Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/118
Sana19.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1710136
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
Bog'liq
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti

Iqlimiy sharoitlar tavsifi. Qadimgi kontinentlarda hukm surgan 
iqlim 
qanday 
bo‘lganligini 
tosh 
qotgan 
va 
muhrlangan 
o ‘simliklarning tur tarkiblari va m orfologik xususiyatlari bo‘yicha 
aniqlanadi. Tosh qotgan o ‘simlik tanasida yillik halqalarning 
y o ‘qligi, 
o ‘simliklar 
barglarining 
mayda yaproqlarga ajralib 
ketganligi va o ‘ziga xos alohida ildiz sistemasiga ega ekanligi 
qadimgi iqlimning issiq va nam (tropik) xarakterda bo‘Iganligidan 
darak beradi. M e’yoriy iqlim sharoiti daraxt tanasidagi yillik 
halqalar mavjudligi, daraxt barglarining to ‘kilishi va barglarining 
sust tarmoqlanishi bilan belgilanadi.
Paleogeografik xarita tuzishdan oldin o ‘rganilayotgan yoshga 
mansub tog‘ jinslarining litologik turlari rivojlangan maydonlari 
aniqlanadi va turlicha oriktotsenozlar aks ettirilgan xarita tuziladi. 
Ushbu aniqlangan om illar paleogeografik sxemalar asosida yotadi va 
bundan hosil bo‘lgan natijalar 
Iitofatsial qurilma yoki fatsiyalar 
xaritasi deyiladi. Xaritadagi turli shartli belgilar tog‘ jinslarining 
turli xillari, oriktotsenoz tarkibi, foydali qazilmalar, o'ziga xos 
xarakterli 
minerallar mavjudligi, 
to g‘ jinslarining rangi va 
teksturaviy xususiyatlari haqida ta sa w u r beradi. Xaritada alohida 
shartli belgilar bilan esa rif massivlari, vulqon qurilmalari va boshqa 
shunga o ‘xshash obyektlaming joylashish holatlari ko‘rsatiladi. 
Ayrim hollarda paleogeografik xaritalarda yuqorida keltirilgani kabi 
daliliy materiallar ham aks ettiriladi, bunday xaritalar litologo- 
paleogeografik sharoitlarni tiklashda asos b o iu v ch i m a’lumotlarga 
egaligi bilan ajralib turadi. B a’zi litologo-paleogeografik xaritalarda 
teng qalinliklar chiziqlari (izopaxitlar) bilan ifodalangan tog‘ jinslari 
qalinliklari haqidagi m aiu m o tlar ham aks ettiriladi.
Har bir talaba zamonaviy topoasosda tog‘ jinslari kuzatilgan va 
tavsiflangan kuzatuv nuqtalari (tabiiy ochilmalar, to g ‘-kon qazilma 
lahimlari, burg‘u quduqlari) joylashgan sxema-planga (ilova №...ga 
qaralsin) va bunga qo‘shimcha tarzda kuzatuv nuqtalaridagi tog‘ 
jinslarining stratigraflk kesmasi tavsifiga ega b o ia d i. Ayni paytda 
har bir talaba uchun alohida vaqt intervali belgilab beriladi, ushbu 
vaqt birligi uchun talaba tomonidan paleogeografik xarita tuzish
54


talab etiladi. Buning uchun quyidagi amallar bajarilishi lozim 
bo‘ladi:
1) Berilgan vaqt birligiga mansub to g ‘ jinslarining tarqalish 
hududlari aniqlanadi va fatsiyalar ajratiladi. Chiziqli shartli belgilar 
bilan xaritada aks etgan hudud zonalarida rivojlangan tog‘ 
jinslarining (cho‘kindi hosilalarning ) asosiy tiplari belgilanadi, 
bunga qo‘shimcha tarzda tog‘ jinslari va tosh qotgan jonivorlar 
qoldiqlarining o ‘ziga xos xususiyatlari haqida ham m a’lumotlar aks 
ettiriladi;
2) T og‘ jinslarining litologik tahlili amalga oshiriladi;
3) Tosh qotgan organizmlar qoldiqlari bionomik tahlil etiladi. 
Buni amalga oshirish uchun ushbu qo‘llanmaning “Fatsial tahlil” 
boiim idagi m a’lumotlardan va ehtiyoj tug‘ilsa, tavsiya etilgan 
tegishli ilmiy va o ‘quv manbalaridan foydalaniladi;
4) 
0 ‘rganilayotgan 
hududning 
berilgan 
tegishli 
vaqt 
birligidagi (geologik o ‘tmishdagi) paleogeografik vaziyati tiklanadi 
va u xaritada aks ettiriladi. Ushbu amalni bajarishda umum qabul 
qilingan 
tamoyillardan 
va 
maxsus 
ishlab 
chiqilgan 
ushbu 
q o ‘llanmaning ilova qismida aks ettirilgan shartli belgilardan 
foydalaniladi. 
Xaritada 
aks 
ettirilayotgan 
hududning 
turli 
paleogeografik zonalari tegishli ranglarda ifodalanadi, bundan 
tashqari ayrim qo‘shimcha paleogeografik vaziyatlar (shamol 
y o ‘nalishi, b o ia k li materiallarning tashilishi yo‘nalishi va h.k.) ham 
qayd etiladi.
5) 0 ‘rganilayotgan tog‘ jinslari komplekslarining qalinliklari va 
mazkur o ‘lchamlarning tadqiqot hududining turli zonalarida qanday 
o ‘zgarishlari (teng qalinliklar chiziqlarini, y a ’ni izopaxitlarni 
o ‘tkazish usuli yordamida) aniqlanadi;

6
) Paleogeografik vaziyatni tavsiflash (o‘qituvchi ko ‘rsatgan 
maxsus talablar va ko‘rsatmalar asosida).
Yuqorida ko‘rsatilgan bandlam ing talaba tomonidan izchil va 
puxta bajarilishi fatsial xaritaning obyektiv tarzda tuzilishini, 
hududning o ‘rganilayotgan geologik o ‘tmishdagi paleogeografik 
sharoitlarining yuqori darajada aniqlanishini ta ’min etadi.
55



Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling