Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining
II bob. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining keng avj olish davrida aholi va
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1
II bob. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining keng avj olish davrida aholi va
iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qabul qilingan asosiy choralar, tiklanish bosqichlari va 2020-yilda kutilayotgan natijalar 1) sanitariya-gigiyena tadbirlarini o„tkazish, infeksiya yuqtirish va yuqtirgan odamlarni davolash, iqtisodiyotning alohida eng ko„p zarar ko„rgan tarmoqlarini saqlash, investitsion faollikni va aholini ijtimoiy qo„llab-quvvatlashni oshirish hisobiga yangi ish o„rinlarini yaratish maqsadida 10 trillion so„m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasini tashkil etish. Joriy yilning 1-iyul holatiga, Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasi mablag„lari hisobidan 5,6 trillion so„m mablag„ sarflangan bo„lib, shundan tashxis-test tizimlari, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olish, sanitariya-epidemiologiya ishlarini amalga oshirish hamda tibbiyot xodimlarini moddiy qo„llab-quvvatlashga 724 milliard so„m sarflandi. 2) korxonalar bankrot bo„lishining oldini olish bo„yicha chora-tadbirlar qabul qilish, muhtoj xo„jalik subyektlariga, birinchi navbatda, zarar ko„rgan tarmoqlarga subsidiyalar, kreditlar yoki prolongatsiyalar shaklidagi qo„shimcha moliyaviy resurslar ajratish. Xususan, karantin choralaridan zarar ko„rgan 59,8 mingta kichik biznes subyektlari va korxonalar 567,5 milliard so„m miqdorida mulk solig„i va yer solig„idan ozod qilindi. 20,3 mingta xususiy tadbirkorlik subyektlariga foydalanilmayotgan yer uchastkalari va obyektlari uchun yuqori stavkalarni tadbiq etish va jarimalarni (1,1 trillion so„m) undirish to„xtatildi. 328,8 mingta mikrofirma va kichik korxonalar (1,68 million ishchi) uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga (662 milliard so„m) kamaytirildi. 239 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlarga eng kam ijtimoiy soliq miqdori bazaviy hisoblangan summaning 50 foizigacha (155 milliard so„mdan ortiq) kamaytirildi. 4 022 ta eksport qiluvchi, tashqi savdo operatsiyalari bo„yicha debitorlik qarzlari mavjud korxonalarga 1,7 trillion so„m miqdoridagi jarimalarni qo„llash to„xtatildi. Tijorat banklari tomonidan 23,9 trillion so„mlik kreditlar prolongatsiya qilindi. 3) “Har bir oila — tadbirkor” dasturi orqali aholining eng muhtoj qatlamlarini qo„llab- quvvatlash va ularning daromad bazasini 4 trillion so„mga oshirish. Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasi mablag„laridan aholini, ayniqsa, kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash, shuningdek, ishsizlarni jamoat ishlariga jalb etish uchun 621 milliard so„m ajratildi. Ijtimoiy nafaqalar oluvchi oilalar soni 595 mingdan 799 minggacha yoki 34 foizga ko„paydi. Pensiya jamg„armasi tomonidan ortiqcha to„langan pensiyalar bo„yicha 12,9 ming nafaqa oluvchilarning 20 milliard so„mdan ortiq qarzlari hisobdan chiqarib tashlandi. Birinchi marta kambag„allar bilan manzilli ishlar boshlandi. Uyma-uy o„tkazilgan o„rganishlar natijasida 583 mingta moddiy yordamga muhtoj “kambag„al oilalar” aniqlandi. Ularni qashshoqlikdan chiqarish va bandligini ta‟minlash bo„yicha maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boshlandi. Xususan, “Saxovat va ko„mak” umummilliy harakati doirasida ularga 307 milliard so„mdan ortiq miqdorda moddiy yordam ko„rsatildi. 4) iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligi uchun zarur va muhim bo„lgan sektorlarni maqsadli qo„llab-quvvatlash (energetika, kimyo, to„qimachilik, elektrotexnika sanoatlari, qurilish, bank ishi, turizm, sog„liqni saqlash). Xususan, turizm bilan shug„ullanuvchi 3 167 ta yakka tartibdagi tadbirkor uchun jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan daromad solig„ini hisoblash to„xtatildi (3,1 milliard so„m). Joriy yilning oxiriga qadar 3 704 ta sayyohlik, mehmonxona xizmati va aviatsiya sohasi subyektlari yer solig„i va mulk solig„idan ozod qilindi, shuningdek, ular uchun ijtimoiy soliq xajmi 12 foizdan 1 foizga pasaytirildi (154,5 milliard so„mdan ortiq).
tibbiy asbob-uskunalarni import qilishda, 2,8 milliard so„mlik bojxona to„lovlaridan ozod qilish maqsadida imtiyozlar berildi. Umumiy ovqatlanish va alkogol mahsulotlari savdosi sohasi bilan shug„ullanuvchi 11,2 mingdan ortiq korxonalar uchun ajratmalar (5 foizdan 3 foizgacha) va yig„imlar miqdori (25 foizga) kamaytirildi, bu esa ularga 17,1 milliard so„m miqdoridagi mablag„larni o„z ixtiyorida qoldirishga imkon yaratdi. Iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyatini ta‟minlash maqsadida Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasi mablag„lari hisobidan 2 166 milliard so„m ajratildi. Bundan tashqari, sog„liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, irrigatsiya va meliorativ obyektlari, ichimlik suvi ta‟minoti va kanalizatsiya tizimlari uchun 3,7 trillion so„mlik qo„shimcha 2 424 ta infratuzilma loyihalari ro„yxati shakllantirildi va mazkur loyihalar uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg„armasidan 1,1 milliard so„m miqdoridagi mablag„lar ajratildi. 5) qishloq xo„jaligi mahsulotlarini karantin choralaridan holi hudud sifatida saqlash, barcha qishloq xo„jaligi tadbirlarini o„z vaqtida moliyalashtirish va amalga oshirish. 83 mingta qishloq xo„jaligi ishlab chiqaruvchilariga qo„shimcha yordam sifatida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq miqdori 50 foizga kamaytirilib, 814 milliard so„mdan oshdi. Biroq, tabiiy ofatlar ro„y bergani sababli, shu yilning aprel oyida Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida 16,6 ming gektar ekin maydonlari, shuningdek, Farg„ona vodiysining bir qator maydonlaridagi bog„lar zarar ko„rdi. Sardoba viloyatidagi suv omborining qulashi tufayli 21 ming gektardan ortiq ekin maydonlari muomaladan chiqarildi. Natijada, 2020-yilning I yarim yilligida yalpi qishloq xo„jaligi mahsulotining o„sishi o„tgan yilning shu davriga nisbatan 102,8 foizni tashkil qildi (prognoz —102,4 foiz). 6) koronavirus infeksiyasining tarqalish darajasiga qarab (“qizil”, “sariq”, yashil” mintaqalar) viloyatlar va yashash punktlarida karantin tadbirlarini o„z vaqtida bosqichma-bosqich olib tashlash orqali virus tarqalmagan joylarda biznesni tiklash jarayonini kechiktirmaslikka imkon yaratish. 7) biznes va aholini qo„llab-quvvatlash uchun “qo„l rejimida” ishlaydigan qashshoqlikni kamaytirish va aholining samarali talabini saqlashga qaratilgan keng ko„lamli ma‟muriy chora- tadbirlar ishlab chiqish. Alohida e‟tibor pandemiya tufayli aholining, ayniqsa, mamlakatga qaytgan mehnat muhojirlari orasida ishsiz qolganlarning muammolariga qaratilmoqda. Xususan, 231,9 ming kishi jamoat ishlariga jalb qilinishi uchun Jamg„armadan 165,7 milliard so„m miqdoridagi mablag„lar ajratildi. Xususiy xo„jaliklar va kooperativlarga 30,7 mingdan ortiq fuqaro ishga jalb etilgan, shuningdek, bandlikka ko„maklashish jamg„armasidan ajratilgan subsidiyalar hisobidan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Qabul qilingan chora-tadbirlar O„zbekistonga joriy yilning may oyi boshida sanoat pasayishining eng past nuqtasini bartaraf etish va joriy yilning iyun oyi o„rtalariga kelib, xizmat ko„rsatish sohalaridagi eng past pasayish nuqtasini bartaraf etish imkonini berdi.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling