Ko`rildi” O`ibdo`: / / 201 yil


Download 137.75 Kb.
bet3/7
Sana02.01.2023
Hajmi137.75 Kb.
#1075427
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-sinf dars ishlanma

Broun harakati: Ingliz tabiatshunosi R. Broun1827- yilda mayda zarrachalarning harakatini o’rgangan.Suyuqlik yoki gazlarda zarraning to'xtovsiz va tartibsiz harakati xaotik harakat deb ataladi. «Xaotik» so'zi lotincha «xaos» so'zidan olingan bo'lib, «tartibsiz»degan ma'noni bildiradi. Zarralar­ning xaotik harakati R. Broun tomonidan kashf etilgani uchun u Broun harakati deb ham ataladi. Chang zarrasi — Broun zarrasining to'xtovsiz va tartibsiz harakat qilishining sababini tahlil qilaylik. Broun zarrasiga bir tomondan urilayotgan molekulalar soni boshqa tomondan urilayotgan molekulalar sonidan farq qiladi. Shu bilan birga, molekulalarning zarb kuchlari ham bir xil emas. Broun zarrasiga ta'sir etuvchi natijaviy kuch zarrani harakatlantiradi.
Molekulalar harakati tartibsiz bo'lgani uchun zarra harakat yo'nalishini uzoq davom ettira olmaydi. Birozdan keyin zarraga ta'sir etayotgan natijaviy kuch va uning yo'nalishi o'zgarishi natijasida Broun zarrasi o'z yo'nalishini o'zgartiradi. Bu jarayon to'xtovsiz davom etadi. Broun harakatini .Perren mukammal o'rga- nib, 1908—1913- yillarda xaotik harakat qilayotgan zarraning teng vaqtlar oralig'idagi holatlarini suratga olgan. Unda Broun zarrasining trayektoriyasi 4- rasmda tasvirlangandek turli uzunliklardagi siniq chiziqlardan iborat bo'lgan.Broun harakatini tevarak-atrofimizda ham kuza- tish mumkin. Masalan, Quyosh nurida havodagi chang zarralarining tinimsiz tartibsiz harakat qilayot- gani ko'rinadi.Gaz yoki suyuqlikdagi molekulaga boshqa mole­kulalar har tomondan tartibsiz urilib turadi. Natijada u goh bir tomonga, goh boshqa tomonga tinimsiz tartibsiz harakat qilishga majbur bo'ladi (5- rasm). Broun harakati molekulalarning tartibsiz harakat qilishidan tashqari, molekulalarning mavjudligini ham isbotlaydi.


Koptok o’yini”
Bunda o’quvchilar bir joyga to’planib koptokni bir –birlariga otadilar. Bu o’yinni butun sinf bilan, agar dars shovqun bo’ladi desangiz 10 ta o’quvchi bilan o’ynash mumkin. Koptok o’yinini kuzatib xulosa chiqariladi. O’yinning ma’nosi shundan iboratki, bolalar molekula, koptok esa chang zarrachasi.




Download 137.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling