Koreyashunoslik


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 122.65 Kb.
bet2/11
Sana07.05.2023
Hajmi122.65 Kb.
#1440003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
irodakhon

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi migratsiyaning jahon mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlari va O‘zbekistonning ahamiyatini o‘rganish va undagi kamchiliklarni bartaraf etishni ko‘rib chiqish.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
-migratsiyaning mazmuni va uni kamaytirish omillarini o‘rganish;
-migratsiyaning iqtisodiyotda tutgan o‘rnini o‘rganish;
-xorijiy mamlakatlaridagi migratsiya ko‘rsatkichlari va ularning tajribasini tahlil qilish;
-O‘zbekistonning migratsiyadagi o‘rnini aniqlash.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Kurs ishning tarkibi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishining birinchi bobida mehnat migratsiyasining nazariy mohiyati, iqtisodda tutgan o‘rni va kelib chiqishi yoritilgan. Ikkinchi bobida esa xorij tajribasini o‘rganish, migrantlarning davlat tomonidan himoyaga olinishini ta’minlash va xorijiy mamalakatlarning tajribasidan mamlakatimiz amaliyotida foydalanish haqida so‘z boradi.

I BOB. MIGRATSIYANING NAZARIY JIHATLARI

    1. Mehnat migratsiyasi mohiyati va iqtisodiy asoslari

Aholi va uning eng faol qismi bo‘lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Dunyo aholisining qandaydir qismi, har xil ta’sirlar yordamida ish va yashash joyini almashtirib turadi. Bu omil migratsiya deb atalib, u bir paytning o‘zida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diniy, ekologik xarakterga ega. Fanda migratsiyaning turli ta’riflari mavjud. Migratsiyaga mavjud ta’riflar orasida umumiy tarzda, quyidagi ta’rifni ajratib ko`rsatish mumkin: jismoniy shaxs (aholi) ning ma’lum bir geografik hududdan boshqa bir muayyan hududga ko‘chishi migratsiya deyiladi.


XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyoda aholi migratsiyasi kuchaydi. Agar oldinlari migratsiya ma’lum bir hududlardagina (Afrika, Osiyo, AQSH, G‘arbiy Yevropa) ro‘y bergan bo‘lsa, endilikda migratsiya tobora xalqaro global jarayonga aylanib bormoqda.
Aholining migratsion jarayonlari motivi, ko‘pchilik hollarda, siyosiy va iqtisodiy omillar hisoblanadi. XX asr oxirida dunyo siyosiy xaritasidagi o‘zgarishlar migratsion jarayonlarga yangi turtki berdi. Yangi yosh mustaqil davlatlardan rivojlangan mamlakatlarga migratsiya shu yillarda yanada o‘sdi. Bu o‘rinda, bir vaqtning o‘zida, siyosiy va iqtisodiy omillarning kesishuvi natijasidagi migratsion jarayonni kuzatishimiz mumkin.
Dunyo bo‘ylab migratsion jarayonlarning ortishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli nizolarning kelib chiqishi, diniy omil, ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy xizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o‘zini tutish qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi omillarni ko‘rsatish mumkin.
Yuqoridagi holatlarning avj olib ketmasligi uchun migratsion jarayonlarni boshqarish tushunchasi qo‘llaniladi. Bunday boshqarish tagzamirida, ish kuchi resurslarini birinchi navbatda, qonuniylashtirish, tartibga solish yotadi.
Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishda xalqaro tashkilotlarning ahamiyati kattadir. Bunday tashkilotlardan biri Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)dir, bu tashkilotda davlatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlar vakillari ishtirok etadi.
Migratsion jarayonlarni boshqarishda ushbu jarayonlarning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining 5 ta yo‘nalishini ajratib ko‘rsatish mumkin3:
1. Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya;
2. Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya;
3. Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya;
4. Sobiq sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya;
5. Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi.
1.1. 1-diagramma. Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlari
Manba: Internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi

BMTning statistik ma’lumotlariga qaraganda, Yevropa aholisi 2050-yilga borib, 128 mlnga kamayadi, bunda Italiya – 16 mln, Germaniya – 23 mln, Rossiya – 33 mln kishisini yo`qotadi. Eng ahamiyatlisi, Yevropa umumiy aholisining 10% igina Yevropalik ildizga taqaladi.
Yevropa Ittifoqi hududida migratsion oqimni va o`zga madaniyatdagilar hamjamiyatini tartibga solish bo`yicha muayyan ishlar ham ilmiy-nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Yevropaning deyarli barcha davlatlari OAVlarida va siyosiy debatlarda ushbu mavzu tez-tez ko`tarilmoqda.
Germaniya immigratsiya siyosati o`ziga xos maxsus qoida va an`analardan kelib chiqqan bo`lib, u ko`pgina Yevropa davlatlarida qiziqish uyg`otdi.
Agarda 1973-yilda 3,9 mln. (GFR) xorijlik yashagan bo‘lsa, 30 yildan so‘ng bu ko‘rsatkich, ya`ni 2002-yilda 7,3 mln.ni tashkil qildi. Germaniyalik muhojirlarning ko‘pchiligi “uchinchi davlat” kishilari bo‘lib, ular etnomadaniy nuqtai nazardan, ko‘pgina muammolarni keltirib chiqaradi.
2000-yil 1-yanvardan kuchga kirgan “Fuqarolik to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, 2000-yilgacha muhojirlardan tug‘ilgan bolalar bevosita nemis fuqaroligini qo‘lga kiritadi. Balog‘at yoshiga etguncha (18 yosh) ular ota-onalarining fuqaroligini saqlab turadilar, lekin 23 yoshgacha fuqarolikni aniq tanlashlari talab etiladi. Fuqarolik olishga ishsizlik nafaqasini oluvchilar, sudlanganlar da’vogarlik qila olmaydilar. Shuningdek, nemis tilini o`rganish bo‘yicha test olish majburiy qilib qo‘yildi. Umumiy hisobda 2000-2004-yillar oralig‘ida 191107 ta muhojirlarning farzandlari nemis fuqaroligini qo`lga kiritishdi. Ularning ko`pchiligini etnik turklar tashkil qiladi.
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari juda katta migrasion harakatlarga sabab bo‘ldi. Urush davom etib turgan paytdagi migratsion harakatlar vaqtincha migratsiyadir. Chunki aholining xarbiy harakatlar zonasidan qochib xavf – xavfsizroq rayonlarga ko‘chishi urush paytidagi qonuniy bir xoldir. Urush tugagandan so‘ng chegaralarning o`zgarishi yangi davlatlarning tuzulishi va boshqalar doimiy migratsion harakatlarga sabab bo`ladi. Ikkinchi jahon urushi boshlanmasdan avval sharqiy va janubiy Sharqiy Yevropa mamlakatlari xududida Yevropa mamlakatlar (asosan Polsha, Chexoslavakiya, Vengriya, Ruminiya, Sobiq Yugoslavakiya) 12 millionga yaqin nemislar yashar edi. Urushning Germaniyaning mag‘lubiyati bilan tugashi va yevropada yangi konferensiyaning qaroriga muvofiq nemislarning deyarli xammasi Germaniya va qisman Avstriya hududiga ko‘chib o‘tdi. Xozirgi paytda Sharqiy Yevropa mamlakatlarida (asosan Ruminiya va Vengriyada 800 mingga yaqin nemislar yashaydi). Urush davrida va undan so`ng Sharqiy Yevropa mamlakatlari o`rtasida qaysi millatga mansubligiga qarab aholi ayirboshlash ham bo‘ldi. Bu chegaralarni aniqlash va o‘zgartirish yoki o‘z aholisi milliy tarkibining mumkin qadar bir xil bo‘lishini ta’minlash maqsadida ko‘rilgan chora edi. Ana shunday aholi ayirboshlash Bolgariya bilan Ruminiya, Polsha va Rossiya, Chexoslovakiya va hakozalar o‘rtasida bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushining siyosiy va harbiy yakunlari bilan bog‘liq bo‘lgan migratsion harakatlar Osiyoda ham kuzatildi. Bu esa imperialistik Yaponiyatining urushda taslim bo‘lishi va u ilgari bosib olgan rayonlardan yaponlarning o‘z yurtiga qaytishi bilan bog‘liq edi.
1956-yilgacha Yaponiyaga milliondan ortiqroq yaponlar ko‘chib keldi (asosan Xitoy va Koreya xududidan). Ammo ikkinchi jahon urushidan keyingi Osiyoda eng kata migratsion harakatlar Hindiston va Pokiston davlatlarining tashkil topishi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, bu ikkita davlatga ajralish u yerda yashovchi aholining diniy e’tiqodiga qarab amalga oshirildi. Natijada Hindiston ko‘chib o‘tdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin qit’alararo migratsiya yanada kuchaydi. 1946-1961-yillarda Yevropadan 6,9 millionga yaqin aholi boshqa qit’alarga ko‘chib ketdi. Italiyadan 1,1 million kishi – asosan Argentina, AQSh va Venesuelaga. Buyuk Britaniyadan (950 ming kishi – ko`proq Kanada, Avtraliya va AQShga), Ispanidan (500 mingdan ortiqroq kishi Argentina va Venesuelaga) ko‘chib ketdi.
Shunday qilib ikkinchi jahon urushidan keyin 60-yillarning boshlarigacha Yevropa boshqa mamlakatlariga muxojirlar beruvchi qit’a bo‘lib keldi. Faqat keyingi yillardaginaYevropada emigratsiya birmuncha susaydi. Ayrim hollarda esa, Yevropa boshqa qit’alar bilan migratsion aloqalarda xatto ijobiy migratsion balansga ega bo‘la boshladi. Chet davlatlardagi aholining migratsion harakati haqidagi qisqacha obzorni tugatar ekanmiz, migratsiya oqibatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tish zarur. Migratsiya oqibatida Biron davlat aholisi ko‘payadi yoki kamayadi, bundan tashqari, aholining yosh, jinsiy tarkibi o‘zgaradi. Bu esa bir qancha oqibatlarga olib keladi. Ma’lumki, migratsion harakatlarda ko‘pincha yosh va o‘rta yosh aholi (eng sifatli mehnat resurslari) ishtirok etadi. Bu esa, emigrantlar ketgan mamlakat mehnat resurslari soning kamayishi, tarkbining yomonlashuviga sabab bo‘lsa, immigrantlar qabul qilgan davlat mehnat resurslari tarkibini har tomonlama yaxshilaydi. Migratsion harakatlarda mehnatga yaroqli yoki o‘rta yashar kishilar orasida ko‘proq erkaklar ishtirok etadi. Shuning uchun ham olimlar emigratsiyaning oqibatini urushlar oqibati bilan tenglashtiradilar. Chunki ko‘p emigrantlar yo‘qotgan mamlakatlar urushlardagi singari, o‘zining yosh va o‘rta yoshdagi, asosan erkak mehnat resurslaridan judo bo‘ladi. Bu esa shu mamlakatda aholining bundan keyingi takror barpo qilinishi hamda iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi4.

Download 122.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling