/15
Sana08.01.2022
Hajmi120 Kb.
#246195
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
KONSTITUSIYADA FUQAROLARNI HUQUQ VA ERKINLIKLARI

Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivlari va ko`zlangan maqsad jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.

JK 144-moddasi 1-qismida javobgarlik belgilangan jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan, aqli raso har qanday shaxs, JK 144-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti mansabdor shaxs bo`lishi mumkin.




Vijdon erkinligini buzish

(O`zR JK 145-moddasi)
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida: «hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi» deb belgilab qo`yilgan.

«Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida»gi xalqaro Paktning 18-moddasi 1-qismi va Inson huquqlari umumiy Deklaratsiyasining 18-moddasi aslida bir-biridan unchalik farq qilmaydi va 145-modda ham shu xalqaro hujjatlarga muvofiq ravishda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan. Halqaro huquqiy hujjatlarda shunday deb yozilgan: «har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o`z xohishiga ko`ra biror din yoki e'tiqodga ega bo`lish yoki qabul qilish erkinligini, yakka tartibda va boshqalar bilan birgalikda o`z dini va e'tiqodiga amal qilish erkinligini, oshkora yoki xususiy tartibda sig`inish, diniy yoki urf-odat bo`lgan marosimlar va ta'limotlarga amal qilish erkinligini o`z ichiga oladi».

Tahlil etilayotgan modda uch qismdan iboratdir.

Mazkur modda O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 maydagi qonuniga binoan Jinoyat kodeksiga kiritilgan.

Bu jinoyatning obyekti O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiya­sida kafolatlangan diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyati yoki fuqarolarning xohlagan diniga e'tiqod qilish, diniy marosimlarni ado etish yoxud hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqi va fuqarolarning sog`lig`i hisoblanadi.


Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling