Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020
Toshqotgan organik formalar fatsial belgilar
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti
Toshqotgan organik formalar fatsial belgilar
Toshqotgan ko ‘pgina organik formalar o ‘zlari yashagan muhitning tabiiy-geografik sharoitlari, o ‘zlarini qamragan yotqiziqlaming genezisi haqida m aiu m o tlar berib fatsial belgilarni anglatuvchilar sifatida qo ‘shimcha axborot manbalari b o iib xizmat qilishi mumkin. Ushbu y o ‘1 bilan axborot olish bionom ik tahlil usuli deb ataladi. Paleografik sharoitlami qayta tiklash paytida, tosh qotgan organik formalar kompleksi o ‘rgani!adi. Agar bunday kompleks bir tadqiqot hududida va bitta qatlamda qamralgan b o is a , mazkur organik formalar guruhi oriktotsenoz deb ataladi. Oriktotsenozni o ‘rganish paleobiotsenozni tiklashning asosidir va shu orqali geologik o ‘tmishda birgalikda yashagan organizmlar guruhi haqida m aiu m otlar beradi. Albatta, bu masalani hal etish anchagina murakkablikdan iborat. Biroq, ushbu amaliyotsiz m azkur organizmlar yashagan muhit xususiyatlarini anglash qiyin. M asalan, dengiz oriktotsenozini tahlil qilish davomida jonivorlam ing bentos, plankton va nekton yashash tarziga mansublarini ajratish lozim b o iad i. 0 ‘z navbatida, bentos organizmlaming mustaqil 26 harakatlanuvchilarini va o ‘zga turdagi jonivoriarga yopishgan holda hayot kechiruvchilarini farqlash kerak. Keyin ularning tirik paytidagi holatlari, suyaklarining yemirilish darajasi, cho‘kmaga ko ‘milguncha tashib kelingan masofasi aniqlanadi. M ana shu masalalar aniqlarganidan so‘ngina alohida organizmlar turlarining yashash tarzi, paleobiotsenozning mavjudligi sharoitlari va nihoyat hududning geologik o ‘tmishdagi tabiiy - geografik muhiti xususiyatlari haqida fikr bildirish mumkin. 0 ‘rganilayotgan hududning geologik rivojlanishi tarixini tiklayotgan tadqiqotchi eng avvalo, hududda kuzatilayotgan cho‘kindi hosilalarning quruqlik sharoitidami yoki dengiz havzasida to ‘planganligini aniqlashi lozim. Kontinental yotqiziqlar quruqlikda yashovchi hayvonlar, chuchuk suvda hayot kechiruvchi umurtqasizlar (ikkitabaqalilar, gastrapodalar va h.k.)ning tosh qotgan qoldiqlari hamda quruqliqda o ‘suvchi o ‘simliklarning qoldiqlari va ildizlari orqali aniqlanadi. Dengiz yotqiziqlarida esa dengiz jonivorlari va suv o ‘tlari qoldiqlari kuzatiladi. Agar ular orasida quruqlik o ‘simliklari qoldiqlari uchrasa, ularni dengizga daryo oqimlari olib kelganligi yoki shamol uchirib kelganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling