Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#227325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1

(11-bandning  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2020-yil  21-oktabrdagi 

PF-6091-sonli 

Farmoni 

tahririda  —  Qonun  hujjatlari  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  22.10.2020-y., 

06/20/6091/1399-son) 

2020-yil davomida tashqi savdo operatsiyalari bo„yicha muddati o„tgan debitor qarzdorligini 

so„ndirish  evaziga  texnologik  asbob-uskunalar  va  xomashyo  tovarlarini  import  qilish  bo„yicha  bir 

martalik operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilsin. 

12.  O„zbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona  qo„mitasi  Transport  vazirligi,  Davlat 

xavfsizlik  xizmati  chegara  qo„shinlari,  Sog„liqni  saqlash  vazirligi,  Veterinariya  va  chorvachilikni 

rivojlantirish  davlat  qo„mitasi,  “O„zstandart”  agentligi,  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  O„simliklar 

karantini davlat inspeksiyasi bilan birgalikda: 

yuklarni chegara bojxona postlari orqali tezkorlik bilan o„tkazish, ularning uzluksiz bojxona 

rasmiylashtiruvini,  shuningdek,  eksport  va  import  qilinayotgan  tovarlarga  ruxsat  beruvchi 

hujjatlarning berilishini ta‟minlash bo„yicha tezkor shtab tashkil etsin

2020-yil 1-apreldan boshlab, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining tezkor tartibda, 

shu  jumladan  ruxsat  beruvchi  hujjatlarni  O„zbekiston  Respublikasi  hududiga  kirib  kelgunga  qadar 

berish orqali bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmi joriy etsin. 

13.  O„zbekiston  Respublikasi  Investitsiyalar  va  tashqi  savdo  vazirligi  ikki  hafta  muddatda 

global ishlab chiqarish zanjirlari, transport-logistika tizimlari va savdo aloqalaridagi uzilishlar ta‟sir 

qilayotgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini qo„llab-quvvatlash bo„yicha qo„shimcha  chora-

tadbirlar yuzasidan takliflar kiritsin. 

14. Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo„yicha respublika 

komissiyasiga 2020-yil 1-oktabrga qadar eksport qiluvchilarning transport xarajatlarining bir qismini 

kompensatsiya qilish uchun Eksportni rag„batlantirish agentligiga ajratiladigan mablag„lar hisobidan 

subsidiyalar taqdim etish haqida mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi berilsin. 

Hudud  va  tarmoqlarda  eksport  salohiyatini  rivojlantirish  masalalari  bo„yicha  respublika 

komissiyasi  ikki  hafta  muddatda  eksport  qiluvchilarni  manzilli  qo„llab-quvvatlashning  ta‟sirchan 

chora-tadbirlarini  tasdiqlasin,  shuningdek,  barcha  mulkchilik  shaklidagi  eksport  qiluvchilarning 

yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarini o„z vaqtida aniqlash va tezkor hal qilishni ta‟minlasin. 

15.  O„zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  va  sanoat  vazirligi,  Moliya  vazirligi, 

Qoraqalpog„iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari, 

vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda  bir  oy  muddatda  Inqirozga  qarshi  kurashish  jamg„armasi 

mablag„lari  hisobidan  moliyalashtiriladigan  respublika  hududlaridagi  quyidagilarni  qurish, 

rekonstruksiya qilish va ta‟mirlashni nazarda tutuvchi 2020-yilga qo„shimcha infratuzilma loyihalari 

ro„yxatini shakllantirsin: 

kichik sanoat zonalari infratuzilma obyektlari uchun — 400 mlrd so„m miqdorida



shaharlar  va  boshqa  aholi  punktlari  ko„chalari,  umumiy  foydalanishdagi  yo„llarni  joriy 

ta‟mirlash uchun — 1 trln so„m; 

suv ta‟minoti va kanalizatsiya obyektlari uchun — 500 mlrd so„m; 

irrigatsiya va melioratsiya obyektlari uchun — 400 mlrd so„m; 

sog„liqni saqlash obyektlari uchun — 500 mlrd so„m; 

umumta‟lim maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa obyektlari uchun — 800 mlrd so„m; 

iqtisodiy  faollik  va  bandlikni,  shu  jumladan  ipoteka  kreditlash  hajmlarini  oshirishni 

ta‟minlovchi boshqa obyektlar uchun. 

O„zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasi  Iqtisodiyot  va  sanoat  vazirligi  hamda  Moliya 

vazirligi  bilan  birgalikda  Inqirozga  qarshi  kurashish  jamg„armasi  mablag„lari  hisobidan 

moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi 

va o„rnatilgan talablarga rioya qilinishi ustidan qat‟iy nazorat o„rnatsin. 

16. Belgilansinki: 

koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati 

bilan  karantinga  joylashtirilgan  ota-onalar  (ular  o„rnini  bosuvchi  shaxslar,  vasiylar,  homiylar), 

shuningdek, ularning 14  yoshgacha bo„lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o„rtacha oylik 

ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to„lanadi; 

koronavirus  infeksiyasi  bilan  zararlangan  yoki  karantinga  joylashtirilgan,  shuningdek,  14 

yoshga  to„lmagan  bolaning  ota-onasi  (uning  o„rnini  bosuvchi  shaxslar,  vasiylar,  homiylar)  bo„lgan 

xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. 

17. O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi: 

14  yoshgacha  bolalari  bo„lgan  oilalarga  nafaqa,  bola  ikki  yoshga  to„lgunga  qadar  bola 

parvarishi  bo„yicha  nafaqa  va  moddiy  yordam  oluvchilar  sonini  2020-yil  1-apreldan  boshlab  10 

foizga oshirish choralarini ko„rsin; 

Sog„liqni  saqlash  vazirligi  bilan  birgalikda  tibbiyot,  sanitariya-epidemiologik  va  boshqa 

xodimlar  koronavirus  infeksiyasi  tarqalishiga  qarshi  kurashish  tadbirlariga  jalb  qilinadigan  davrda 

ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo„shimcha to„lovlar joriy qilsin

Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va o„z faoliyatini to„xtatgan maktabgacha, umumiy 

o„rta,  o„rta  maxsus  va  oliy  ta‟lim  muassasalari,  sport  va  madaniyat  muassasalari  xodimlarining  ish 

haqlarini o„z vaqtida to„lab berilishini ta‟minlasin; 

Sog„liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda aholiga vaqtincha mehnatga 

qobiliyatsizlik  to„g„risidagi  hujjatlarni  taqdim  etishning  soddalashtirilgan  tizimini  tashkil  etish 

choralarini ko„rsin. 

18.  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  bir  hafta  muddatda  quyidagilarni  nazarda 

tutuvchi tartibni joriy qilsin: 

maktabgacha ta‟lim tashkilotlari va umumta‟lim maktablarning faoliyati to„xtatilgan davrda 

maktabgacha ta‟lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta‟lim maktablari boshlang„ich sinflari 

o„quvchilarining  ota-onalariga  (ular  o„rnini  bosuvchi  shaxslarga,  vasiylarga,  homiylarga)  yillik 

ta‟tildan  foydalanish  grafigidan  qat‟i  nazar  (shu  jumladan  6  oydan  kam  ishlaganlarga)  yillik  ta‟til 

taqdim etiladi; 

karantinga  oid  choralar  amal  qilishi  davrida  ish  beruvchilar  xodimlarni,  ayniqsa  homilador 

ayollar,  keksalar,  imkoniyati  cheklangan  hamda  surunkali  kasallikka  chalingan  shaxslarni,  ularning 

roziligi  bilan,  masofadan  turib  ishlash  usuliga,  qulay  ish  grafigiga  yoki  uydan  turib  ishlashga 

o„tkazishlari mumkin. 

19. O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagi takliflariga rozilik berilsin: 

a)  bank  va  to„lov  tizimlarining  uzluksiz  va  barqaror  faoliyatini  ta‟minlash  choralarini 

quyidagilar orqali ko„rish: 

pul-kredit  siyosati  instrumentlaridan  faol  foydalanish  hisobiga  pul  bozoriga  har  oyda 

umumiy summasi 1 trln so„mgacha likvidlik taqdim etish

bankomatlarning  yetarli  miqdordagi  naqd  pul  mablag„lari  bilan  uzluksiz  ta‟minlanishi, 

shuningdek, masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishni rag„batlantirish; 

b) tijorat banklari tomonidan: 




turistik 

operatorlarga, 

mehmonxona 

biznesi 


subyektlariga, 

transport-logistika 

kompaniyalariga  va  turizm  tarmog„ining  boshqa  korxonalariga,  shuningdek,  tashqi  savdo 

operatsiyalariga  joriy  etilgan  cheklovlar  tufayli  moliyaviy  qiyinchiliklarga  duch  kelgan  xo„jalik 

yurituvchi subyektlarga ajratilgan kreditlar bo„yicha umumiy summasi 5 trln so„mlik qarzdorliklarni 

to„lash bo„yicha kechiktirishni (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020-yil 1-oktabrga qadar 

uzaytirish; 

xususiy  tadbirkorlik  korxonalariga  taqdim  etilgan  aylanma  mablag„larni  to„ldirish  uchun, 

shu jumladan iste‟mol bozorini eng zarur tovarlar bilan to„ldirish uchun qayta tiklanadigan revolver 

kreditlar ajratish; 

2020-yil  1-iyunga  qadar  kredit  portfelini  stress-testdan  o„tkazish,  shuningdek,  muammoli 

kreditlarning  ortish  xavfi  mavjud  bo„lgan  banklarda  aktivlar  sifatini  baholab  borish  natijalarini 

taqdim etish. 

20.  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tadbirkorlik  subyektlariga  kreditlar 

bo„yicha  foiz  xarajatlarini  qoplash  uchun  kafillik  va  kompensatsiyalar  taqdim  etish  hajmlarini 

oshirishga  bo„lgan  talabni  hisobga  olgan  holda  Tadbirkorlik  faoliyatini  qo„llab-quvvatlash  davlat 

jamg„armasi kapitallashuvini 500 mlrd so„mgacha oshirsin. 

21. “O„zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ: 

bir  oy  muddatda  “Uzbekistan  airways”  AJning  111  mln  AQSh  dollariga  teng  bo„lgan 

kreditini  qoplash  grafigini  2020-yil  uchun  qarzdorliklar  to„lovini  to„xtatgan  holda  qayta  ko„rib 

chiqsin; 

O„zbekiston  Respublikasi  Investitsiyalar  va  tashqi  savdo  vazirligi  bilan  birgalikda  ikki  oy 

muddatda  yengib  bo„lmaydigan  kuchlar  (fors-major)  holatlari  yuzaga  kelganligi  munosabati  bilan 

kreditlar  va  ular  bilan  bog„liq  to„lovlarni  qaytarish  shartlarini  qayta  ko„rib  chiqish  bo„yicha 

“Uzbekistan airways” AJning xorijiy kreditorlari bilan muzokaralar olib borsin. 

22. O„zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 

uch kun muddatda cheklovlar amal qiladigan davr uchun yengib bo„lmaydigan kuchlar (fors-major) 

holatlari  kelib  chiqqanligi  haqida  rasmiy  xabarnoma  e‟lon  qilsin  hamda  xo„jalik  yurituvchi 

subyektlarning murojaatlari asosida bir kunlik muddatda tegishli sertifikatlar bersin. 

23.  O„zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  va  sanoat  vazirligi,  Moliya  vazirligi  va 

Monopoliyaga qarshi kurashish qo„mitasi: 

iste‟mol  tovarlarini  ishlab  chiqarish  uchun  zarur  bo„lgan  xomashyo  resurslari  hajmlarini 

monitoring  qilish,  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  to„liq  foydalanish  uchun  ularning  birjaga  qo„yish 

hajmini oshirish choralarini ko„rsin; 

o„n  kun  muddatda  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Davlat 

zaxiralarini  boshqarish  qo„mitasi  tomonidan  importga  xarid  qilinadigan  va  intervensiya  amalga 

oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ro„yxati va zarur hajmlarini aniqlasin; 

ijtimoiy  ahamiyatga  ega  oziq-ovqat  mahsulotlarining  bozorlardagi  narxlari  ustidan  kunlik 

monitoring  o„tkazishni  ta‟minlasin  hamda  ularning  narxlarni  sun‟iy  oshirish,  sun‟iy  tanqislik  va 

ajiotaj talabni vujudga keltirishga yo„l qo„ymaslik ustidan qat‟iy nazorat o„rnatsin. 

24. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish 

qo„mitasi oziq-ovqat mahsulotlarini shartnomalar asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda, 

bozorni to„ldirish va ichki bozorlardagi mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish bo„yicha tadbirlarni 

amalga oshirish uchun yetarli hajmlarda sotishni ta‟minlasin. 

25. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi (A.N. Aripov): 

joriy  yil  22-martdan  boshlab  ikki  oy  davomida  kunlik  selektor  yig„ilishlarini  o„tkazib,  har 

bir  hududda  koronavirus  infeksiyasi  tarqalishiga  qarshi  kurashish,  sanoat,  infratuzilma,  transport  va 

logistika, ijtimoiy soha obyektlari, savdo tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarining barqaror faoliyat 

yuritishini  ta‟minlash  chora-tadbirlari  ijrosini  batafsil  muhokama  qilib  borsin  hamda  ularning 

natijalariga ko„ra yuzaga keladigan masala va muammolar bo„yicha tezkor qarorlar qabul qilsin; 

ushbu Farmonning ijrosi to„g„risida O„zbekiston Respublikasi Prezidentiga har hafta axborot 

berib  borsin  hamda,  zarur  hollarda,  inqirozga  qarshi  kurashishning  qo„shimcha  choralari  bo„yicha 

takliflar kiritsin. 



26.  Qoraqalpog„iston  Respublikasi  Jo„qorg„i  Kengesi  Raisi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

hokimlari: 

koronavirus  infeksiyasi  tarqalishiga  qarshi  kurashish  choralarining  amalga  oshirilishi, 

sanitariya-epidemiologik va tibbiyot muassasalarining uzluksiz faoliyatini ta‟minlash ustidan shaxsiy 

nazorat o„rnatsin; 

tadbirkorlik subyektlari  va aholining murojaatlarini tezkorlik bilan ko„rib  chiqish, joylarda 

ishlab  chiqarish  hajmini  kengaytirish  va  bandlikni  ta‟minlash  bo„yicha  qo„shimcha  zaxiralar 

aniqlanishini ta‟minlasin. 

27.  O„zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish  vazirligi  oshib  borayotgan  yuklamani  hisobga  olgan  holda  telekommunikatsiya 

infratuzilmasining  barqaror  faoliyatini  ta‟minlash  choralarini  ko„rsin  hamda  aholi  va  tadbirkorlik 

subyektlari  murojaatlarini  qabul  qilish  uchun  “tezkor  aloqa  liniyalari”ning  uzluksiz  ishlashini 

ta‟minlasin. 

28.  O„zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi,  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

Administratsiyasi  huzuridagi  Axborot  va  ommaviy  kommunikatsiyalar  agentligi,  Iqtisodiyot  va 

sanoat  vazirligi,  O„zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  koronavirus  infeksiyasining  tarqalishiga 

qarshi  kurashish  hamda  uning  iqtisodiyot  tarmoqlari  va  sohalarini  rivojlantirishga  salbiy  ta‟sirini 

yumshatish bo„yicha  ko„rilayotgan  choralar haqida aholi o„rtasida tizimli ravishda axborot-ma‟rifiy 

ishlarni tashkil etsin. 

29.  Mazkur  Farmonning  ijrosini  nazorat  qilish  O„zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri 

A.N. Aripov va O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov 

zimmasiga yuklansin. 




Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling