Kreativ fikrlash


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/103
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1748341
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103
Bog'liq
Kreativ fikrlash

6. TEST O‘TKAZISH 
Yechim haqida va foydalanuvchi haqida ko‘proq bilib oling. 
Test o‘tkazish – yaratilgan prototiplar haqida teskari aloqa olishdir. 
Bu foydalanuvchini tushunishga va uning ustida ishlanayotgan muammoga 
chuqur kirib borishiga yordam beradi. Ideal test o‘tkazish bu – 
foydalanuvchining o‘zi nima va qanday tashkil qilinganini yaxshi bilishi 
bo‘lib, bu kamdan-kam hollarda uchraydi. Odatda kirish suhbati o‘tkazish 
kerak bo‘ladi. Agar gap tajriba haqida ketadigan bo‘lsa, real vaziyat 


169 
atrofida rivojlanadigan senariy yaratish lozim. Agar real vaziyatning 
imkoni bo‘lmasa, shu vaziyatga maksimal darajada yaqin bo‘lgan holatni 
yaratish kerak. 
Test o‘tkazishda ikki yondashuvdan foydalanish mumkin bo‘ladi: 
− oddiy kuzatish: foydalanuvchiga prototip berish va uning 
harakatlarini kuzatish; 
− vazifa qo‘yish: biror-bir maqsadli harakatni amalga oshirish, 
masalan, dastur yordamida biznesni boshqarish strategiyasini ishlab 
chiqish. 
Test o‘tkazishning vazifasi – muammoni eshitish va uning yuzaga 
kelish sababini tushunish hisoblanadi. Agar muammo paydo bo‘lgan 
bo‘lsa, uning yolg‘iz emasligi ehtimoli yuqori bo‘ladi. 
Asosiysi shuni esdan chiqarmangki, ishlab chiqarish bu – doimiy 
jarayon. Butun jarayon ham, uning alohida bosqichlari ham takrorlanishi 
mumkin. Mahsulotni barcha bir xil yoqadigan tarzda chiqarishning imkoni 
yo‘q. Foydalanuvchi, atrof-muhit, iqtisodiy va siyosiy vaziyat o‘zgaradi. 
Mahsulot rivojlanishi va yashashi lozim. Buning uchun ham ichki, ham 
tashqi sabablar mavjud.
Zamonaviy boshqaruv tizimi har bir rahbardan fikrlash – dizayniga 
ega bo‘lishni talab etadi. “General Electric” kompaniyasining sobiq Bosh 
direktori Djek Uelch shunday fikr bildiradi: “99,9 foiz xizmatchilar doimo 
bir joyda qotib qoladilar, chunki ular fikrlashni bilmaydilar. Insonlarni 
fikrlashga majburlab bo‘lmaydi, faqatgina ularga fikrlash uchun sharoit 
yaratib berish lozim. Shu jihatdan ta'lim muassasalarida tinglovchilarga 
nima haqida fikrlashni emas, balki qanday fikrlashni o‘rgatish maqsadga 
muvofiq bo‘lar edi. 


170 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling