Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020


Fatsial tahlil va paleogeografik sharoitni tiklash


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/118
Sana19.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1710136
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
Bog'liq
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti

Fatsial tahlil va paleogeografik sharoitni tiklash
Tadqiq etilayotgan stratigrafik birlikning biror qismi uning 
yondosh qo ‘shni qismlaridan farqlab turuvchi o ‘ziga xos litologik va 
paleontologik belgilariga ega bo ‘lsa, bunday qatlam fatsiya deb 
ataladi.
Fatsial tahlil o ‘rganilayotgan hudud geologik o ‘tmishining 
geografik sharoitlarini tiklash usuli sifatida aktualizm tamoyilining 
zamonaviy rivojlangan turi b o ig a n qiyosiy-tarixiy usuliga tayanadi. 
Kesmada aks etgan tog‘ jinslari turlari bo ‘yicha paleogeografik 
sharoitning 
tiklanishini 
ta ’min 
etuvchi 
litologik 
tahlil 
va 
organizmlarning tosh qotgan formalari bo‘yicha paleogeografik 
sharoitning barcha jihatlarini yoritib beruvchi bionomik tahlil fatsial 
tahlilning ikki tarkibiy qismidir.
Yer po ‘stida kuzatiluvchi cho‘kindi hosilalaming asosiy massasi 
dengiz va okeanlarda, oz qismi esa quruklikda hosil bo ‘ladi.
Dunyo okeanida butun suv qatlamidan tarkib topgan pelagial va 
suv havzasi tubidan iborat bental deb ataluvchi yirik oblastlar 
ajratiladi. 
Okean 
tubi, 
y a’ni 
bental 
oblast 
geomorfologik 
xususiyatlari bilan materik sayozligi (shelf), materik yonbag‘ri va 
bevosita okean tubi kabi zonalarga ajraladi. Shelf va materik yon 
bag‘ri kontinentning dunyo okeani suvi ostidagi chetki qismini hosil 
qiladi va m ateriklam ing asosiy strukturalari kontinentlar ichidan Yer 
po‘sti odatda granit-metamorfik xarakterga ega bo ‘lgan bu 
yerlargacha cho‘zilib davom etib kelishi mumkin. Okeanlar tubi 
hududida o ‘ziga xos strukturalar rivojlangan bo ‘lib, okean osti 
tipidagi Y er p o ‘sti 
shakllangandir. 
Shelf chuqurligi dengiz 
qirg‘o g ‘idagi nolinchi chegaradan 200 m gacha, ayrim joylardagina
14


500 m ga yetadi, uning qiyaligi esa Г С dan oshmasligi mumkin. 
Materik yon bag‘ri okean chuqurligining 3-4 km gacha davom etadi 
va 5”C li qiyalikka ega. Okean tubi 3-4 km chuqurlikdagi tekisliklar 
va platolardan, suv osti tog‘ jinslari va ayrim joylarda, teran suv osti 
jelob(nov)laridan iborat. Teranlikdagi suv osti jelob(nov)lari 
chuqurligi 6-11 km atrofida bo ‘ladi.
Okean tubi (bental) oblasti o ‘ziga xos dengiz jonivorlari turlari 
bilan belgilanuvchi bir necha vertikal faunistik zonalarga ajratiladi 
va ushbu zonalar, ayni paytda, dengizning bionomik zonalari deb 
ham ataladi. Biroq okeanlardagi suv qatlamini bunday vertikal 
zonalarga ajratishning umumqabul qilingan qat’iy sxemasi ishlab 
chiqilmagan. Okean suvi yuzasidan uning tubiga tomon litoral, 
sublitoral, epibatial, batial va abissal zonalarini shartli ravishda 
ajratish mumkin.
Dengiz suv sathining maksimal pasayishi mumkin bo‘lgan eng 
quyi chizig‘i okean chegarasi deb ataladi. Litoralning nolinchi 
chuqurlik chizig‘idan yuqorida joylashgan qismi rasman quruqlikka 
mansub bo‘lsa ham, amalda dengiz zonasi hisoblanadi, chunki ushbu 
zonada ham okeanning quruqlikka ta ’sirining kuchli namoyon 
b o‘lishi kuzatiladi.
Dengiz yotqiziqlarining asosiy massasi eng avvalo shelfda va 
materik yon bag‘ri etaklarida shakllanadi, anchagina kam miqdorda 
esa materik yon bag‘irlarida (hali zichlashmagan cho‘kmalar materik 
yon bag‘irlaridan uning etaklari tomon faol siljishi tufayli) va abissal 
tekisliklar hududlarida to ‘planadi.
Shelf oblastida asosan ko ‘proq qum to ‘planadi, il cho‘kmalari 
dengiz to ‘lqinlari kamroq ta ’sir qiluvchi joylarda va botiqliklarda 
shakllanadi, yirik bo‘lakli cho‘kmalar esa, aksincha, dengizning 
kuchli oqimlari va to‘lqinlari amal qiladigan uchastkalarda 
yotqiziladi. C ho‘kma to‘planishi jarayoniga tadqiq etilayotgan 
rayonning paleo iqlimi ham o ‘ziga xos tarzda ta’sirini o ‘tkazadi. 
Xususan, il cho‘kmasi nam tropik rayonlarda hosil bo'ladi; qumlar 
barcha 
hududlarda 
rivojlana 
olsa 
ham 
ularning 
maksimal 
miqdorlardagi yotqiziqlari o ‘rtacha iqlimli zonalarda kuzatiladi; 
shag‘allar va g ‘o ‘lak toshlar ko‘proq past haroratli rayonlarda hosil 
bo‘ladi; rifli ohaktoshlar asosan tropik zonalarda, chig‘anoqli 
hosilalar esa arid oblastlarda shakllanadi.
15


Materiklar yon bag‘irlari etaklarida asosan dengiz yotqiziqlari 
va xususan, terrigen hosilalaming asosiy massasi rivojlanadi. 
C ho‘kmalar qalinligi 8-10 km gacha bo ‘ladi. Bulardan tashqari teran 
chuqurliklardagi jeloblarda 
ham 
nisbatan 
k o ‘p 
miqdorlarda 
cho‘kmalar to ‘planib qoladi va ularning qalinliklari 3 km gacha 
yetishi mumkin.
Kontinentlarda cho‘kmalar to ‘planishi cheklangan miqyoslarda 
ro ‘y beradi. Kontinental yotqiziqlar genezisiga (hosil bo ‘lish 
sharoitlari) ko ‘ra turlichadir, ularning tashqi ko ‘rinishi cho‘kma 
to ‘planishi yuz berayotgan paytdagi iqlim sharoitlariga ko‘p jihatdan 
bog‘liqdir. Arid va gumid (ko‘proq qirg‘oq bo‘yi) oblastlari past 
tekisliklari, to g‘lar etaklari, tog‘lararo kotlovinalar (botiqliklar) va 
materiklardagi muzliklar oblastlari kontinental yotqiziqlar tarqalgan 
asosiy hududlardir.
Bundan tashqari, yana shunday hududlar ham mavjudki, u 
yerlarda kontinental cho‘kindilardan dengiz yotqiziqlariga o ‘tishi 
yuz beradi. Bunday hududlarga daryolar deltalari, ko‘rfazlar va 
limanlar mansubdir. Ushbu zonalarda ham cho‘km a to'planishi ko‘p 
hollarda iqlim sharoitlariga bog‘liq.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling