Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020
Download 3.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iliq su vli (tropik) den gizlar
Iqlimiy sharoitlarni aniqlash. Dengiz suvining harorat rejimi
havzaning bevosita geografik holatiga (kenglik zonalligiga) bo g iiq d ir. Hozirgi vaqtda ekvatorial oblastlardagi dengizlarning 51 yuza qismidagi harorati 27-30°C ga etadi. Agar ekvatordan shimolga va janubga tomon uzoqlashib borgan sari suvning harorati pasayib boradi, qutbga yaqin va qutb zonasida esa hatto 0°C dan ham pastga tushib ketadi. Suv haroratining pasayishi chuqurlik bilan bog‘liq holda ham yuz beradi. Tropik oblastlarda ham suvning harorati 1000 m chuqurlikda 4-5°C, katta chuqurliklarda hatto 1,87-2°C teng. Suvda yashovchi jonivorlar uchun suv haroratining nisbatan yuqori bo ‘lishi ju d a qulaydir, chunki bunday sharoitda organizmlarda va atrof muhitda kechuvchi barcha hayotiy jarayonlar jadal yuz beradi. Shuning uchun ham iliq va sovuq suvli dengizlarda yashovchi organizmlar komplekslari sifat va miqdor jihatidan bir- biridan farq qiladi. Iliq su vli (tropik) den gizlar uchun fauna va floraning turlicha ekanligi va bir-biriga bogMangan ustritsalar to‘plami - ustritsalar bankining mavjudligi xarakterlidir. Ustritsalar hozirgi iliq dengizlarning sayozliklaridagi qoya toshlarda yashaydi. Ular 21°C dan past bo ‘lmagan haroratda ko‘payadi!ar. Xuddi shunday va shunga yaqin sharoitlar mezozoy va kaynozoyda ham hukm surgan bo‘lsa kerak deb taxmin qilish mumkin. Tashib keltirilgan chig‘anoqlar uyumidan farqli ravishda ustritsalar banki asosan bir turga mansub jonivorlarning yaxlit chig‘anoqlaridan iborat, bunday uyumlardagi chig'anoqlarda tashib keltirilganlik izlari va mexanik saralanish belgilari kuzatilmaydi. Iliq suvli dengizlar uchun rif hosil qiluvchi korallarning mavjudligi xosdir, chunki zamonaviy kolonial korallar faqatgina tropik dengizlarning suv harorati 18,5°C dan 36°C gacha bo ‘lgan zonalarida yashaydi. Devorlari qalin va yirik burmali chig‘anoqlarga ega dengiz tubi umurtqasizlari ham iliq dengizlarga xos. Katta miqdorlardagi va har xil turga mansub planktonli foraminiferalar va bir hujayrali suv o ‘tlari- kokkolitoforidlar (ba’zan yoziluvchi bo‘r sifatidagi tog ‘ jinsining butun bir qatlamlarini hosil qiluvchilar) yoki qalpoqcha, shlyom, qirrali ignalarga ega yassi q o ‘ng‘iroqlar shaklidagi chig‘anoqlarga ega radiolyaridlar ham iliq suvli tropik dengizlarda o ‘sishidan darak beradi. Download 3.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling