Korxona iqtisodiyoti
Korxonalar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlar
Download 205.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Korxona iqt 2-mavzu Ma\'ruza matni
2. Korxonalar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlar.
2023-yil 30-aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bob 41-moddasida har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan. XII bobning 65-moddasida esa “Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi. Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas” – deb ta’kidlangan. Ushbu bobning 66-moddasida mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi ko‘rsatib qo‘yilgan. Bundan tashqari ushbu moddada mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shartligi ta’kidlab o‘tilgan. 1991-yil 15-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida”gi qonuni binoan mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish, ularning faoliyatini qayta tashkil etish va tugatishning umumiy va huquqiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy asoslari belgilab berilgan edi. Qonun korxonalarning mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ularning huquqlari va mas’uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, davlat hokimiyati, boshqaruv idoralari bilan olib boradigan munosabatlarini tartibga soladi. Shuningdek, qonunda korxona ta’rifi, turlari, vazifalari, korxonani barpo etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, korxonani boshqarish, korxona xo‘jalik faoliyatining asoslari, korxonaning ijtimoiy kafolatlari, korxona huquqlari, korxonani tugatish va qayta tashkil etish shartlari belgilab berilgan edi. Ushbu qonun 2000-yil 15-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra 2001-yil 20- yanvardan o‘z kuchuni yo‘qotgan. Korxonalar faoliyatining ayrim masalalarini tartibga soluvchi ko‘p sonli me’yoriy hujjatlar mavjud. Ularni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: • birinchi guruh ichki munosabatlarni tartibga soladi, tadbirkorlik subyekti institutlari, boshqaruv, mehnatni tashkil etish; • ikkinchi guruh vertikal munosabatlarni tartibga soladi - tadbirkorlik subyektlari davlat va mahalliy boshqaruv organlari bilan, shu jumladan qonun chiqaruvchi (vakillik) va ijro etuvchi subyektlarining davlat organlari; • uchinchi guruh diagonal - subyektlar bo‘ylab munosabatlarni aniqlaydi, banklar va boshqa kredit tashkilotlari; • to‘rtinchi guruh munosabatlarni gorizontal tartibga soladi – xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatdagi sheriklari bilan, shu jumladan yetkazib beruvchilar, xaridorlar, tashuvchilar va boshqalar. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan eng asosiysi – korxona Nizomidir. Qonunda ta’qiqlanmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi har qanday korxona Nizom asosida ish olib boradi. Nizom korxonaning ta’sis etuvchilari tomonidan ta’sis yig‘ilishida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Korxona Nizomida korxonaning nomi, manzili, ta’sischilari, faoliyati, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil qilish va uning faoliyatini to‘xtatish shartlari belgilab qo‘yiladi. Korxonaning Nizomi tarkibi 1- chizmada keltirilgan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling