Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o‘zgarishlar ro‘yxat Konstitutsiyadagi 28 ta moddaning roppa-rosa yarmi – 64 tasini o‘zgartirish va ta yangi modda qo‘shish taklif etilyapti


Download 198.3 Kb.
bet10/14
Sana13.02.2023
Hajmi198.3 Kb.
#1194230
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
abdullayev omon11

64-moddada ota-onalar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga ham yuklatilmoqda. Bu vazifalar qatoriga bolalarni voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiyalashdan tashqari, ularning ta’limi, sog‘lom va to‘laqonli kamol topishi haqida qayg‘urish ham qo‘shilmoqda.
65-moddadagi: “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” degan jumla o‘rniga quyidagilar yoziladi:
Bolaning manfaatlari, bolalarning to‘laqonli, jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
70-moddaning amaldagi tahriri bunday: “Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi”.
Mazkur moddani quyidagicha shaklga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquq va erkinliklar kafolatlanadi.
74-moddaning amaldagi tahriri bunday: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega”.
Mazkur moddani ikki qismdan iborat quyidagicha shaklga o‘tkazish taklif etilmoqda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z hududida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga muvofiq amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy mansabdor shaxsidir.
75-moddaning amaldagi tahriri bunday: “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi”.
Mazkur moddani quyidagicha shaklga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlanishi uchun zarur moliyaviy, moddiy, tashkiliy-texnik va boshqa shart-sharoitlarni yaratadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati oliy organlarida o‘z vakillariga ega bo‘ladi.
77-moddaga Oliy Majlis deputatlari hududiy kengashlarda deputat bo‘lishini cheklovchi band qo‘shilmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati ayni bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.

Download 198.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling