Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining


V bob. Bank sektoridagi asosiy chora-tadbirlar


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#227325
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1

V bob. Bank sektoridagi asosiy chora-tadbirlar 

Amaliy harakatlar rejasining samaradorligi ko„p jihatdan bank tizimining moliyaviy ko„magi 

asosida xo„jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatini tiklashi bilan bog„liq bo„ladi. 

Amaliy  harakatlar  rejasi,  2020  —  2025-yillarga  mo„ljallangan  bank  tizimini  isloh  qilish 

Strategiyasida tasdiqlangan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda quyidagilarni nazarda tutadi: 



a) 2020-yil oxirigacha bo„lgan davr uchun: 

iqtisodiy  faoliyatni,  shu  jumladan,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  qo„llab-

quvvatlash maqsadida, iqtisodiy chora-tadbirlarni qo„llagan holda tadbirkorlik subyektlariga berilgan 

kreditlar bo„yicha foiz stavkalarini o„rtacha darajada pasaytirish choralari ko„rish; 

kechiktirilgan  qarz  miqdorini  hisobga  olgan  holda,  bank  tizimining  likvidligini  baholash 

uchun stress-testlarni o„tkazish; 

majburiy zaxiralash shartlarining qayta ko„rib chiqilishi munosabati bilan tijorat banklariga 

2,2 trillion so„m miqdorida qo„shimcha likvidlik berish, shuningdek, Markaziy bankning pul-kredit 

instrumentlaridan,  shu  jumladan,  maxsus  vositadan  foydalangan  holda  3  —  6  oy  muddatga,  faqat 

kichik  biznes  va  tadbirkorlikning  iqtisodiy  faoliyatini  qo„llab-quvvatlash  uchun  2,6  trillion  so„m 

taqdim etish; 

koronovirus  pandemiyasidan  zarar  ko„rgan  korxonalarni  qo„llab-quvvatlashni  kengaytirish 

maqsadida ularni 2020-yilning ikkinchi yarmida 17 trillion so„m miqdorida aylanma mablag„lar bilan 

ta‟minlash; 

xalqaro moliya institutlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda davlat banklari faoliyatini 

kompleks diagnostika qilish asosida transformatsiya dasturlarini (yo„l xaritalarini) ishlab chiqish

nobank  kredit  tashkilotlarini  rivojlantirish  uchun  huquqiy  asoslarni  yaratish,  O„zbekiston 

Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari to„g„risida” gi Qonunini qabul qilish

banklarda  korporativ  boshqaruv  to„g„risidagi  nizomning  yangi  tahririni  tasdiqlagan  holda 

korporativ boshqaruv sohasida Bazel qo„mitasining tamoyillarini joriy etish; 

banklarni litsenziyalash to„g„risidagi nizomlarni qayta ko„rib chiqish orqali xorijiy strategik 

investorlarni bank sektoriga jalb etish shart-sharoitlarini shakllantirish; 

xalqaro  standartlar  asosida  tijorat  banklarida  tavakkalchilik  tamoyili  asosida  boshqarishni 

joriy etish. 

b) 2021-yilda amalga oshirish uchun taklif etilgan chora-tadbirlar: 

bank operatsiyalarini soddalashtirish, jumladan, kredit berish bo„yicha qarorlar qabul qilish, 

shuningdek,  bank  xizmatlarini  raqamlashtirish  orqali  bank  tizimi  va  tadbirkorlik  subyektlari 

xarajatlarini kamaytirish; 

mulk  yoki  pul  shaklida  garov  talab  qilmaydigan,  shu  jumladan,  ishonch,  loyihani 

moliyalashtirish kabi kreditlash vositalarini kengaytirish

mavjud avtomatlashtirilgan bank tizimlarini baholash uchun tijorat banklarining AT-auditini 

o„tkazish; 

loyiha  takliflarini  shakllantirish  va  ularni  asoslashga  yordam  berish,  ishga  tushirilgandan 

so„ng  loyihalarni  qo„llab-quvvatlash,  shu  jumladan,  aylanma  mablag„larni  o„z  vaqtida  to„ldirish 

orqali mijozlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash. 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling