Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 0,68 Mb. Pdf ko'rish
|
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021-yillardagi amaliy harakatlar rejasi
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2020-yil 29-avgust, 526-son Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 526-son qaroriga
1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021-yillardagi amaliy harakatlar rejasi I-bob. Koronavirus pandemiyasi tarqalishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari O„zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishinining oldini olish bo„yicha amalga oshirilgan samarali chora-tadbirlar yordamida dunyoning ko„plab mamlakatlarida kuzatilgan eng yomon holatlar chetlab o„tildi. 1 million kishiga to„g„ri keladigan infeksiya va o„lim darajasi (mos ravishda 110 va 0,5) dunyo bo„yicha o„rtacha ko„rsatkichdan 9-10 baravar past (mos ravishda 848 va 50). Infeksiya bilan zararlanganlarni tibbiy ko„rikdan o„tkazish, profilaktika qilish, davolash va tibbiy xodimlarni moliyaviy rag„batlantirishga to„g„ridan to„g„ri sanitariya-gigiyena va tibbiy xarajatlar 651 milliard so„mni (65 million dollar ekvivalentida), karantin markazlarining qurilishiga uzoq muddatli sarmoyalar va tibbiy asbob-uskunalar sotib olish — 1,2 trillion so„mni (120 million dollar ekvivalentida) tashkil etdi. Shu bilan birga, asosan, joriy yilning II choragidagi majburiy karantin choralari iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga o„z salbiy ta‟sirini ko„rsatdi. Xususan: 1) hisob-kitoblarga ko„ra, joriy yilning I yarim yilligida YIMning o„sishi 100,2 foizni (dastlabki prognozga nisbatan 105,8%), sanoat — 98,1 foizni (105,9%), xizmatlar — 102,6 foizni (107,3%), qishloq xo„jaligi — 102,8 foizni (103,3 %) tashkil etdi. Ma‟lumot uchun: eng og„ir karantin (aprel) oyida sanoatning pasayishi taxminan 22,8 foizga (2019-yil aprelga nisbatan), xizmatlar 37,5 foizga; eksport 9,6 foizga baholanmoqda. Joriy yilning may oyi o„rtalaridan boshlab sanoat va qurilish korxonalarining karantin choralaridan bosqichma-bosqich olib chiqiilishi YIM, sanoat va qurilishni chuqur pasayishining oldini oldi. Shu bilan birga, O„zbekiston iqtisodiyotda pasayish bilan emas, balki iqtisodiy o„sish sur‟atlari pasayishi bilan pandemiyaning salbiy oqibatlarini chegaralaydigan sanoqli davlatlardan biri bo„ldi. 2) davlat budjeti daromadlari qimmatbaho metallarning qulay narxlari hisobiga sezilarli darajada pasaymadi. Biroq, 2020-yilning birinchi yarim yilligida konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasining shakllanishi, shuningdek, Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hisobiga ikkinchi darajali xarajatlarni sekvestrlashtirishga qaramasdan, YIMning 4,1 foizni (reja — 0,5 %) tashkil etdi. Shu bilan birga, karonavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar doirasida davlat budjeti daromadlari 2,8 trillion so„m yoki YIMning 0,4 foiz miqdorida kamayadi. 3) o„tgan yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan investitsiyalar hajmi va o„sish sur‟atlari biroz pasaydi (prognoz qilingan 108,2 foizga nisbatan 87,2 foiz), lekin iqtisodiyot uchun muhim bo„lgan 39 ta yirik loyihalar obyektiv sharoitlar tufayli belgilangan muddatidan kech ishga tushiriladi. Bu nafaqat 2020-yilda, balki 2021-yilda YIMning o„sish sur‟atlariga salbiy ta‟sir qiladi. 4) xomashyo va butlovchi qismlarni yetkazib berishda transport-logistika cheklovlari, korxonalarning vaqtincha yopilishi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda qo„llangan karantin choralari nafaqat importning 15 foiz qisqarishiga ta‟sir qildi, balki eksport hajmiga ham salbiy ta‟sir ko„rsatdi. Joriy yilning birinchi yarmida eksportdagi yo„qotishlar 2019-yilning shu davriga nisbatan 1,8 milliard dollarga, jumladan, tabiiy gaz eksporti 735 million dollar, turizm xizmatlari — 399,1 million dollar, aviatsiya xizmatlari — 150,3 million dollar; meva-sabzavot mahsulotlari — 215,5 million dollar; mis va rux mahsulotlari — 106 million dollarga baholanmoqda. 5) turizm, transportning barcha turlari, umumiy ovqatlanish, nooziq-ovqat tovarlari savdosi, barcha turdagi ta‟lim xizmatlari, madaniy va ko„ngilochar muassasalar xizmatlari koronavirus pandemiyasidan eng ko„p zarar ko„rgan tarmoqlar hisoblanadi. Vaziyat shunday murakkablashmoqdaki, ushbu tarmoqlarning inqirozgacha faoliyatini tiklash nafaqat O„zbekiston Hukumatining choralari, balki dunyoda infeksiya tarqalishining umumiy holati bilan bog„liq. Download 0,68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling