Korxona iqtisodiyoti


Tadbirkorni ro’yxatdan o’tkazish


Download 205.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana03.10.2023
Hajmi205.63 Kb.
#1690838
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Korxona iqt 2-mavzu Ma\'ruza matni

Tadbirkorni ro’yxatdan o’tkazish. Ro’yxatdan o’tkazuvchi organning mas’ul 
xodimi mazkur hujjatlarni qabul qiladi, tekshiradi (unda kamchiliklar mavjud 
bo’lgan holda bu haqda uch soat mobaynida xabar byerishi lozim) va ariza-
xabarnoma olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida tadbirkorga davlat 
ro’yxatidan o’tganlik to’g’risida guvohnoma taqdim etadi. 
Soliq to’lovchining hisobi. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 77-
moddasi to’rtinchi qismiga muvofiq davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq 
to’lovchiga byerilgan identifikatsiya raqami byerilganligi to’g’risidagi guvohnoma 


yoki soliq to’lovchi bir vaqtning o’zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat 
statistikasi organlarida hisobga qo’yilgan holda davlat ro’yxatidan o’tkazilgan 
taqdirda, davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma soliq 
to’lovchining hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. 
Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, faoliyat turi va xodimlari sonidan kelib 
chiqqan holda siz soliq solish tartibini, ya’ni umumbelgilangan yoki 
soddalashtirilgan tartibni belgilaysiz. 
Ro’yxatdan o’tish vaqtidan boshlab YaTTga soliq solish. Soliq 
kodeksining 311-moddasi to’rtinchi qismiga muvofiq yoshga doir pensiya olish 
huquqiga ega bo’lgan, shuningdek I va II guruh nogironlari bo’lgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo’jaliklarining a’zolari hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy 
tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolari uchun sug’urta 
badalining miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi 
kerak. 
Shuni hisobga olish kyerakki, YaTT qat’iy belgilangan soliqni (faoliyat turiga 
qarab va faoliyatni amalga oshirish joyidan kelib chiqqan holda belgilangan 
stavkalar bo’yicha) va byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badalini 
(oyiga EKIHdan kam bo’lmagan miqdorda) ro’yxatdan o’tish vaqtidan boshlab 
to’laydi. 
Mazkur qoida Soliq kodeksining 375-moddasi (qat’iy belgilangan soliq 
bo’yicha) va 311-moddasida (sug’urta badali bo’yicha) aks ettirilgan. Ularda 
belgilanganidek, mazkur to’lovlar soliq to’lovchining kalendar oyida ishlagan 
kunlari sonidan qat’i nazar belgilangan stavkalar bo’yicha to’lanadi. Masalan, YaTT 
30 yanvarda ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, qat’iy belgilangan soliq va sug’urta badalini 
to’liq yanvar oyi uchun to’laydi. 
Amaliyotda ro’yxatdan o’tish vaqti faoliyatning boshlanishini anglatmaydi. 
Masalan, chakana savdo bilan shug’ullanish uchun bankda hisob raqamini ochish, 
nazorat-kassa apparatini olish, uni DSIda ro’yxatdan o’tkazish, inkassatsiya 
shartnomasini tuzish lozim. Shu munosabat bilan oyning boshida ro’yxatdan 
o’tishingizni tavsiya etamiz. 
Ma’lumki, qonunchilik bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan 
taqdirda javobgarlikka tortilish holatlariga sabab bo’ladi. Bunda davlat soliq xizmati 
organlarida hisobga turishdan bo’yin tovlash va davlat ro’yxatidan o’tishdan bo’yin 
tovlash huquqbuzarlik hisoblanadi. 
Soliq kodeksining 113-moddasiga muvofiq, soliq to’lovchining davlat soliq 
xizmati organlarida hisobga turishdan bo’yin tovlashi (shu jumladan, soliq 
to’lovchining davlat soliq xizmati organida ob’ektlar bo’yicha hisobga turishdan 


bo’yin tovlashi) eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda 
jarima solishga sabab bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 
176-moddasiga muvofiq, savdo yoki vositachilik faoliyatini ro’yxatdan 
o’tkazishdan bo’yin tovlagan holda amalga oshirish huquqbuzarlik ashyolarini 
musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda 
jarima solishga sabab bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-moddasida belgilan-
ganidek, belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tishdan bo’yin tovlab, nazorat 
qilinmaydigan foyda (daromad) olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini 
amalga oshirish ancha (ko’p, juda ko’p) miqdorda sodir etilgan bo’lsa, uch yilgacha 
muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik 
baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Bundan tashqari, Davlat ro’yxatidan o’tmasdan tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibi 
to’g’risidagi nizomda belgilanganidek, jismoniy shaxslar tomonidan yakka 
tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tmasdan faoliyat turlari amalga 
oshirilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari 
belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda yillik hajmda tegishli faoliyat turi 
bo’yicha biryo’la qat’iy belgilangan soliqni undiradilar, jismoniy shaxsning davlat 
ro’yxatidan o’tmasdan faoliyat ko’rsatayotganligi dalili aniqlangan sanadan boshlab 
o’ttiz kun mobaynida uning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tganligi 
holatlari bundan mustasno. Bunday jismoniy shaxsga hisoblab yozilgan yillik qat’iy 
belgilangan soliq summasini belgilangan tartibda ushbu davr uchun qat’iy 
belgilangan soliq bo’yicha kelgusidagi soliq majburiyatlari o’rniga o’n ikki oy 
mobaynida to’lash huquqi taqdim etiladi. 

Download 205.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling