Kreativ fikrlash


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/103
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1748341
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103
Bog'liq
Kreativ fikrlash

4. G‘OYANI TANLASH 
To real voqelikka duch kelmaguncha barcha g‘oyalar ajoyib bo‘lib 
ko‘rinaveradi. 
Rivoj topadigan g‘oyalarni aniqlash uchun ularni “elak”dan o‘tkazish 
zarur. 
G‘oyalarni qanday tanlash kerak ? 
− tanlov mezonini ifodalash (eng taassurotli, eng kutilmagan
oqilona). Agar mezonlar soni bir nechta bo‘lsa, har bir mezon o‘z vazniga 
ega bo‘lishi lozim. Mezonlar g‘oyalar ishlab chiqish jarayonida to‘plangan 
innovasion salohiyatni yo‘qotmaslikka imkon beradi. 
− ovoz berish (ovoz berish xavfi shundan iborat bo‘lishi mumkinki, 
agar 6 kishi – “rozi” va 4 kishi – “qarshi” bo‘lsa, shartga rioya qilingan 
bo‘ladi, lekin jamoaning qariyb yarmi ishtiyoqi juda sust bo‘ladi). 
− prototip yaratish. Prototiplar g‘oyalarning ish qobiliyatini 
baholashga imkon beradi. 
5. PROTOTIPLASH 
Oddiy prototip ko‘p narsa haqida gapirib beradi. Prototiplash – 
to‘g‘ri yechim topish uchun yordam beradigan maketlar yaratish. Ilk 
bosqichda prototiplar maksimal darajada oddiy bo‘lishi lozim. Test 
o‘tkazilishi va g‘oya tasdiqlanishi bilan prototiplar murakkablashadi va 
qimmatlashadi. 
Prototiplar quyidagi vaziyatlar uchun zarur hisoblanadi:
− g‘oyalar ishlab chiqish va muammolarni hal qilish uchun. O‘ylash 
uchun quring. 


168 
− muloqot qilish uchun. Bitta rasm mingta so‘zga, bitta prototip – 
mingta rasmga teng bo‘lishi mumkin. 
− suhbat boshlash uchun. Foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa biror 
narsa atrofida tashkil qilinadigan bo‘lsa, foydaliroq bo‘ladi. Prototip – 
sermahsul va unumli suhbat o‘tkazish imkoniyatidir. 
− muvaffaqiyatsizlikka tez va kam xarajat bilan duch kelish uchun. 
Xarajatlar qancha kam bo‘lsa, afsuslanish ham shuncha kam bo‘ladi. 
− imkoniyatlarni sinab ko‘rish uchun. Oddiylik bitta yo‘nalishni 
tanlab o‘tirmasdan, birdaniga bir nechta g‘oyani sinab ko‘rishga imkon 
beradi. 
− yechim ishlab chiqish jarayonini boshqarish uchun. O‘zgaradigan 
shartlarni aniqlash katta muammoni ko‘p sonli kichik va sinab ko‘rish 
oson bo‘lgan muammolarga ajratadi. 
Prototip yaratish va test o‘tkazish – birgalikda ko‘rib chiqish lozim 
bo‘lgan ikkita bosqich.
Nimani va qanday test qilish – prototip yaratish oldidan javob berish 
lozim bo‘lgan ikkita savol. Bu prototip yaratish va test o‘tkazishni aniq 
bosqichlarga ajratishga yordam beradi. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling