1. 더욱 (deoug) – yana va yanada ko'proq: (Tovuq) Ochofat tovuq yana va yana
ko'proq don yeyapti;
2. 일등 (ildeung) – birinchi: (Oldin) 2yil oldin ninachi birinchi bo'sani olganini eslab
o'tiribdi;
3. 전체( jeonche) – to'liq hammasi: (Cho'ntak) Qip-qizil cho'ntak borib to'lovlarni
to'liq hammasini to'lab keldi;
4. 한번( hanbeon) – bir marta: (Hanbok) Ilon bir marta bo'lsa ham Koreyscha
hanbok kiyishni orzu qilyapti;
5. 길다( kilda) – uzun: (Kitda) Muloyim kitda sochi uzun qiz o'tiribdi;
6. 대부분( taebubun) – ko'pincha, ko'pchilik: (Tepib, ur) Chumoli bolasiga yo'lidan
qaroqchi tovuq chiqsa, ko'pchilik bo'lib, tepib urushini tayinlayapti;
7. 얼마( eolma) – qancha: (Olma) Koreys nokni ko'rsatib olma desa sotuvchi bu nok
dermish;
8. 세기( segi) – yuz yillik: (Sevgi) Bahaybat chinor yuz yillik sevgisini asar qilib
yozyapti;
9. 세( se) – uch, 3: (Sel) Yog'ishni bilmaydigan, merov sel yana 3 baho oldi;
10. 각( kag) – har bir: (Kal) Har bir kal kishiga parik sovg'a qilyapsiz;
11. 비하다( pihada) – taqqoslash: (Pilkada) Pilkada tirnoqlarini ishlov berayotgan
ilon tirnoqlarini taqqoslab ko'ryapti;
12. 기능( kineoung) – funksiya, vazifa: (Kindik) Siz doktorsiz va kindik
funksiyalarini o'rganyapsiz;
13. 한 (han) – bir: (Xon) O'qimagan xon bir sonini yozishni ham bilmayapti;
14. 수 (su) – son: (Suv) Ahmoq sonlar suvga tushib ketib ho'l bo'lishdi;
15. 한두 (handu) – bir yoki ikki: (Hindu) Hindu bog'da bir yoki ikki arg'imchoqda
uchib boshi aylanib yerda yotibdi;
16. 호 (ho) – raqam: (Hol) Tasavvur qiling, Holida holiga raqam qo'yib sanab chiqdi;
17. 고려하다 (koryohada) – hisoblamoq: (Ko'r yogada) Ko'r chuvalchang yogada
o'tirib, boshqalarni anqov deb hisoblayapti;
66
Hyperminds Press
Do'stlaringiz bilan baham: |