Korxona iqtisodiyoti


Yuridik shaxs uchun hujjatlar yig’majildi


Download 205.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana03.10.2023
Hajmi205.63 Kb.
#1690838
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Korxona iqt 2-mavzu Ma\'ruza matni

Yuridik shaxs uchun hujjatlar yig’majildi. Yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan 
o’tkazish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etish 
lozim: 
• belgilangan shakl bo’yicha davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ariza-
xabarnoma (Nizomning 1-ilovasiga qarang); 
• davlat tilidagi ta’sis hujjatlarining ikki nusxadagi asl nusxasi. Mas’uliyati 
cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar uchun ta’sis shartnomasi va 
ustav, oilaviy korxonalar uchun faqat ta’sis shartnomasi, aktsiyadorlik jamiyatlari, 
xususiy korxonalar uchun faqat ustav ta’sis hujjati hisoblanadi. Ta’kidlab o’tish 
kyerakki, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya 
ishtirokidagi boshqa korxonalar uchun notarial tasdiqlangan ta’sis hujjatlari talab 
etiladi (Nizomning 10-bandi); 
• davlat bojining to’lov kunida eng kam ish haqining bir baravari miqdorida 
to’langanligi haqidagi bank to’lov hujjati; 
• www.stat.uz saytida olingan firma nomlarining markazlashtirilgan 
ma’lumotlar bazasida qulay firma nomi zaxiraga olinganligini tasdiqlaydigan 
yagona login va parol
• ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari. 
Alohida tadbirkorlik subyektlari (bozorlar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalar, xorijiy kapital ishtirokidagi boshqa korxonalar, kredit tashkilotlari va 
boshqalar) uchun Nizomning 11-bandiga muvofiq qo’shimcha hujjatlar talab etilishi 
mumkin. 
Yakka tartibdagi tadbirkor uchun hujjatlar yig’majildi. Yakka tartibdagi 
tadbirkorni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun doimiy yashash joyidagi ro’yxatdan 
o’tkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim: 
- belgilangan shakl bo’yicha ariza-xabarnoma; 
- 3x4 sm o’lchamdagi ikkita fotosurat
- davlat bojining eng kam ish haqining bir baravari miqdorida to’langanligi haqidagi 
bank to’lov hujjati; 
- ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari (yakka tartibdagi tadbirkor xohishiga ko’ra); 
fuqarolik pasporti nusxasi. 

Download 205.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling