Ko`rildi” O`ibdo`: / / 201 yil


Download 137.75 Kb.
bet7/7
Sana02.01.2023
Hajmi137.75 Kb.
#1075427
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-sinf dars ishlanma

Molekulalarning massasi. Ayrim molekulalarning massasi juda kichik ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida bitta suv molekulasi massasini hisoblab ko'raylik. Buning uchun yuqorida normal sharoitda olingan 10-3kg massali suvning egallagan hajmi V= 10-6m3 ga tengligidan foydalanamiz. Bu hajmda mavjud bo'lgan suv molekulalarining soni N=3• 1022dona ekani ma'lum. U vaqtda 10-3 kg suv massasini unda mavjud bo'lgan molekulalar soniga bo'lish orqali bir dona suv molekulasining massasi topiladi:

Molekulalarning massalari juda kichik bo'lganligi tufayli, hisoblashlarda massalarning absolyut qiymatlaridan emas, balki nisbiy qiymatlaridan foydalanish qulaydir. Shuning uchun hamma atom va molekulalarning massasi Xalqaro kelishuvga muvofiq uglerod atomi massasining 1/12 qismi bilan taqqoslanadi. Buning sababi shundaki, uglerod ko'pgina kimyoviy birikmalar tarkibiga kirgani uchun uglerod massasi asos qilib olingan. Nisbiy molekulyar massa. Moddaning Mn nisbiy molekulyar (yoki atom) massasi deb shu molekula (yoki atom) massaning uglerod atomi mOCmassasining 1/12 qismiga nisbatiga aytiladi: Modda miqdori. Jismlarda atom yoki molekulalar nihoyatda ko'p bo'ladi. Shuning uchun aniq bir jismdagi atomlar sonini 0,012 kg uglerod massasidagi atomlar soni bilan taqqoslash qabul qilingan. Buning uchun modda miqdori deb ataladigan maxsus fizik kattalik kiritiladi. Modda miqdori (n) deb (grek harfi; "nyu" deb o'qiladi), ma'lum bir jismdagi molekulalar soni N ning 0,012 kg massali uglerodda mavjud bo'lgan atomlar soni (NA) ga nisbatiga aytiladi: Modda miqdori mol hisobida o'lchanadi. Bir mol — moddaning shunday miqdoriki, unda mavjud bo'lgan molekulalar soni 0,012 kg ugleroddagi atomlari soniga teng. Mol bilan bir qatorda katta o'lchamdagi modda miqdorini hisoblashda kilomol ham qo'llaniladi: 1 kmol=103 mol. Avogadro doimiysi. Molning ta'rifiga ko'ra, istalgan moddaning bir moldagi atomlar yoki molekulalar soni bir xil bo'ladi va shuning uchun uni Avogadro doimiysi deb ataladi. Bu 0,012 kg ugleroddagi atomlar soniga teng bo'lib, qiymat jihatidan NA=6,023·1023mol-1 ga teng. Molyar massa .Molyar massa molekulaning massasi bilan Avogadro doimiysining ko`paytmasiga teng: M=m0NHar qanday miqdordagi moddaning massasini topish uchun bitta molekula massasini jismdagi molekulalar soniga ko'paytirish kerak: m=m0 N. Molyar massa tushunchasidan foydalanib, modda miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin: ν=m/M m — moddaning massasi, M— molyar massa. Modda miqdori modda massasining uning molyar massasiga nisbatiga teng
4. Darsni mustahkamlash.
Molekula atom” o’yini
Barcha sinf o’quvchilari bilan o’yin o’tkaziladi. (Agar shovqin bo’ladi desangiz 10 ta bola bilan o’yinni tashkil eting.) Bolalarga “atom” deb xitob qilinsa ular tartibsiz harakat qiladilar. Agar “suv molekulasi” deyilsa 3 ta o’quvchi birlashishi lozim. Yana “Atom” “Atom” “Atom” deb, “ vodorod molekulasi “- deb aytilsa 2 ta bola birlashib vodorod molekulasini hosil qiladilar . Agar “ kislorod molekulasi “- deyilsa u holda 2 ta bola birlashib kislorod molekulasini hosil qiladi. O’yin davomida bironta o’quvchi birlashmasdan bir o’zi qolsa undan o’z mahoratini ko’rsatish talab etiladi.(Mahorati deganda fizika faniga oid she’r, topishmoqlar aytish tushuniladi)
a) Juda kichkina suv tomchisining massasi 10 -10 g. Tomchi nechta molekuladan tashkil topgan?
b) Ozon (O3) ning bitta molekulasining massasini hisoblang.
5.Uyga vazifa: Darslikdagi 2-§ ni o’qib kelish va mavzu oxiridagi topshiriqlarni bajarish;
Karbonat angidrid (CO2 ) bitta molekulasining massasini hisoblash.
Download 137.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling