Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining


VI bob. Aholi bandligi, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish hisobiga ichki


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#227325
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1

VI bob. Aholi bandligi, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish hisobiga ichki 

talabni rag‘batlantirishning asosiy chora-tadbirlari 

Karantin  davrida  aholi  bandligining  qisqarishi  va  tashqi  mehnat  migratsiyasidan  keladigan 

daromadlarning  kamayishi  aholining  xarid  qobiliyatini  pasaytirdi  hamda  ichki  iste‟mol  bozori 

imkoniyatlarini  sustlashtirdi.  Eksportni  cheklash  bilan  bir  qatorda,  iste‟mol  mahsulotlari,  birinchi 

navbatda, nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning pasayishiga sabab bo„ldi. 

Ichki  to„lov  qobiliyatiga  ega  talabning  tiklanishi  va  kengayishi  mehnatga  layoqatli 

fuqarolarning  bandligini  oshirish  va  daromad  olishlari  bo„yicha  amalga  oshirilgan  choralar  bilan 

bog„liq.  Ushbu  maqsadlar  uchun  2020-yilda  oilaviy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  dasturi  doirasida 

ajratilgan kreditlar hajmi 4 trillion so„mni tashkil etadi. 

Aholini ish bilan ta‟minlash, oilaviy biznesni qo„llab-quvvatlash, ishlab chiqarish va xizmat 

ko„rsatish  korxonalari  faoliyatini  qayta  tiklash,  uy-joy,  ijtimoiy  infratuzilmani  qurish  va 

rekonstruksiya  qilish,  yangi  qishloq  xo„jaligi  yerlarini  foydalanishga  topshirish  bo„yicha  keng 

ko„lamli chora-tadbirlar yil oxiriga qadar 810,6 mingta doimiy ish o„rinlari tiklanishiga, 302,8 mingta 

doimiy va 662,8 mingta vaqtinchalik hamda mavsumiy ish o„rinlarini yaratilishiga imkoniyat beradi. 

Jumladan,  “Yagona  milliy  mehnat  tizimi”  orqali  265,2  ming  nafar  ishsizlar  bo„sh  ish 

o„rinlariga joylashtiriladi, 301 ming kishi jamoat ishlariga jalb qilinadi, 53,6 ming kishi tadbirkorlik 

va  uy-joy  maydonlarini  rivojlantirish,  qishloq  xo„jaligi,  hunarmandchilik  hamda  tikuvchilik 



kooperativlarida  a‟zolik  uchun  subsidiyalar  bilan  ta‟minlanadi,  42,8  ming  kishi  bepul  tarzda  kasb-

hunarga o„qitiladi. 

Ish o„rinlarini izlash va ishga joylashtirish uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo 

dasturiy ta‟minot vositasi (my.mehnat.uz) joriy etilib, unda joriy  yilning boshidan buyon 385 ming 

korxonalar  qamrab  olindi,  3,5  milliondan  ortiq  ishchilarga  elektron  mehnat  daftarchalari  yuritila 

boshlandi. 

Keltirib  o„tilgan  barcha  chora-tadbirlar  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va 

Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlangan hamda amaliy chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan. 

Bandlikni,  shu  jumladan,  rasmiy  bandlikni  kengaytirish,  shuningdek,  aholi  daromadlarini 

oshirish  uchun  qo„shimcha  sharoitlarni  yaratish  maqsadida,  2020-2021-yillar  uchun  amaliy  chora-

tadbirlar rejasi quyidagilarni nazarda tutadi: 

a) 2020-yil yakuniga qadar: 

aholining kambag„al qatlamlari bilan ishlashning amaldagi shaklidan Jahon banki va BMT 

Taraqqiyot  Dasturi  bilan  birgalikda  O„zbekiston  Respublikasining  Barqaror  rivojlanish  maqsadlari 

bilan  uzviy  bog„liqlikdagi  uzoq  muddatli  kambag„allikni  qisqartirish  Strategiyasini  ishlab  chiqish 

asosida  kambag„allikni  qisqartirishga  qaratilgan  strategik  va  dasturiy  chora-tadbirlarni  amalga 

oshirishga o„tish. Bunda, 4 ta mezon (mutlaq, nisbiy, moddiy deprivatsiya va kambag„allikning ko„p 

o„lchamli indeksi)dan foydalanish orqali Toshloq tumanida sinov tariqasida kambag„allikni baholash 

uslubiyotini amaliyotda qo„llash; 

Sirdaryo  viloyatidagi  sinov  loyihasi,  shuningdek,  aholining  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj 

qatlamini  qo„llab-quvvatlash  bo„yicha  tajriba  asosida,  ayniqsa,  pandemiya  sharoitida,  ijtimoiy 

himoya reyestrni joriy qilish; 

xalqaro  ekspertlar  bilan  birgalikda  yashash  minimumi  va  iste‟mol  savatchasini  hisoblash 

hamda qo„llash uchun me‟yoriy bazani ishlab chiqish

O„zbekistonda  kambag„allikning  o„ziga  xos  jihatlari  va  omillarini  o„rganish,  shuningdek, 

kambag„allikni  qisqartirish  sohasida  tahliliy  va  uslubiy  materiallar  tayyorlash  uchun  Iqtisodiy 

tarraqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligi qoshida markaz tashkil etish; 

2020-yil oxiriga qadar bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiz hajmidagi bir martalik to„lov 

(hozirgi  vaqtda  bu  miqdor  har  oyda  to„lanadi)  orqali  o„zini  o„zi  band  qilish  faoliyat  turlarini 

kengaytirish,  shu  jumladan,  uy-joy  qurish  hamda  jismoniy  shaxslarga  tegishli  kvartiralarni 

ta‟mirlashni kiritish; 

xalqaro  moliya  institutlari  hamda  xalqaro  moliya  tashkilotlarining  kreditlari  hisobiga 

loyihalarni amalga oshirishda mahalliy pudratchilar imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish

malakasiz xorijiy ishchi kuchidan foydalanishni cheklash; 

tuman yoki shahar sektor rahbarining tavsiyasi asosida ish bilan ta‟minlashga ko„maklashish 

jamg„armasi  mablag„lari  hisobidan  ishsizlarga  ajratilgan  mikrokreditlar  miqdorini  2,5  baravarga 

oshirish (bazaviy hisoblash miqdorining 100 dan 250 baravarigacha); 

tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirishni  boshlash  uchun  ishsizlarga  davlat  ro„yxatidan 

o„tgandan so„ng dastlabki 3 oyda transport va ijara xarajatlarini qoplashga subsidiyalar ajratish; 

mahallalarda  aholini,  ayniqsa,  yoshlar  va  xotin-qizlarning  asosiy  kasb-hunarga  o„qitish 

punktlarini tashkil etish, bandlikka ko„maklashish jamg„armasi mablag„lari hisobidan ta‟lim olish; 

150 ming nafar qaytib kelgan mehnat muhojirlarini mehnat organlari orqali jamoat ishlariga 

jalb  qilish,  shu  jumladan,  foydalanilmayotgan  qishloq  xo„jaligi  yerlarini  o„zlashtirish  hisobiga  ish 

bilan ta‟minlash. 

b) 2021-yilda amalga oshirish uchun taklif etilgan chora-tadbirlar: 

kambag„allik  darajasi  yuqori  bo„lgan  hududlarda  davlat  ulushi  bo„lgan  respublika  davlat 

organlari va korxonalarini biriktirish, shuningdek, qishloq aholisi malakasini oshirish maqsadida 3 yil 

muddatga  grant  asosida  o„qigan  oliy  o„quv  yurtlari  bitiruvchilari  hamda  davlat  boshqaruvi 

akademiyasi talabalarini ushbu yo„nalishlar bo„yicha ishga yuborish amaliyotini joriy etish; 

qishloq xo„jaligi kooperativlariga jalb etish orqali tomorqa yer egalarini qo„llab-quvvatlash 

va aholi bandligini ta‟minlash bo„yicha ko„rilayotgan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda qishloq 

xo„jaligi sohasida tarkibiy islohotlarini davom ettirish




soliq  to„lovchilari  tomonidan  soliq  majburiyatlarini  bajarishni  yengillashtirishga  hamda 

soliq yukini qisqartirishga yo„naltirilgan soliq siyosatini takomillashtirish; 

o„zini  o„zi  ish  bilan  band  etgan  fuqarolarni  ro„yxatga  olish  va  faoliyatini  amalga  oshirish 

tartibini soddalashtirish, shuningdek, qo„shimcha kredit resurslarini ajratish va soliq majburiyatlarini 

soddalashtirish  orqali  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  sonini  oshirish,  kichik  biznes  va  tadbirkorlikni 

qo„llab-quvvatlash; 

bandlikni  ta‟minlash bo„yicha boshqa chora-tadbirlarning  (yangi ish  o„rinlarini  yaratish va 

mavjud  quvvatlardan  foydalanishni  oshirish,  investitsiya  faoliyatini  mustahkamlash,  shu  jumladan, 

uy-joy  qurilishi  sohasi,  biznes  muhitini  yaxshilash,  kichik  biznesni  rivojlantirishni  rag„batlantirish 

hamda  aholining  o„zini  o„zi  ish  bilan  bandligini  qonuniylashtirish)  harakatlar  rejasining  keyingi 

bo„limlari bilan bog„liqligini ta‟minlash. 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling