Ko`rildi” O`ibdo`: / / 201 yil


Uyga vazifa. 2 Darsning borishi


Download 137.75 Kb.
bet6/7
Sana02.01.2023
Hajmi137.75 Kb.
#1075427
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-sinf dars ishlanma

6

Uyga vazifa.

2

Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yo’qlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
a) molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qonuniyatlarini aytib bering;
b) molekulalar mavjudligining o‘zingiz biladigan isbotlarini bayon eting;
c)1 sm3 hajmdagi yoki 1 gramm suvdagi molekulalar soni qancha?
d) molekuladan ham kichikroq zarracha bormi? U qanday nom bilan yuritiladi
3.Yangi mavzuning bayoni:
Molekulalarning o'lchami. Kimyo kursidan ma'lumki, molekulalar turlicha atom birikmalaridan tashkil topishi mumkin. Bir atomli (geliy He, argon Ar, neon Ne kabi inert gazlar), ikki atomli (kislorod O2, vodorod H2, azot N2 ) va ko'p atomli molekulalar bo'lishi mumkin. Turli modda atomlari birikib ko'p molekulalarni hosil qiladi. Masalan, osh tuzining molekulasi bitta natriy Na atomi va bitta xlor Cl atomidan, suv molekulasi esa ikkita vodorod H atomi va bitta kislorod O atomidan iborat (1-rasm). Hozirgi vaqtda turli usullar bilan atom va molekulalarning mavjudliginigina emas, balki ularning o'lchamlarini ham aniqlash mumkin. Masalan, suv sirtiga hajmi Vm10-9 m3 bo'lgan moy tomchisi tomizganimizda tomchi Sm=0,5 m2 yuzaga yoyilgan bo'lsin. U holda qatlamning qalinligi, ya'ni molekulaning diametri quyidagicha topiladi: D=V/S
Molekulalarning soni. Molekulalarning o'lchami juda kichik bo'lgani uchun har qanday makroskopik jismda nihoyatda ko'p molekulalar bo'ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun massasi 10-3kg, hajmi V=10-6 m3 bo'lgan suv tomchisidagi molekulalar sonini taqriban hisoblab ko'raylik. Suv molekulasining diametri 3·10-10m ga teng ekanini hisobga olganimizda, har bir suv molekulasining egallagan hajmi taxminan V1»(3·10-10m)»2,7·10-29m3 ga to'g'ri keladi. U vaqtda 10-6m3 hajmdagi suv molekulalarining soni
bo'ladi.

Download 137.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling