Konstitusiyada fuqarolarni huquq va erkinliklari


Download 120 Kb.
bet1/15
Sana08.01.2022
Hajmi120 Kb.
#246195
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KONSTITUSIYADA FUQAROLARNI HUQUQ VA ERKINLIKLARI


KONSTITUSIYADA FUQAROLARNI HUQUQ VA ERKINLIKLARI
Reja:



  1. Fuqarolarning teng huquqliligini buzish

  2. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish

  3. Xat-yozishmalar, telefonda so`zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa

  4. Fuqarolarning murojaatlari to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish

  5. Vijdon erkinligini buzish





Fuqarolarning teng huquqliligini buzish

(O`zR JK 141-moddasi)

Ushbu modda ikki qismdan iborat.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida: «O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar», deb mustahkamlab qo`yilgan.

JK 141-moddasi xalqaro huquqiy hujjatlarga, jumladan «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida»gi xalqaro bitimning 26 -moddasiga to`la mos keladi. Shu bitimda: «Barcha odamlar qonun oldida teng va hech qanday kamsitishlarsiz qonun tomonidan teng himoya­ qilinishi huquqiga egadirlar. Shu munosabat bilan har qanday kamsitishlar qonunda man etilishi va qonun barcha shaxslarga biron-bir belgisi: irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy mavqei, tug`ilishi yoki boshqa sharoitlar bo`yicha kamsitishlarga qarshi teng va samarali himoyani kafolatlanishi lozim», deb qayd etilgan.

Ushbu jinoyatning obyekti fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklaridir.


Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling