Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020


Qadimgi dengiz havzalarini qayta tiklash


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/118
Sana19.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1710136
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118
Bog'liq
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti

Qadimgi dengiz havzalarini qayta tiklash. Ushbu maqsad 
y o ‘lida dastlab suv havzasi qirg‘oqi aniqlanadi. Ushbu amal litoral 
zonada hosil bo‘lgan yotqiziqlar yoki litoralning boshqa begilari 
mavjud bo ‘lsagina mumkin bo ‘ladi. Agar havza qirg‘o g‘iga tutash 
quruqlik tepalikdan iborat bo ‘lsa, litoral zona kengligi (taklif 
etilayotgan 
1:200000
miqyosda) ju d a kichik bo‘ladi va suvlik bilan 
quruqlik chegarasi litoral yotqiziqlari mavjud bo‘lgan kuzatuv 
nuqtalaridan o ‘tkaziladi. Qirg‘oqqa tutash quruqlikning rel’efi yassi 
tekislikdan iborat bo‘lsa, litoral zona anchagina keng bo‘ladi va 
qirg‘oq chizig‘i holati ham shunga monand ravishda unchalik aniq 
ifodalanmagan bo ‘lishi mumkin, bunday hollarda qirg‘oq chizig‘i 
o ‘tishi mumkin bo‘Igan zonagina ajratiladi. Bulardan tashqari dengiz 
tubi relyefi va havza chuqurligi ham aniqlanadi. Geologik o ‘tmishda 
cho‘kindi 
yotqiziqlar 
hosil 
bo‘lgan 
havzalar 
chuqurliklarini 
metrlarda aniqlash ju da murakkab bo‘lib hozirgi vaqtda ham kamdan 
kam yehiladigan muammodir. Paleogeografik xaritada sayoz shelf 
(litoral, sublitoral, chuqurligi 
0
m dan 
200
m gacha), chuqur 
shelf(psevdoabissal, chuqurligi 200 m dan 500 m gacha) va 
kontinental qiyalikni (batial, chuqurligi 500 m dan quyida) aniqlash 
kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, havzaning fizik-ximik rejimi 
(sho‘rlik darajasi, gaz va harorat ko ‘rsatkichlari) va unda hukm 
surgan gidrodinamik vaziyatni (to‘lqinlar, havza tubidagi oqimlar va 
ularning y o ‘nalishlari) ham aniqlash va o ‘rganish zarur bo‘ladi.
Dengiz havzasi sho‘rligini aniqlash. Hozirgi kunda dengiz 
suvining sho‘rligi 3,5% yoki 35 %0. Ushbu k o ‘rsatkichning geologik 
o ‘tmishda biroz o ‘zgacha bo ‘lgan bo ‘lishi ehtimol. Agar cho‘kindi 
qatlamlarda sistematik tarkibi boy va turlicha b o ig a n faunalar 
kompleksi saqlanib qolgan bo‘lsa, bunday havza suvining sho‘rligini 
m e’yoriy deb hisoblash mumkin. Bunday sharoitlarda yashagan 
faunalar kompleksi dengiz jonivorlari olamining turli tiplari 
vakillaridan, ayniqsa, hozirgi kunda stenogalinli deb ataluvchi
50


(boshoyoqli mollyuskalar, ignatanlilar, rif hosil qiluvchi korailar
pteropodalar va h.k.) dengiz jonivorlaridan iborat b o ia d i. Havza 
suvining sho‘rlik darajasi m e’yoriy ko‘rsatkichdan pasaysa (suv 
chuchuklashsa) yoki yuqori b o is a (ya’ni sho‘rligi oshsa) muhitdagi 
fauna sistematik tarkibining kam bag‘allashuviga, ayrim turlar 
vakillari skulpturasining deformatsiyalanishiga (oicham larining 
kichrayib borishi, skulpturasining soddalashuviga) olib keladi. 
Bunday havzalarda hosil bo‘lgan cho‘kmalarda stenogalinli organik 
formalar bo‘lmaydi, biroq evrigalinli (ikkitabaqalilar, gastropodalar 
va h. k.) formalar keng rivojlangan bo‘ladi. Evrigalinli dengiz 
jonivorlari uchun ularning umumiy miqdorlari juda k o ‘p bo‘lgani 
holida oila va tur tarkibining bir xilligi xosdir.
Paleontologik m a’lumotlar bo‘yicha havzaning chuchuklanuvchi 
yoki sho‘rlik darajasi ortib boruvchi ekanligini aniqlash anchagina 
mashaqqatli ishdir. M e’yoriy sho‘rlik darajasida yashovchi dengiz 
jonivorlari miqdorining asta-sekin qisqarib borishi va umuman y o ‘q 
b o‘lib ketishi, turlarining kam b o is a ham umumiy miqdorining ko‘p 
b o ig an i holida chuchuk va yarim chuchuk suvlarda yashashga qodir 
formalarning 
paydo 
bo‘lishi 
havza 
suvining 
chuchuklashib 
borganligidan darak beradi. Chuchuklashgan dengizlarda riflar 
mavjud b o iad i, biroq ulami korailar ishtirok etmagan holida suv 
o ‘tlari va mshankalar hosil qiladi. Sho‘rlanib borayotgan dengizlarda 
organizmlarning 
ommaviy 
qirilishi 
kuzatiladi 
va 
bo ‘g ‘imoyoqlilarning ayrim turlarigina yuqori sho‘rlangan suvlarda 
yashab qolishi mumkin. Litologik ko‘rsatkichlar paleontologik 
m a’lumotlar 
bilan 
birgalikda 
qadimgi 
dengiz 
havzalaridagi 
sho‘rlanish xarakterini aniqlashtirishga imkon beradi. Koralli rifogen 
ohaktoshlarning mavjud emasligi yoki umuman ohaktoshlar xilma- 
xilligining kamayishi (faqat chig‘anoqlar va gilli xillarining saqlanib 
qolishi) havza suvining chuchuklashib borishidan darak beradi.Tog‘ 
jinslari qatlamlari orasida gips va angidritning mavjudligi, hamda 
kesmada dolomitlar va dolomitlashgan ohaktoshlarning kuzatilishi 
ushbu geologik hosilalar paydo b o ig a n o ‘tmishdagi havzalarning 
sho‘r suvli b o ig an id an guvohlik beradi.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling