Ku sh ak ova., Abduvaxqbqv a. Stratigrafiya asoslari 0 ‘quv qo‘llanma Toshkent 2020


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/118
Sana19.10.2023
Hajmi3.12 Mb.
#1710136
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118
Bog'liq
Universiteti geologiy a-geografiy a fakulteti

4 - topshiriq
Litologik - paleogeografik xarita tuzish va uning tahlili
Alohida olingan va iloji boricha, eng qisqa geologik vaqt birligi 
davomida mavjud b o ig a n yuvilish va cho‘kma cho‘kish oblastidagi 
tabiiy-geografik sharoitning shartli belgilar orqali aks ettirilishi 
paleogeografik xaritadir.
Odatda, paleogeografik xaritalar zamonaviy topografik asoslarda 
tuziladi. 
Geologik 
solnomaning 
(qatlamlar 
ketma-ketligi 
izchilligining) to'liqsizligi tufayli paleogeografik xaritalar anchagina 
gipotetik (taxminiy) xarakterda bo‘ladi, shuning uchun ham ular 
uchun birlamchi geologik xaritalar miqyosidan 2-5 marta kichik 
miqyos tanlanadi. Qanchalik ashyoviy dalillar (tog‘ jinslarining 
tabiiy va sun’iy ochilmalari) m iqdori ko ‘p bo‘tsa, paleogeografik
48


xarita aniqligi va ishonchliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Ayni 
paytda, daliliy m a’lumotlar tadqiqot hududida bir tekis tarqalgan 
b o isa , ushbu omil ham paleogeografik xaritaning obyektivligi 
yuqori bo‘lishini ta ’min etadi. Aniq daliliy materiallarni taxminiy 
m a’lumotlardan to ‘liq ajratib 
qarash 
lozim 
b o ia d i, chunki 
paleogeografik xarita muhim geologik hujjat bo‘lib, ushbu asosda 
hududda foydali qazilma konlari mavjudligi bashorat qilinib ularni 
qidirish y o ila ri tavsiya etilishi mumkin.
Paleogeografik xarita quyidagi ketma-ketlikdagi bosqichlarda 
tuziladi:
1
) tadqiq 
etilayotgan 
tog‘ jinslari 
qatlamlari 
kesmasida 
o ‘rganilayotgan vaqt intervaliga mansub b o ‘lgan stratigrafik birliklar 
ajratiladi.
Ushbu jarayonda nisbiy yoshni aniqlashda yordam beradigan 
barcha 
paleontologik 
va 
nopaleontologik 
usullardan, 
xuddi 
shuningdek, radiogeoxronologik usullardan ham foydalaniladi;
2
) bir xil yoshga mansub, biroq turli fatsiallikka ega tog‘ jinslari 
komplekslari tarqalgan maydonlar aniqlanadi, ulardan fatsiyalar 
ajratiladi va fatsial tahlil o ‘tkaziladi. Bunda tog‘ jinslarining tarkibi, 
ularning strukturaviy va teksturaviy xususiyatlarini o ‘rganish 
(litologik tahlil), tog‘ jinslarida saqlanib qolgan tosh qotgan hayvon 
qoldiqlarini har tomonlama chuqur tadqiq etish (biologik tahlil) 
orqali tanlangan vaqt birligi davomida cho‘kma cho‘kishning shart- 
sharoitlari haqida m a’lumot beruvchi fatsial belgilarning o ‘ziga xos 
xususiyatlari aniqlanadi va geologik o ‘tmishdagi vaqt birligining 
fatsial sharoitlari tiklanadi;
3) aktualizm tamoyilining zamonaviy rivojlangan ko‘rinishi 
b o ig a n
qiyosiy-tarixiy 
usulga 
asoslangan 
holda 
qadimgi 
quruqlikdagi (yuvilish va cho‘kma cho‘kish oblastlaridagi) va turli 
dengiz havzalaridagi tabiiy-geografik vaziyat tiklanadi.
Paleogeografik xaritada turli ranglar bilan m e’yoriy sho‘rlikka 
ega ochiq dengizlar, ichki dengizlar, yuqori sho‘rlikka ega 
k o ‘rfazlar, lagunalar, vaqti-vaqti bilan dengiz suvi bosib turuvchi 
qirg‘oq bo‘yi pasttekisliklari hamda materik ichkarisidagi past 
tekisliklar, chuchuk suvli k o ila r va botqoqliklar, to g ii zonalar 
etaklari va boshqalar ajratilib b o ‘yaladi. Paleogeografik xaritalar 
geologik o ‘tmishning biror vaqt birligi davomidagi tabiiy-geografik
49


sharoitlarning 
mutloq 
aksi 
emas, 
balki 
Yer 
yuzasining 
o ‘rganilayotgan 
hududi 
rivojlanishining 
biror 
bir 
muddatli 
bosqichida mavjud bo‘lgan sharoitlarning o ‘rtacha holatinigina 
belgilab beradi, zarur hollarda esa ko‘rib chiqilayotgan vaqt bosqichi 
davomida paleogeografik sharoitlarning davriy o ‘zgarib turuvchi 
uchastkalarini hudud xaritasida belgilashga imkon beradi.

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling