Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
“Covid-19 pandemiyasi sharoitida inqirozga qarshi ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar”-1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh., 2020-yil 19-mart, PF-5969-son
pandemiyasining O„zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ta‟sirining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining investitsiyaviy va tashqi iqtisodiy faolligini tiklash, shuningdek, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida o„tkazilgan majlisdagi topshiriqlardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqa vazirliklar, idoralar va xo„jalik birlashmalari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari hamda sohalarida tarkibiy o„zgarishlarni tiklash va davom ettirish bo„yicha quyidagilarga qaratilgan chora- tadbirlar ishlab chiqilganligi ma‟lumot uchun qabul qilinsin: 2020-yilda iqtisodiyot asosiy sektorlarining rivojlanishini saqlashga va 2021-yildan boshlab barqaror iqtisodiy o„sishni 5,0 — 5,5 foiz darajasida ta‟minlashga yo„naltirilgan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor institutlarini isloh qilishni davom ettirish; birinchi navbatda, inqirozdan keyingi rivojlanish davrida banklarni transformatsiya qilish va bank xizmatlaridan foydalanish samaradorligini hamda ularning sifatini oshirishni ta‟minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bank tizimini yanada isloh qilish; aholi bandligini ta‟minlash va daromadlarini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta amalga oshirayotgan shaxslarni moliyaviy qo„llab-quvvatlash bo„yicha dasturiy chora-tadbirlarni kengaytirish orqali ichki talabni rag„batlantirish va kambag„allikni qisqartirish; sanoat va raqobat siyosatini, jumladan, mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga ichki talabni rag„batlantirish, tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, sanoatning strategik tarmoqlari korxonalarida islohotlarni davom ettirish asosida takomillashtirish; investitsiya jarayonlarini, birinchi navbatda, mahalliy investorlarning infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish va qo„shilgan qiymatning ishlab chiqarish “zanjirlari”ni yaratish bo„yicha loyihalarni amalga oshirishdagi ishtirokini rag„batlantirish uchun ichki manbalarni kengaytirish yo„li bilan faollashtirish; eksport qiluvchi korxonalarni qo„shimcha moliyaviy qo„llab-quvvatlash orqali, shu jumladan savdoni moliyalashtirishning zamonaviy vositalaridan foydalanishni kengaytirish, mahalliy mahsulotlarni yangi eksport bozorlariga yetkazib berishni kengaytirishda savdo-vositachilik tashkilotlarini rag„batlantirish hisobiga tashqi iqtisodiy faoliyatni rag„batlantirish va eksport qiluvchi korxonalarni qo„llab-quvvatlash; davlat xaridlari tizimida xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini kengaytirish, hududlardagi kichik sanoat zonalarini ularga ishlab chiqarish va transport infratuzilmasi obyektlarini o„tkazish uchun qo„shimcha moliyaviy resurslarni ajratgan holda rivojlantirish asosida ishbilarmonlik va raqobat muhitining qulayligini oshirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish; hududlarda aholiga kompleks xizmatlar ko„rsatadigan savdo tashkilotlari tarmog„ini rivojlantirish, mahalliy mobil aloqa operatorlarining davlat aktivlarini bosqichma-bosqich sotish va qishloq joylarda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, 2021-yilda barcha ijtimoiy muassasalar, qishloq aholi punktlari va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog„iga ulashni yakunlash hisobiga xizmatlar sohasi korxonalarini qo„llab-quvvatlash va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish. 2. Quyidagilar: 2020-2021-yillarda O„zbekiston Respublikasida iqtisodiy o„sishni tiklash va tizimli tarkibiy o„zgarishlarni davom ettirish bo„yicha amaliy harakatlar rejasi (keyingi o„rinlarda — Harakatlar rejasi)
1-ilovaga muvofiq; Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo„yicha “yo„l xaritasi” (keyingi o„rinlarda — “Yo„l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o„rinbosarlari (A.J. Ramatov, J.A. Qo„chqorov, S.U. Umurzakov) va Bosh vazir maslahatchisi (O.M. Umarov) bir hafta muddatda tadbirlarni amalga oshirishning aniq bosqichlari va muddatlarini ko„rsatgan holda, Harakatlar rejasi va “Yo„l xaritasi”ni amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqilishi hamda ularning tegishli vazirliklar, idoralar va xo„jalik birlashmalari kesimida tasdiqlanishini ta‟minlasin. 4. Mutasaddi vazirliklar, idoralar va xo„jalik birlashmalari rahbarlarining zimmasiga O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligiga har oyda ma‟lumot kiritgan holda Harakatlar rejasi va “Yo„l xaritasi”dagi tegishli tadbirlar o„z vaqtida va sifatli amalga oshirish ta‟minlanishi uchun shaxsiy mas‟uliyat yuklansin. 5. O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirligi: iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, shuningdek, hududlar kesimida “Yo„l xaritasi” doirasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi tizimli asosda tahlil qilinishini va ularning Harakatlar rejasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarga erishishga ta‟sirini baholashni ta‟minlasin; zarur bo„lganda, “Yo„l xaritasi”ga manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo„jalik birlashmalari bilan kelishgan holda, Harakatlar rejasini amalga oshirish samaradorligini oshirishga yo„naltirilgan o„zgartirish va qo„shimchalar kiritsin; Harakatlar rejasi va “Yo„l xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning makroiqtisodiy barqarorlikni ta‟minlash va iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirishga ta‟sirini baholash to„g„risida O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har oyda axborot kiritib borsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag„allikni qisqartirish masalalari bo„yicha o„rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo„chqorov zimmasiga yuklansin. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling