Korxona iqtisodiyoti
Korxonalar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlarni yanada
Download 205.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Korxona iqt 2-mavzu Ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
3.
Korxonalar faoliyatiga taalluqli me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish yo’llari. Korxonalar faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega. Chunki ayrim qabul qilingan vaqt o’tishi bilan zamon talablariga javob bermay qolishi mumkin. Bunday holatlarda unga o’zgartirishlar kiritib borish yoki uni yangi tahrirda qabul qilish talab etiladi. Ayrim me’yoriy hujjatlar esa o’z ahamiyatini yo’qotganda bekor etilishi ham mumkin. Korxonalar faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim: - korxonalar faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni doimiy ravishda takomillashtirib borish; - rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan o’rganib borish hamda ularning ilg’or tajribasilaridan korxonalar faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirishda foydalanish; - korxonalar faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bevosita tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda qabul qilish tizimini tashkil etish va hokazo. Qisqacha xulosalar Korxonalar faoliyati turli xil me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ushbu me’yoriy hujjatlar uni chiqargan hokimiyat darajasi va turiga ko'ra farqlanadi. Me’yoriy hujjatni qaysi organ qabul qilganiga qarab, uning yuridik kuchi aniqlanadi. Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan eng asosiysi – korxona Nizomidir. Qonunda ta’qiqlanmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi har qanday korxona Nizom asosida ish olib boradi. Nizom korxonaning ta’sis etuvchilari tomonidan ta’sis yig‘ilishida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Korxona Nizomida korxonaning nomi, manzili, ta’sischilari, faoliyati, uning boshqaruv va nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil qilish va uning faoliyatini to‘xtatish shartlari belgilab qo‘yiladi. Download 205.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling