Koreyashunoslik


II BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA MEHNAT MIGRATSIYASI JARAYONLARI VA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI


Download 122.65 Kb.
bet6/11
Sana07.05.2023
Hajmi122.65 Kb.
#1440003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
irodakhon

II BOB. GLOBALLASHUV SHAROITIDA MEHNAT MIGRATSIYASI JARAYONLARI VA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI
2.1. Xalqaro mehnat migratsiyasining bugungi tendensiyalari

Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi davrida chet elda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan oʻzgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot oʻrnatildi, ularning muammo va ehtiyojlarini oʻrganish hamda hal qilish boʻyicha yangi mexanizmlar joriy qilindi. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi, mehnat migrantlarining hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash, ularning oila aʼzolari uchun ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.


Ammo shunga qaramay, tashqi mehnat migratsiyasida erishilgan yutuqlar bilan birga, sohada ayrim muammolar uchramoqda.
Birinchidan, tashqi mehnat migratsiyasi sohasi qonunosti hujjatlaridan iborat boʻlib, milliy qonunchilikdagi mehnat migrantlarining huquqlariga oid ayrim masalalarni xalqaro hujjatlar bilan uygʻunlashtirish zarur.
Ikkinchidan, qonunchilik hujjatlarida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, ushbu sohani tartibga solishda ishtirok etadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qoʻllanilib kelinayotgan barcha tushunchaning mazmuni va asosiy prinsiplari belgilab berilmagan.
Uchinchidan, fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari, uyushgan holda ishga joylashtirish, chet elda huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari turli qonunchilik hujjatlarida aks ettirilgan.
Shundan kelib chiqib, “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda qabul qilindi. Avvalo, qonun loyihasi bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan masalalar qonun darajasida mustahkamlanmoqda, xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan mehnat migrantlarining huquqlariga oid ayrim normalar, jumladan tashqi mehnat migratsiyasining ixtiyoriyligi va erkinligi, mehnat migrantlarining jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab kamsitishga va majburiy mehnatga jalb qilishga, mehnat migrantlarining sogʻligʻiga ziyon yetkazuvchi sharoitlarda ishlash uchun jalb qilishga yoʻl qoʻymaslik kabi bir qator huquqlari mazkur loyiha asosida milliy qonunchilikka implementatsiya qilinmoqda.
Qolaversa, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda ushbu sohada Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mahalliy ijro hokimiyati organlari, xususiy bandlik agentliklarining hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatlari belgilab berilmoqda.
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tashkil etish, ularni uyushgan holda ishga joylashtirish hamda chet ellik fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida jalb qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yagona hujjatda jamlanmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, mehnat migrantlarining hisobini yuritish va ushbu sohada monitoringni amalga oshirish, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini reintegratsiya qilish boʻyicha mehnat hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari belgilab berilmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi tashqi mehnat migratsiyasi sohasini tartibga solish qonun darajasida mustahkamlanadi, xalqaro hujjatlardagi mehnat migrantlarining huquqlariga oid normalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi, uyushgan holda ishga joylashtiriladigan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tartibi tizimlashtiriladi.




Download 122.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling