Kuch qurilmalari Issiqlik berishning rostlash usullari


Koks tarkibida uglerodning asosiy qismi vakul bо‘ladi. Koks olishga yaroqli bо‘lgan kо‘mirlar kokslanadigan yoki tosh qotib qoladigan kо‘mirlar


Download 1.69 Mb.
bet4/11
Sana27.10.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1727226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Issiqlik berishning rostlash usullari

Koks tarkibida uglerodning asosiy qismi vakul bо‘ladi. Koks olishga yaroqli bо‘lgan kо‘mirlar kokslanadigan yoki tosh qotib qoladigan kо‘mirlar deb ataladi. Monolit zich bо‘laklar – g‘isht kо‘rinishida koks hosil qiladigan toshkо‘mir domna pechlarida chо‘yan eritish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Qattiq va suyuq yoqilg‘ining tarkibiy va issiqlik berish qobiliyati.



Yoqilg‘i turi



Yoqilg‘i tarkibidagiyonuvchi elementlar %

Issiqlik berish qobiliyati.

S

N

O

S

Yuqori Q

Pastki Q

Yog‘och

50

6

43

0

4800

4400

Torf

53 -62

5,2 -6,2

32 - 37

0, 1 – 0,3

6100

5800

Qо‘ng‘ir kо‘mir

62 -72

4,4 -6,2

18 -27

0, 5 -0,6

8550

8300

Toshkо‘mir

75 - 90

4,5 – 5,5

4 - 15

0,6 – 6,0

8150

7850

Antratsit

90 – 96

1,0 – 2,0

1 -2

0,5 – 7,0

8150

8070

Neft

83 – 86

11 – 13

1 – 3

0,2 -4,0

4600

4300

Yonuvchi slanets

0,7- 0,8

0,09

0,11

0,02

1500

730

Yonuvchi gazning tarkibiy qismi.



Gaz turi


Quruq gaz hajmidagi modda miqdori, %

SN

N

SO

S H

O

SO

N S

N

Tabiiy (Buxoro)

94,9

-

-

3,8

-

0,4

-

0,9

Koks gazi (tozalangan)

22,5

57,5

6,8

1,9

0,8

2,3

0, 4

7,8

Domna gazi

0,3

2,7

28

-

-

10,2

0,3

58,5

Suyultirilgan
gaz

4

Qolgani boshqa gazlar:propan 79%, etan 6%, vodorod, izobutan 11%.

Qattiq yoqig‘ilar tarkibiga kiradigan yog‘och tarkibida 1% gacha kul bо‘ladi. Unda oltingugurt yо‘q. Endigina kesilgan о‘tinda namlik 50% gacha yetadi, quruq о‘tinda esa 25% gacha kamayadi.


Torf botqoqlik о‘simliklarining suv ostida havo kirmasdan chirishiidan hosil bо‘lgan
mahsulotdir. U qazib olinadigan yoqilg‘ilar ichida eng yosh yoqilg‘i. Qazib olingan torf 90% gacha namlik bо‘ladi. Issiqlik berish qobiliyati past va namligi yuqori bо‘lganligi uchun torfni uzoq masofalarga olib borish foyda bermaydi. Shu sababli torfni qazib olingan joy yaqinida yoqishga harakat qilish kerak.
Kо‘mir uch turga bо‘linadi: past navli kо‘mir, toshkо‘mir va antratsit.
Past navli kо‘mirda kо‘p miqdorda kislorod, kul, oltingugurt va nam mavjudir. Shuning uchun past navli kо‘mirlar о‘z – о‘zidan yonib ketish qobiliyatiga ega. Ularni uzoq muddat saqlashga mumkin emas. Past navli kо‘mirdan gaz, sun’iy suyuq motor yoqilg‘isi va kimyoviy sanoat uchun boshqa qimmatbaho mahsulotlar olinadi.
Toshkо‘mir qazib olinadigan yoqilg‘ining asosiy turi hisoblanadi. Topilgan hamma kо‘mir qatlamlarining 80% ga yaqini toshkо‘mirdir.


Antratsit uchib ketuvchi elementlari kamligi bilan xarakterlanadi, tarkibida uglerod kо‘p va deyarli alangasiz yonadi. Uning issiqlik berish qobiliyati Q = 8000 kkal/kg. Antratsitning namligi va kuli uncha kо‘p emas, uni uzoq muddat saqlash mumkin. Shuning uchun antratsitlar mahalliy yoqilg‘i turlariga kirmaydi.
Yonuvchi slanetslar о‘simlik va hayvonot organizmlarining suv ostida havo kirmasdan chirishidan hosil bо‘lgan mahsulotdir. Uning tarkibida 70 – 80% gacha kul bо‘ladi., ish yoqilg‘isining issiqlik berish qobiliyati esa Q =1500 – 2500 kkal/kg. Slanetslar qazib olingan joyida yoqiladi. Slanetsdan gaz va sun’iy suyuq yoqilg‘i, har xil qimmatbaho moylar va kimyoviy mahsulotlar olinadi. Slanets va toshkо‘mir kulidan sement, g‘isht, issiqlik izolyatsiyasi materiallari va qishloq xо‘jalik о‘g‘itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Neft har xil uglerodlarning (S H ) aralashmasidan iborat.Neftda og‘irligi bо‘yicha 85 – 87% gacha uglerod, 11 – 14% vodorod va bir foizga yaqin kislorod va azot bor.

Suyuq yoqilg‘i asosan neftni 300 – 370 S qizdirishdan hosil bо‘lgan bug‘ni har xil fraksiyalarga ajratish va ularni kondensatsiyalash (suyuqlantirish) yо‘li bilan olinadi:suyuqlantirilgan gaz 1%, benzin 15% atrofida, kerosin 17% atorofida solyar moyi 18% atrofida va mazut 45% hamda qoldiq massa4% atrofida bо‘ladi. Mazutni yuqori bosim ostida yuqori temperaturagacha qizdirish yо‘libilan undagi og‘ir molekulalarning parchalanishi natijasida yengil suyuq mahsulotlar olinadi. Mazut 84 – 86% gacha uglerod (yoqishga yaroqli)va 10- 12% vodoroddan tashkil topgan bо‘lib, u motor yoqilg‘isi yoki qozon qurilmasi yoqilg‘isi sifatida ishlatiladi.
Gaz yoqilg‘isi, asosan tabiiy gaz bо‘lib, uning tarkibi metan(botqoq gazi)SN , vodorod N , azot N , yuqoridarajadagi uglerod birikmalari SN, uglerod oksidiSO, karbonat angidridi SO dan iborat. Turmushda ishlatiladigan gaz tozalangandan sо‘ng, unga gazning sirqib chiqishini aniqlash maqsadida maxsus qо‘shilma – odorizator qо‘shiladi,u о‘ziga xos sassiq hidga ega.
Koks va domna gazlrini metallurgiya sanoati korxonalari beradi va ularning tarkibida zaharli SO gazi5 10% ni tashkil etadi. Shuning uchun ular asosan zavod ehtiyojlarida kо‘proq ishlatiladi.
Yoqilg‘i tо‘la yonganda ajralib chiqadigan, issiqlik miqdori turlicha bо‘lganligidan, ularni bir-biridan farqlash maqsadida, yoqilg‘ining yonish issiqligi tushunchasi kiritgan. Ish yoqilg‘isining birlik massasi tо‘la yonganda ajraladigan isiqlik miqdori yonish issiqligi deyiladi. Yonish issiqligining о‘lchovi kJ/kg yoki kJ/m³. Yoqilg‘ini yonishida ajraladigan issiqlik miqdori yuqori (Q ) va quyi (Q ) bо‘ladi.
Ish yoqilg‘isining birlik massasi tо‘liq yonganda, uning tarkibidagi namlikning bug‘lanishiga sarf bо‘lgan issiqlik miqdori hisobga olinmaydigan yonish jarayonida, ajralib chiqqan issiqlik miqdori yuqori issiqlik (Q ) ajralish deyiladi.
Yoqilg‘ining birlik massasi yonganda uning tarkibidagi namlik hamda vodorodning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi jarayonida hosil bо‘lgan namlik hisobga oligan holatda ajralgan issiqlik miqdori quyi issiqlik ajralish deyiladi. Hosil bо‘lgan bir kg suvni bug‘lantirish uchun 24 ∙10 kJissiqlik miqdori sarflash kerak, 1 kg bug‘ suyuqlikka aylanish jarayonida atrofga 2,5 MJ(t = 20 S) issiqlik chiqaradi.
Demak, (Q ) va (Q ) orasidagi bog‘lanishni quyidagicha ifodalash mumkin:
Q =Q + 25 ( 9H + W ). (1)
Qattiq va suyuq yoqilg‘ilarning issiqlik ajratishini D.I.Mendeleyevning emperik formulasi asosida yetarli aniqlikda J/kg о‘lchovida nazariy hisoblab topiladi:
Q = 10 [ 34,013S + 125,6N - 10,9( O - S ) – 2,5 ( 9H + W )]. (2)
Q = 339S + 1250H – 109 (O- S). (3)
Gaz yoqilg‘isi uchun (2) tenglama J/m³ о‘lchovida quyidagicha yoziladi:
Q =10 (12,8CO +10,8H + 35,8CH + 56C H +
+59,5C H +63,4C H +91C H +120C H +144C H ).
Yoqilg‘ining issiqlik ajratishi (yonish issiqligi) (1),(2), (3)formulalar bilan hisoblanganda kolorometrik usulga nisbatan uncha katta xatolikka yо‘l qо‘yilmaydi. Turli – tuman yoqilg‘ilarning ajratgan issiqligi bir xil emas.
Shartli yoqilg‘i sifatida issiqlik ajratishi Q = 29,35 MJ/kg (7∙10 kkal/kg)ga teng bо‘lgan yoqilg‘i qabul qilingan. Shartli yoqilg‘i asosida boshqa yoqilg‘ilardan iqtisodiy jihatdan foydalanish maqsadga muvofiqligi va ular sarfi aniqlanadi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling