Korxona iqtisodiyoti
-chizma. Korxona Nizomining tarkibi
Download 205.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Korxona iqt 2-mavzu Ma\'ruza matni
2.1-chizma. Korxona Nizomining tarkibi.
2017-yil 9-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-sonli qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 66-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom, tadbirkorlik subyektlarining Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom va tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi reglamenti tasdiqlangan va 2017-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilishi belgilangan. O’z faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan tadbirkor, avvalambor, qaysi faoliyat turi bilan shug’ullanmoqchi ekanligi, unga qaysi tashkiliy-huquqiy shakl (yuridik shaxs – mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ), xususiy korxona, oilaviy korxona va boshqalar; jismoniy shaxs – yakka tartibdagi tadbirkor (YATT)) to’g’ri kelishi kabi masalalarga aniqlik kiritib olishi lozim. Ta’kidlash kyerakki, ayni paytda respublikamizda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish jarayoni soddalashtirilgan bo’lib, tegishli organlarda ro’yxatdan o’tish ko’pi bilan ikki kunni, ro’yxatdan o’tish haqi esa eng kam oylik ish haqining bir baravarini tashkil etadi. Mazkur qoida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishning xabardor qilish tartibi to’g’risidagi Nizomda belgilab qo’yilgan. Tadbirkor mazkur tartib bo’yicha ro’yxatdan o’tishda davlat soliq va statistika organlarida hisobda turishi shart emas, ya’ni buni ro’yxatdan o’tkazuvchi organ amalga oshiradi. Bunda yuqorida keltirilgan Nizom yer uchastkalarini ajratish, gaz va elektr tarmoqlariga ulanish to’g’risidagi qaror talab etiladigan, shuningdek litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishga tatbiq etilmaydi. Ushbu korxonani ro’yxatdan o’tka- zish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20- avgustdagi 357-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat byeruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish ta rtibi to’g’risidagi nizomning qoidalariga rioya etish lozim. Tijorat faoliyati uchun mo’ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo’lma- gan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-sonli qarori bilan tasdiqlangan alohida Nizom bilan tartibga solinadi. Nizomga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari, shuningdek tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspektsiyalari ro’yxatdan o’tkazuvchi organlar hisoblanadi. Adliya vazirligida asosan quyidagi tadbirkorlik subyektlari ro’yxatdan o’tadi: - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumatining tegishli qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari shaklidagi xo’jalik boshqaruv organla- ri (shu jumladan, davlat aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglar); - xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar; - bozorlar; - soliq maslahatchilari tashkilotlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 30-noyabrdagi «Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga byeriladigan qo’shimcha rag’batlantirish omillari va imtiyozlar to’g’risida»gi PF-1652-sonli Farmoni 1-bandiga muvofiq Adliya vazirligida quyidagi talablarga javob byeradigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ro’yxatdan o’tadi: - korxonaning nizom jamg’armasi 150 ming AQSh dollariga teng summadan kam bo’lishi mumkin emas; - korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy yuridik shaxs bo’lishi shart; - xorijiy sarmoyalar ulushi korxona nizom jamg’armasining kamida 30 foizini tashkil etishi zarur. Ya’ni, yuqorida keltirilgan talablarga javob bermaydigan xorijiy kapital ishtirokidagi boshqa korxonalar inspektsiyada ro’yxatdan o’tib, ularga nisbatan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun belgilangan imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etilmaydi. Tadbirkorlik subyektlarining boshqa turlari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar ro’yxatdan o’tish uchun davlat xizmatlari agentligiga murojaat etadilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling