Kuch qurilmalari Issiqlik berishning rostlash usullari


Download 1.69 Mb.
bet1/11
Sana27.10.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1727226
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Issiqlik berishning rostlash usullari


Issiqlik berishning rostlash usullari
Reja:

  1. kuch qurilmalari

  2. Issiqlik berishning rostlash usullari

3. Qattiq va suyuq yoqilg‘ining tarkibiy va issiqlik berish qobiliyati.

Energetikaning birlamchi tabiiy boyliklari – yoqilg‘i, suv, shamol va boshqalardan foydalanib mexanik energiya hosil qiladigan dvigatellar va yordamchi uskunalar majmuasi kuch qurilmalari deyiladi. Foydalaniladigan energiya turiga kо‘ra issiqlik, gidravlik, atom kuch qurilmalari bо‘ladi.


Issiqlik kuch qurilmalari maxsus energetik inshoat bо‘lib, u qozon qurilmasi , nasoslar, kondensatorlar, bug‘ turbinalari elektr generatorlar, quvurlar va shunga о‘xshash asosiy uskunalardan tashkil topgan. Issiqlik kuch qurilmalariga bug‘ turbinalari, gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar kiradi. Issiqlik dvigateli issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi qurilmadir.
Yoqilg‘i va yonish jarayonlari.
Asosiy tarkibiy qismi ugleroddan iborat yonuvchi moddaga yoqilg‘i deyiladi. Kimyoviy reaksiyaning jadal borishi natijasida yoqilg‘i о‘zidan issiqlik chiqaradi.
Yoqilg‘iga quyidagi talablar quyiladi: yonish vaqtida kо‘p miqdorda issiqlik chiqarish, yonish mahsulotida tabiatga zarar yetkazadigan moddalar miqdorining kam bо‘lishi, tez va tо‘la yonishi; qazib olish arzon bо‘lishi va qayta ishlash hamda transportda bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirishning oson bо‘lishi.
Yoqilg‘i qazib olinishi yoki tayyorlanishiga kо‘ra tabiiy va sun’iy bо‘ladi.Tabiatda ishlatishga tayyor holda mavjud bо‘lgan yoqilg‘ilar tabiiy yoqilg‘ilar deyiladi. Qazib olinadigan toshkо‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, gaz, о‘tin, qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishi chiqindilari tabiiy yoqilg‘i hisoblanadi. Tabiatdagi yoqilg‘ilarni yoki umuman moddalarni qayta ishlash natijasida olinadigan yoqilg‘ilar sun’iy yoqilg‘ilar deyiladi. Bularga koks, kukun holatigacha maydalangan qattiq yoqilg‘i, brikenlar, yog‘och kо‘miri, benzin, kerosin, solyar moyi, gazoyl, motor moyi, mazut, domna va koks batareyasi gazlari va tabiiy gazni qayta ishlashda olinadigan gazlar kiradi.
Yoqilg‘i qattiq, suyuq va gaz holatida bо‘ladi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling