gillar b a’zan tub tog‘ jinslarning relikt tuzilishini saqlab qolgan
boMadi. Gilli asos tarkibida ba’zan qum zarralari ko‘rinishida
yemirilmagan minerallar yoki ona jin s b o ‘laklari uchrashi mumkin.
K o‘llar va k o‘rfazlar gillari yupqa va aniq hamda tasmasimon
qatlamlanishi bilan xarakterlanadi, odatda
toza holda shakllangan
bo‘lib qumli q o‘shimchalarga ega bo‘lmaydi. Dengiz gillari
litoraldan abissalgacha bo‘lgan barcha bionomik zonalarda hosil
bo‘ladi. Litoral gillar yaxshi saralanmaganligi, gilli “qumaloq”ga
egaligi bilan boshqa
gillardan ajralib turadi, ular orollarni
materiklardan ajratib turuvchi bo‘g ‘ozlar va ko ‘rfazlarda hosil
bo‘ladi. Sublitoral va ayniqsa, psevdoabissal zonasi gillari ko‘p
holatlarda qatlamlashgan
shaklda kuzatiladi, ular yaxshi saralangan
va aniq qatlamlikka ega bo‘ladi. Dengiz havzasining teran
chuqurliklaridagi gillar psevdoabissal gillariga o ‘xshab ketadi va
aksariyat hollarda ularni alohida birliklarga ajratish qiyin.
Shuni
ta ’kidlash lozimki, gillarni (ba’zan, argillitlarni ham) hosil bo‘lish
sharoitlari bo‘yicha ajratishda ularning mineralogik, teksturaviy va
paleontologik belgilarini hisobga olish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: