Konstitusiyada fuqarolarni huquq va erkinliklari


Download 120 Kb.
bet7/15
Sana08.01.2022
Hajmi120 Kb.
#246195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
KONSTITUSIYADA FUQAROLARNI HUQUQ VA ERKINLIKLARI

Subyektiv tomondan jinoyat faqat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va ko`zlangan maqsad uning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatga ega emas, ammo jazo tayinlash vaqtida hisobga olinishi lozim.

Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan shaxs bo`lishi mumkin.



Fuqarolarning murojaatlari to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish

(O`zR JK 144-moddasi)
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida: «har bir shaxs bevosita o`zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, taklif va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko`rib chiqilishi shart», deyilgan.

Mazkur modda fuqarolarning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo`yilgan ariza berish, davlat hokimiyat organlari, korxonalari, muassasalari va jamoat hayotining boshqa sohalari faoliyatini erkin tanqid qilish huquqini jinoyat huquqi tomonidan himoya qilishning muhim vositasi hisoblanadi.

Tahlil qilinayotgan jinoyatning obyekti fuqarolarning vakolatli davlat organlari, muassasalari yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilishi bilan bog`liq konstitutsiyaviy huquqi hisoblanadi.

Jinoyat kodeksi 144-moddasining 1-qismida ko`zda tutil­gan jinoyatning obyektiv tomoni fuqarolarning murojaatlari to`g`risidagi qonunni buzishga qaratilgan har xil harakatlar bo`lib, u fuqarolarning, jamiyatning va davlatning qonun bilan muhofaza etiladigan huquqlariga jiddiy zarar yetkazishda ifo­dalanadi.

Fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun bilan muhofaza etiladigan huquqlariga yetkazilgan zararning jiddiyligi to`g`risidagi masalani hal qilish jarayonida kelib chiqqan oqibatlar xususiyatini hamda ma'naviy zararning ahamiyatini, moddiy za­rar hajmini, fuqaroning mehnati, shaxsiy va mulkiy bo`lmagan huquq va manfaatlarining cheklanish darajasi inobatga olinishi kerak.

Shaxslar vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan konstitu­tsiyaviy murojaat qilish huquqini ta'minlash sohasidagi muno­sabatlar1[38] O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi “Fuqarolar murojaatlari to`g`risida”gi Qonuni (yangi tahriri) bilan tartibga solinadi.

Murojaatlarni ko`rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish murojaatlarni ko`rib chiqish majburiyati yuklangan shaxs yoki organning qonunda ko`rsatilmagan asoslarga ko`ra mu­rojaatni qabul qilmasligidir.

Murojaatlar mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinmasligi quyidagi hollarda qonuniy deb topiladi:



  • yozma murojaatlarda imzo qo`yilmagan va fuqarolarning ismi-sharifi, turar joyi to`g`risida ma'lumotlar ko`rsatilmagan yoki yolg`on ma'lumotlar ko`rsatilgan hollarda2[39];

  • og`zaki murojaatlar – murojaat qiluvchi shaxsini tasdiq­lovchi guvohnomani taqdim etmagan yoki uning murojaat­lari asossiz bo`lgan hollarda3[40].

Murojaatda tegishli organlarga jo`natish uchun ma'lumotlar mavjud bo`lmasa, shuningdek, murojaat etish muddati o`tkazib yuborilgan bo`lsa, u fuqaroga qaytarilib berilishi mumkin.

6. Fuqarolarning murojaatlari to`g`risidagi qonunning bu­zilishi borasidagi ishlar bo`yicha har bir alohida olingan ho­latda aybdorning qilmishlari va kelib chiqqan oqibatlar o`rtasidagi sababiy bog`lanish aniqlanishi kerak.




Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling