Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining
XI bob. Eksport sohasidagi asosiy chora-tadbirlar
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1
XI bob. Eksport sohasidagi asosiy chora-tadbirlar Ushbu bosqichda eksportyorlar duch keladigan asosiy qiyinchiliklar quyidagilardan iborat: a) eksportga yetkazib berishda to„lov muddatlarining oshishi sababli, aylanma mablag„larning yetishmasligi; b) eksport bozorlarida mahalliy mahsulotlarga bo„lgan talabning qisqarishi va narxning pasayishi; v) tashqi bozorlarda karantin cheklovlari joriy etilishi munosabati bilan transport xarajatlarining oshishi. Yuqoridagi muammolarni echishda eksportyorlarga ko„maklashish maqsadida Amaliy harakatlar rejasi qo„yidagilarni o„z ichiga oladi: a) 2020-yil yakuniga qadar bo„lgan davrda: eksportni 17 milliard dollar miqdorida ta‟minlash; eksport salohiyatini rivojlantirish bo„yicha Respublika komissiyasi faoliyati doirasida eksport qiluvchilarga ko„maklashish orqali doimiy va tizimli ravishda maqsadli ishlarni amalga oshirish; mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish bo„yicha xorijiy hamkorlar bilan qat‟iy shartnomalar tuzishni yo„lga qo„yish; pandemiya munosabati bilan tashqi bozorlarda talab ortgan eksport mahsulotlarini tezkor yetkazib berish choralarini ko„rish; savdoni moliyalashtirishning zamonaviy vositalaridan foydalanishni yanada kengaytirish; eksport qiluvchilarga meva va sabzavot mahsulotlarini xarid qilish uchun naqd pul shaklidagi kreditlarni qaytarish muddatini 180 kungacha uzaytirish; eksport tushumi tushish muddatini 120 kundan 180 kunga uzaytirish; eksportda avtomobil, temir yo„llari va havo transportida tashish hizmatlari xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar ro„yxatini 68 tadan 184 tagacha kengaytirish; tijorat banklarining eksportdan oldingi kreditlari bo„yicha, shu jumladan, eksport qiluvchilarning aylanma mablag„larini to„ldirish uchun Tadbirkorlikni qo„llab-quvvatlash Davlat jamg„armasi kafolatlarining maksimal miqdorini 25 milliard so„mga oshirish; kredit hajmi va tijorat banki tomonidan belgilangan stavkadan qat‟i nazar, eksportchilarga eksportdan oldingi moliyalashtirish va aylanma mablag„larni to„ldirish uchun berilgan ssudalar bo„yicha foiz xarajatlarini qoplash. b) 2021-yil yakuniga qadar bo„lgan davrda: sanoatning qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlarini ishlab chiqish, xususan, 2021-yilda to„qimachilik mahsulotlari eksportini 1,5 barobarga; elektrotexnika mahsulotlari eksportini 1,3 barobarga; ipakchilik, charm va boshqa tarmoq mahsulotlari eksportini kamida 20 foizga oshirish; eksport faoliyatining obyektiv va aniq natijalari bilan bog„liq bo„lgan eksport qiluvchilarni davlat tomonidan rag„batlantirish tizimini ishlab chiqish; O„zbekiston uchun MDHning Erkin savdo zonasi to„g„risidagi bitimni qo„llash shartlari muddatlarini uzaytirish; O„zbekiston uchun Yevropa ittifoqining “GSP+” benefitsiar maqomini olish; meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun yo„l-transport infratuzilmasini rivojlantirish (saralash, saqlash, qayta ishlash va logistika), avtotransport parklarini kengaytirish; eksport qiluvchilar guruhi uchun meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun karantin ruxsatnomalarini olish mexanizmini joriy etish; Xitoy Xalq Respublikasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga chorvachilik mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish maqsadida mahalliy parrandachilik va chorvachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilarga tegishli ruxsatnomalarni olish bo„yicha ishlarni olib borish.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling