Konstitusiyada fuqarolarni huquq va erkinliklari


Download 120 Kb.
bet10/15
Sana08.01.2022
Hajmi120 Kb.
#246195
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KONSTITUSIYADA FUQAROLARNI HUQUQ VA ERKINLIKLARI

Obyektiv tomondan JK 145-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarning o`tkazilishiga to`sqinlik qilishda ifodalanadi.

To`sqinlik qilish diniy muassasalar faoliyatining bajarilishiga yo`l qo`ymaslikda (masjid, cherkovlarning yopib qo`yilishi yoki diniy marosimlar, nikoh o`qitish, sunnat to`yi qilish, mar­humni dafn etish va h.k.larning ado etilishiga to`sqinlik qiluvchi xatti harakatlarni sodir etish)da ifodalanishi mumkin.

Diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilish fuqarolarning o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishi yoxud fuqarolik vazifalarini bajarishi yoxud diniy marosimlarni ado etishiga to`sqinlik qilish fuqarolarning sog`lig`iga shikast yetkazish bilan birgalikda sodir etilgan hollarda aybdorning qilmishi sog`liqqa qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalar bilan birgalikda jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.

JK 145-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni ado etishiga to`sqinlik qilingan paytdan boshlab tugallangan deb topiladi.

Mansabdor shaxs o`z mansab mavqeidan foydalanib, diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarning o`tkazilishiga to`sqinlik qilgan hollarda, O`zR JKning 205-moddasi yoki 206-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

Ushbu moddaning 2-qismida javobgarlik belgilangan jinoyat obyektiv tomondan voyaga yetmagan shaxslarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ota-onalari yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning xohish-irodasiga qarshi voyaga yetmaganlarni diniy ta'limotga o`qitishda ifodalanadi.

Jalb etish deganda, voyaga yetmagan shaxslarning har xil usullar (aldash, moddiy manfaatdorlik, boshqa ne'matlarni va'da qilish va h.k. yo`llar) bilan diniy tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishga ko`ndirishni tushunish lozim.


Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling