Kuch momenti va inersiya momenti
Download 116.11 Kb.
|
Kuch momenti va inersiya momenti
M1 = M2
bo‘lganda aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlar muvozanatda bo‘lishi kelib chiqadi. Bunga momentlar qoidasi deyiladi. Ko‘rilgan tajribada M1 kuch momenti richagni soat strelkasi yo‘nalishida aylantirishga harakat qilsa, M2 kuch momenti uni soat strelkasiga teskari yo‘na lishda harakat qildiradi. 55-rasm. Richaglar turmush va texnikada keng qo‘llaniladi. Masalan, oddiy qaychini olib qaralsa, unda qo‘lning F1 kuchi dastasiga, F2 kuch esa matoga qo‘yiladi. F2 kuch aylanish o‘qiga yaqin joylashganligidan F1 dan katta bo‘ladi. Shu tamoyilga asosan mix sug‘uruvchi ombur, tunuka qirquvchi qaychilar ishlaydi. Oldingi mavzularda ko‘rilgan shayinli tarozi – yelkalari teng bo‘lgan richagdir. Agar tarozi yelkalarini turli uzunlikda olinsa, kichik massali tarozi toshlari bilan katta massali jismlarni o‘lchash mumkin.89F1F2Inson va hayvonlarning tuzilishida richag tamoyili asosida ishlaydigan qismlari ham mavjud. Qo‘l va oyoq suyaklari mushaklar bilan birgalikda richag hosil qiladi. Inersiya momenti nima? Inersiya momenti barcha aylanma harakat qilayotgan jismlarni tavsiflashda ishlatiladi. Bu skalyar kattalik bizga biror aylanish oʻqidagi jismning burchak tezligini oʻzgartirish qanchalik qiyinligini bildiradi. Aylanma harakatda inersiya momenti xuddi toʻgʻri chiziqli harakatdagi massaga oʻxshaydi. Haqiqatan ham, inersiya momenti jismning massasiga proporsional. Shuningdek, u bu massa aylanish oʻqi atrofida qanday taqsimlanganiga ham bogʻliq. Massa markazi aylanish oʻqidan uzoqlashgani sayin uning burchak tezligini oʻzgartirish qiyinlashib boradi. Bunga sabab shuki, endi massa oʻzida kattaroq impulsni mujassamlashtirgan (uning tezligi ortishi tufayli), chunki impuls vektorining yoʻnalishi tezroq oʻzgaradi. Har ikkala kattalik massadan aylanish oʻqigacha boʻlgan masofaga bogʻliq. Inersiya momenti III harfi bilan belgilanadi. rrr radiusli aylana boʻylab harakatlanayotgan mmm massali tennis koptokchasining (1-rasmga qarang) inersiya momenti quyidagi formula orqali topiladi: I = mr^2I=mr2I, equals, m, r, squared shu bilan birga, inersiya momentining SI dagi birligi \mathrm{kg\cdot m^2}kg⋅m2k, g, dot, m, squared. Inersiya momenti ayrim manbalarda aylanma harakat inersiyasi deb ham ataladi. Shuningdek, u ikkinchi massa momenti deb ham aytiladi; “ikkinchi” soʻzi u kuch yelkasining kvadratiga toʻgʻri proporsional ekanini bildirish uchun ishlatiladi. 1-rasm: ipga mahkamlangan tennis koptogi aylanma harakat qilmoqda. Download 116.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling