Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#227325
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1



 

 

 



 

 

 



 

Mavzu:


 

“Covid-19 pandemiyasi sharoitida 

inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar” 

 

 



 

 

Guruh: 53-20 MT 



Bajardi: Kamolov Nodirbek

 

 




O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 

FARMONI 


KORONAVIRUS PANDEMIYASI VA GLOBAL INQIROZ HOLATLARINING 

IQTISODIYOT TARMOQLARIGA SALBIY TA’SIRINI YUMSHATISH BO‘YICHA 

BIRINCHI NAVBATDAGI CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA 

Jahon  miqyosida  koronavirus  infeksiyasi  tarqalishiga  qarshi  kurashishda,  shu  jumladan 

insonlarning  harakatlanishiga  cheklovlar  kiritish  va  korxonalar  faoliyatini  to„xtatish  orqali  misli 

ko„rilmagan choralar ko„rilmoqda. 

Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste‟mol hajmlarining 

keskin  qisqarishi,  global  ishlab  chiqarish  zanjirlari  va  savdo  aloqalarining  izdan  chiqishi,  dunyo 

moliya  bozorlarida  xomashyo  tovarlari  narxining  pasayishi  va  konyunkturaning  yomonlashuvini 

keltirib chiqardi. 

Global  iqtisodiyot  tizimining  bir  qismi  bo„lgan  O„zbekiston  iqtisodiyotiga  ham  mazkur 

omillar ta‟sir qilmoqda, bu esa o„z navbatida ushbu holatning salbiy ta‟sirlarini yumshatish bo„yicha 

samarali  oldini  oluvchi  choralar  ko„rishni  talab  qiladi.  Bunda  turizm,  transport,  farmatsevtika  va 

to„qimachilik  sanoati  kabi  respublika  iqtisodiyotining  jadal  rivojlanayotgan  tarmoqlarini  qo„llab-

quvvatlash va ularning barqarorligini ta‟minlashga alohida e‟tibor qaratish zarur. 

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida 

makroiqtisodiy  barqarorlikni,  iqtisodiyot  tarmoqlari  va  sohalarining  uzluksiz  ishlashini  ta‟minlash, 

tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  rag„batlantirish,  aholini  samarali  ijtimoiy  qo„llab-quvvatlash,  mamlakat 

aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida: 

1. O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 

10  trln  so„m  miqdoridagi  Inqirozga  qarshi  kurashish  jamg„armasi  (keyingi  o„rinlarda  —  Inqirozga 

qarshi kurashish jamg„armasi) tashkil etilsin. 

Quyidagilar Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasi mablag„laridan foydalanishning asosiy 

yo„nalishlari etib belgilansin: 

a)  koronavirus  infeksiyasining  tarqalishiga  qarshi  kurashish  bo„yicha  quyidagi  tadbirlarni 

moliyalashtirish, shu jumladan: 

davolash  va  boshqa  muassasalarni  koronavirus  infeksiyasi  tarqalishiga  qarshi  kurashish 

uchun  zarur  bo„ladigan  dori  vositalari  va  tibbiy  buyumlar,  himoya  vositalari  va  test  tizimlari  bilan 

ta‟minlash; 

xavf-xatar  ostida  bo„lgan  yoki  virus  yuqtirganlar  bilan  muloqotda  bo„lgan  shaxslarni 

karantinda saqlash bilan bog„liq xarajatlarni qoplash; 

koronavirus  infeksiyasi  tarqalishiga  qarshi  kurashishda  ishtirok  etayotgan  tibbiyot 

xodimlarini moddiy rag„batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya 

choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo„shimcha mablag„lar ajratish

yuqumli  kasalliklarni  aniqlash,  profilaktika  qilish  va  davolash  bo„yicha  tadbirlarga  jalb 

etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta‟mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash

b) quyidagilar orqali tadbirkorlikni va aholi bandligini qo„llab-quvvatlash: 

Kichik  biznes  va  tadbirkorlikni  rivojlantirish  agentligi  huzuridagi  Tadbirkorlikni 

rivojlantirishni  qo„llab-quvvatlash  davlat  jamg„armasi  tomonidan  birinchi  navbatda  ijtimoiy 

ahamiyatga  ega  iste‟mol  tovarlarini  ishlab  chiqarish,  sotib  olish  va  sotish  uchun  berilgan  kreditlar 

bo„yicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik hamda kompensatsiya taqdim etishni kengaytirish; 

respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga qaratilgan qo„shimcha 

infratuzilma  loyihalarini  amalga  oshirish,  shuningdek,  eng  avvalo,  kichik  sanoat  zonalarida 

muhandislik kommunikatsiyalarini qurish; 

v)  aholini  ijtimoiy  qo„llab-quvvatlashni  kengaytirish,  shu  jumladan  quyidagilar  uchun 

qo„shimcha mablag„lar ajratish: 

kam  ta‟minlangan  oilalarni  qo„llab-quvvatlash  bo„yicha  choralarni  kuchaytirish  va  nafaqa 

oluvchilar  sonini  oshirish,  shu  jumladan  O„zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  Kengashi 

orqali; 

O„zbekiston  Respublikasi  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  huzuridagi  Jamoat 

ishlari jamg„armasiga jamoat ishlarini kengaytirish



“Ishga  marhamat”  monomarkazlarini  va  kasbga  tayyorlash  markazlarini  tashkil  qilish, 

shuningdek,  mehnat  migrantlarini  kasbga  va  tilga  o„rgatishni  tashkillashtirish  orqali  ularni  qo„llab-

quvvatlash; 

g) quyidagilar orqali iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta‟minlash: 

O„zbekiston  Respublikasining  davlat  kafolati  ostida  jalb  etilgan  kreditlarni  so„ndirish, 

shuningdek, birinchi darajali xarajatlarni amalga oshirish uchun foizsiz budjet ssudalari ajratish yo„li 

bilan strategik korxonalarni davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash choralarini ko„rish; 

tashqi  savdo faoliyatini  amalga oshiruvchi  tadbirkorlik  subyektlari transport  xarajatlarining 

bir qismini kompensatsiya qilish; 

koronavirus  infeksiyasi  tarqalishining  salbiy  ta‟siriga  eng  ko„p  uchraydigan  iqtisodiyot 

tarmoqlari  va  sohalarini,  shuningdek,  kredit  portfeli  sifati  yomonlashgan  hollarda  tijorat  banklarini 

qo„llab-quvvatlashning qo„shimcha choralarini taqdim etish; 

uch  yilgacha  bo„lgan  muddatga  foizsiz  budjet  ssudalarini  ajratish  orqali  soliq  to„lash 

muddatlari  bo„yicha  kechiktirish  taqdim  etilishi  hamda  tadbirkorlik  faolligining  sustlashishi 

munosabati  bilan  Qoraqalpog„iston  Respublikasi  budjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mahalliy 

budjetlarida olinmay qolinadigan daromadlar o„rnini to„ldirish. 

2. Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasi manbalari etib O„zbekiston Respublikasi Davlat 

budjeti  mablag„lari  (shu  jumladan  xarajatlarni  maqbullashtirish  hisobiga),  xalqaro  moliya 

institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin. 

O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 

O„zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti  va  Inqirozga  qarshi  kurashish  jamg„armasini 

moliyalashtirishni  ta‟minlash  maqsadida  2020-yilda  budjetni  qo„llab-quvvatlash  uchun  xalqaro 

moliya  institutlarining  imtiyozli  kreditlari  va  boshqa  manbalar  hisobidan  1  mlrd  AQSh  dollari 

miqdorigacha tashqi qarz mablag„larini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport 

qiluvchilar va tijorat banklarini qo„llab-quvvatlash bo„yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 

qo„shimcha mablag„larni jalb qilish choralarini ko„rsin; 

ikki  hafta  muddatda  soliq  va  bojxona  ma‟murchiligini  takomillashtirish  orqali  ishga 

solinmagan  zaxiralarni  izlab  topish,  hisoblangan  soliqlar  to„liq  to„lanishini  ta‟minlash,  “yashirin” 

iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona ma‟murchiligining yangi samarali shakllarini joriy 

etish bo„yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin. 

O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks chora-tadbirlar ijrosi hamda 

Inqirozga  qarshi  kurashish  jamg„armasi  mablag„laridan  foydalanilishi  to„g„risidagi  ma‟lumotlarni 

O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 

3.  O„zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  2020-yil  1-iyunga  qadar  yuzaga  kelayotgan 

makroiqtisodiy vaziyatni, shuningdek, quyidagilarni hisobga olgan holda 2020-yil uchun O„zbekiston 

Respublikasi  Davlat  budjeti  parametrlarini  aniqlashtirish  bo„yicha  Vazirlar  Mahkamasiga  takliflar 

kiritsin: 

Iqtisodiyot  va  sanoat  vazirligi,  Investitsiyalar  va  tashqi  savdo  vazirligi  bilan  birgalikda 

tadbirkorlikni  rivojlantirish  va  aholi  bandligini  ta‟minlash,  jumladan  kichik  sanoat  zonalariga 

muhandislik  kommunikatsiyalarini  o„tkazish  uchun  imkoniyatlarni  taqdim  etuvchi  yanada  ustuvor 

bo„lgan  infratuzilma  loyihalarini  amalga  oshirishga  mablag„larni  qayta  yo„naltirgan  holda 

Investitsiya dasturini qayta ko„rib chiqish; 

Inqirozga  qarshi  kurashish  jamg„armasini  tashkil  etish  hamda  tadbirkorlikni  va  aholining 

ijtimoiy zaif qatlamlarini qo„llab-quvvatlash uchun xarajatlarni oshirish

Investitsiyalar  va  tashqi  savdo  vazirligi  bilan  birgalikda  2020-yilda  jalb  qilinadigan  davlat 

tashqi qarzlarining chegaraviy hajmlarini qayta ko„rib chiqish; 

qo„shimcha  xarajatlarni  maqbullashtirish  va  cheklash  yuzasidan  aniq  takliflarni  kiritgan 

holda qat‟iy budjet intizomi. 

4.  Inqirozga  qarshi  kurashish  respublika  komissiyasi 

ilovaga


 muvofiq  tarkibda  tashkil 

etilsin. 

Inqirozga  qarshi  kurashish  respublika  komissiyasining  asosiy  vazifalari  etib  koronavirus 

infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida iqtisodiyot tarmoqlari 

va  sohalarining  uzluksiz  ishlashini  ta‟minlash,  aholini  ijtimoiy  qo„llab-quvvatlash  bo„yicha  yuzaga 



keladigan  muammoli  masalalarni  tezkorlik  bilan  hal  qilish  va  qo„shimcha  chora-tadbirlar  ishlab 

chiqish belgilansin. 

Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda tegishincha Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar 

Kengashi  Raisi,  viloyatlar,  tuman  va  shaharlar  hokimlari  boshchilik  qiladigan  Inqirozga  qarshi 

kurashish  respublika  komissiyasining  hududiy  shtablarini  ularning  aniq  funksiya  va  vazifalarini 

belgilagan holda tashkil etsin. 

Barcha  darajadagi  rahbarlarning  idoraviy  mansub  tashkilotlarda  aholi  va  tadbirkorlik 

subyektlarining  yuzaga  kelgan  muammo  va  qiyinchiliklarni  hal  etish  maqsadida  qilgan 

murojaatlariga  alohida  e‟tibor  qaratish,  rasmiyatchilik,  sansalorlik  va  byurokratiyaga  yo„l 

qo„yilmasligi yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko„rsatib o„tilsin. 

5. Belgilansinki: 

a) 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha bo„lgan davrda: 

yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  uchun  ijtimoiy  soliqning  oylik  eng  kam  summasi  bazaviy 

hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi; 

alkogol  mahsulotlarining  ulgurji  savdosi  bilan  shug„ullanuvchi  korxonalarning  ajratmalari 

miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi

umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun 

yig„imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi; 

b)  2020-yil  1-apreldan  1-iyulgacha  bo„lgan  davrda  turistik  (mehmonxona)  yig„imini 

hisoblash va to„lash to„xtatiladi; 

v)  qishloq  xo„jaligidagi  yerlarni  sug„orish  uchun  foydalaniladigan  hajmlar  bo„yicha  suv 

resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  stavkalari  2020-yilda  o„rnatilgan  stavkalardan  50  foizga 

pasaytiriladi; 

g) 2019-yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to„g„risidagi deklaratsiyani 

taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustga qadar uzaytiriladi

d)  jismoniy  shaxslarning  mol-mulk  solig„i  va  yer  solig„ini  to„lash  muddati  2020-yil  15-

oktabrga qadar uzaytiriladi. 

6. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldan jismoniy shaxslar 

tomonidan  xayriya  tashkilotlaridan  moddiy  naf  tarzida  olinadigan  daromadlarni  soliqqa  tortishdan 

ozod qilish to„g„risidagi taklifiga rozilik berilsin. 

O„zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bir  hafta  muddatda  mazkur  bandda  belgilangan 

imtiyozni  2020-yil  1-apreldan  amalga  kiritishni  nazarda  tutuvchi  “O„zbekiston  Respublikasining 

Soliq  kodeksiga  o„zgartirish  va  qo„shimchalar  kiritish  to„g„risida”gi  qonun  loyihasini  Vazirlar 

Mahkamasiga kiritsin. 

7.  O„zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksiga  muvofiq  mahalliy  davlat  hokimiyati 

organlariga  tegishli  soliqlarni  to„lash  muddatlarini  o„zgartirish,  shuningdek,  ularning  stavkalarini 

kamaytirish to„g„risida qarorlar qabul qilish vakolati berilganligi ma‟lumot uchun qabul qilinsin. 

Xalq  deputatlari  tuman  va  shahar  Kengashlariga  faoliyati  turizm  sohasiga  bevosita  yoki 

bilvosita  bog„liq  bo„lgan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  uchun  jismoniy  shaxslardan  olinadigan 

daromad solig„ining qat‟iy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish tavsiya qilinsin. 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari xo„jalik yurituvchi subyektlarga mol-mulk solig„i, yer 

solig„i  va  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliqni  to„lash  bo„yicha  foizlarni  undirmasdan  6 

oyga  kechiktirish  (bo„lib-bo„lib  to„lash)  taqdim  etsin.  Bunda,  ko„rsatib  o„tilgan  soliqlarni  to„lashni 

kechiktirish  (bo„lib-bo„lib  to„lash)  soliq  to„lovchilarning  arizasi,  shuningdek,  Iqtisodiyot  va  sanoat 

vazirligi  hamda  Moliya  vazirligi  hududiy  boshqarmalari  rahbarlarining  xulosalari  asosida,  boshqa 

hujjatlarni talab qilmagan holda taqdim etiladi. 

8. Belgilab qo„yilsinki, 2020-yil 1-oktabrgacha bo„lgan davrda: 

tashqi  savdo  operatsiyalari  bo„yicha  muddati  o„tgan  debitor  qarzdorlik  uchun  xo„jalik 

yurituvchi subyektlarga jarimalar qo„llash to„xtatiladi; 

soliq  organlari  vaqtincha  qiyinchiliklarni  boshdan  kechirayotgan  xo„jalik  yurituvchi 

subyektlarga mol-mulk solig„i,  yer solig„i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo„yicha 

penyalar  hisoblanishini  to„xtatib  turadi,  shuningdek,  soliq  qarzini  majburiy  undirish  choralarini 

ko„rmaydi. 



9. O„zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo„mitasi: 

zamonaviy axborot texnologiyalarini qo„llash hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga 

ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish yo„li bilan soliq hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishda 

“Soliq xizmati” DUK orqali soliq to„lovchilarga yordam ko„rsatish; 

soliq  to„lovchilarning  davlat  soliq  xizmati  organlariga  tashrif  buyurmasdan  soliq 

majburiyatlarini  bajarishi  uchun  ularga  masofadan  xizmat  ko„rsatishni  kengaytirish  choralarini 

ko„rsin. 

10.  2021-yil  1-yanvarga  qadar  tadbirkorlik  subyektlarining  faoliyatini  soliq  auditidan 

o„tkazish  to„xtatilsin,  jinoyat  ishlari  doirasida  va  yuridik  shaxsni  tugatish  munosabati  bilan  soliq 

auditidan o„tkazish bundan mustasno. 

Vazirlar  Mahkamasi  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Tadbirkorlik 

subyektlarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish  bo„yicha  vakil  bilan  birgalikda 

davlat  organlari  tomonidan  tadbirkorlik  subyektlarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlariga  qat‟iy 

rioya etilishi ustidan nazorat o„rnatsin. 

11. Tadbirkorlik subyektlariga: 

bojxona  rasmiylashtiruvi  sanasiga  qadar  12  oy  davomida  amalga  oshirilgan  tovarlarning 

umumiy eksportiga nisbatan 10 foizdan oshmagan muddati o„tgan debitor qarzdorligi mavjud bo„lgan 

taqdirda, kafolatlangan to„lovni ta‟minlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga; 




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling