Konstitusiyada fuqarolarni huquq va erkinliklari


JK 145-moddasining 3-qismida


Download 120 Kb.
bet11/15
Sana08.01.2022
Hajmi120 Kb.
#246195
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
KONSTITUSIYADA FUQAROLARNI HUQUQ VA ERKINLIKLARI

JK 145-moddasining 3-qismida javobgarlik belgilangan jinoyat obyektiv tomondan:

1) fuqarolarning o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlari yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga to`sqinlik qiladigan tarzda faoliyat yuritishda;

2) majburlab pul yig`ish va dindorlarga soliq solish bilan birgalikda diniy faoliyat yuritishda;

3) shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini cheklovchi chora-tadbirlarni qo`llash bilan bog`liq holda diniy faoliyat yuritishda;

4) diniy bilim olishga majburlashda va fuqaro o`zining dinga nisbatan, e'tiqod qilish yoki e'tiqod qilmaslik, ibodat qilish, diniy urf-odatlarda va marosimlarda ishtirok etish yoki etmaslikka nisbatan munosabatini aniqlayotganida unga nisbatan tazyiq o`tkazilishida;

5) diniy marosimlar o`tkazilishini tashkil etish natijasida badanga yengil yoki o`rtacha og`ir shikast yetkazilishida ifodalanadi.

JK 145-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat yuqorida qayd etilgan xatti-harakatlar sodir etilgan paytdan boshlab yuz bergan oqibatlardan qat'i nazar, tugallangan deb hisoblanadi. Shaxsning badaniga yengil yoki o`rtacha og`ir shikast yetkazilgan diniy marosimlar o`tkazilishini tashkil etish bundan mustasno. Bu hol ro`y berganida jinoyat aytib o`tilgan oqibatlar kelib chiqqan payt­dan boshlab tugallangan deb hisoblanadi.


Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling