Кредитнинг турлари ва асосий шакллари


Download 94.5 Kb.
bet2/4
Sana19.04.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1362594
1   2   3   4
Bog'liq
kredit turlari va shakllari

2.1.Bank krediti.
Iktisodietda keng tarkalgan kredit muno­sabatlarining shakllanishidan biridir. Uning obhekti pul mablag­larini bevosita ssudaga berish jaraeni xisoblanadi. Bank kre­ditni beruvchi kredit muassasalari kreditlash jaraenini amalga oshirish uchun markaziy bankdan maxsus litsenziya (ruxsatnoma) ol­gan bulishlari zarur. Karz oluvchi sifatida xukukiy shaxslar, axo­li, davlat, xorijiy davlat fukarolari ishtirok etishlari mumkin.
Kredit munosabatlarining vositasi bulib, kredit shartnoma yeki kredit kelishuvi xisoblanadi. Bu kredit turi buyicha olinadigan daromad yeki stavka tomonlar bilan kelishiladi va bank foizi yeki ssuda foizi kurinishida buladi.
Jaxon amalietida bank kreditdan foydalanishda uning turli xil xususiyatlari xisobga olinadi.
Kiska muddatli bank kreditlari karz oluvchi korxonaning xujalik faoliyatida aylanma mablaglar yetishmovchiligini tuldirish uchun kullaniladi. Bozor iktisodieti tamoyillariga mos keluvchi bunday jaraenning bulishi ssuda kapitali bozorida mustakil segment pul bozorining yuzaga kelishiga olib keladi. Kiska mud­datli kreditlar fond bozorida, savdo va xizmatlar kursatishda, banklararo kreditlash rejimida kuprok kullaniladi.
Xozirgi sharoitda kiska muddatli kreditlar kuyidagi kur­satgichlar bilan xarakterlanadi.
- kreditlarning juda kiska muddatlarga (bahzida bir oygacha muddatga) berilishi;
- kreditning muddati va foiz stavkasining bir biriga tes­kari proportsional (kreditning muddati juda kiska bulsada, foiz stavkasi juda yukori) bulishi;
- ishlab chikarish soxasidan kuprok muomala soxasiga xizmat kursatish.
Xozirgi vaktda bir yil muddatda beriladigan kreditlardan tijorat xarakterdagi faoliyatni amalga oshirish agrar sektorda va investitsiyalarni talab kiluvchi inavatsion jaraenlarni kreditlash­da keng foydalanmokda.
Karzni tulash usuli. Karzdor tomonidan bir martaga tulik summaga tulanadigan kreditlar bu usul kiska muddatli kredit­larni kaytarishning anhanaviy usuli xisoblanib xukukiy jixatdan rasmiylashtirilishi juda sodda mexanizmga ega buladi, chunki bu usulda differentsiallashgan foiz stavkasini xisoblash mexanizmni kullash talab kilinmaydi.
Kreditni tulashda kredit shartnomasida kursatilgan muddat davomida bulib - bulib tulanadigan kreditlar bulishi mumkin. Karzni tulashning bu usulda kreditni kaytarishning anik shart­lari kredit shartnomasida keltirilgan buladi. Kreditni bulib bulib tulash usuli kupincha uzok va urta muddatli kreditlarni tulashda ishlatiladi.
Kredit buyicha karzni undirib olish usuli. Amalietda olin­gan kreditlar buyicha foiz stavkalarini tulashning bir necha xil usullari mavjud:

  • Kreditni tulash muddati kelganda foiz stavkasini xam ku­shib tulash usuli. Bu usul bozor iktisodi yaxshi tarakkiy kilgan mamlakatlarning xujalik tashkilotlari faoliyatida keng kullani­ladigan anhanaviy usul bulib, u xisob - kitob xarakteri jixati­dan oddiy buladi. Bu usul kuprok kiska muddatli ssudalarni tu­lashda kullaniladi.

  • Kredit shartnomasida kursatilgan muddat davomida bir tekisda karz oluvchi tomonidan tulanadigan kredit buyicha karzni undirib olish usuli. Amalietda bu usul uzok va urta muddatli kreditlarni tulashda kullaniladigan anhanaviy usuldir va tomon­lar kelishgan xolda kredit buyicha foizlarni tulashga xar xil yen­dashishlari mumkin. Masalan, kredit uzok muddatga berilgan bul­sa, kredit buyicha foiz stavkasini tulashni kreditdan foydalanib boshlaganidan bir yeki ikki yil utgandan keyin belgilab berishi mumkin.

  • Karz oluvchiga kredit berilaetgan vaktda kredit uchun tu­lanadigan foiz bevosita bank tomonidan ushlab kolinadigan kre­ditlar. Kredit uchun foiz stavkasini bu usulda tulash rivojlan­gan bozor iktisodi sharnomasiga mos kelmaydi va u uchun xarak­terli emas. Bu usul fakat sudxurlik kapitalida ishlatiladi. Mam­lakatda iktisodiy xolat nobarkaror bulganida banklar kiska muddatli kreditlashni va kreditlar buyicha foizlar tulashni shu usulda olib borganlari ular uchun kulay xisoblanadi va amaletda shu usuldan keng foydalanadilar.

Tahminlanganlikning mavjudligi.
Bank kreditining maksadliligi. Jaxon amalietida umumiy biror extiejni koplash uchun ishlatiladigan kreditlar mavjud. Bunda bank tomonidan beriladigan kreditlar karz oluvchining mo­liyaviy resurslarga bulgan turli extiejlarini kondirish uchun uz ixtieri buyicha ishlatiladi. Xozirgi sharoitda ular kiska muddat­li kreditlash soxasida cheklangan tarzda kullaniladi, urta va uzok muddatli kreditashda umuman kullanilmaydi. Bizning amalietimizda banklar tomonidan biror maksadni amalga oshirish uchungi­na kreditlar beriladi.
Kreditning kaysi maksad uchun berilaetganligi kredit shart­nomasida kursatiladi va bank tomonidan berilgan resurslar karz oluvchi tomonidan fakatgina shartnomada kursatilgan masalani xal etish uchun ishlatiladi (masalan, olinaetgan tovarlar buyicha xi­soblashish, ish xaki tulash va x.k uchun). Karz oluvchi tomonidan kursatilgan majburiyatlarning buzilishida bitimda kursatilgan jarimalar kullaniladi.
Karz oluvchilarning kategoriyalari.
Uzining faoliyat doirasiga karab karz oluvchi korxona va tash­kilotlar bir necha guruxlarga bulinishi mumkin. agrar soxada kreditlar oluvchilar. Bu soxaning maxsus bulishi - maxsus kredit muassasalari - agrobanklarning, keyinchalik kishlok xujaligi so­xalariga xizmat kursatuvchi boshka banklar Paxtabank, Gallabank va boshka shu turdagi banklarning tashkil topishini belgilab be­ruvchi asos xisoblanadi. Bu banklar faoliyatining uziga xos xu­susiyati kishlok xujaligi ishlab chikarishi bilan boglik bulgan mav­sumiylikni ehtiborga olgan xolda kreditlash xisoblanadi.
Tijorat soxasi uchun kreditlar berish. Bu soxa buyicha kre­ditlar savdo va xizmat kursatish soxasida faoliyat kursatuvchi kishlok subhektlariga beriladi. Bu kreditlar tez aylanib kelish xususiyatiga ega bulib, tijoratchilar extiejini kondirishda katta axamiyatga egadir.
Bank tomonidan kreditlar kimmatbaxo kogozlar buyicha oldi- sotdi operatsiyalarini amalga oshiruvchi, fond birjasi vositachi­lari: broker, makler, diller firmalariga beriladi.
Kuchmas mulk egalariga ipoteka kreditlari berilishi mumkin. Ular xam oddiy, xam iktisoslashgan ipoteka banklari tomonidan beriladi. Bu xozirda xorij amalietida keng tarkalgan bulib, xatto bahzi manbalarda kreditning aloxida shakli sifatida na­moen buladi. Bizning mamlakatimizda esa bu fakatgina 1996 yil­dan boshlab tarkala boshlagan. Xususiylashtirish jaraenining ri­vojlanishi, mulkka egalik asoslarining konunlashtirilishi ipoteka kreditini yanada ravnak topdirishga olib keladi.
Banklararo kreditlar - bank kreditning keng tarkalgan shakllardan biri. Banklararo kreditning joriy stavkasi mahlum bir tijorat bankning boshka turdagi ssudalar berish siesatini aniklab beruvchi muxim omil xisoblanadi. Bu normaning anik mik­dori (xisob stavkasi) Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling