Kuch qurilmalari Issiqlik berishning rostlash usullari
Download 1.69 Mb.
|
Issiqlik berishning rostlash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz yoqilg‘isiga
Qattiq yoqilg‘iga toshkо‘mir, torf, yonuvchi slanetslar, koks, yog‘och kо‘mir kiradi.
Suyuq yoqilg‘iga neft va neft mahsulotlari (benzin, kerosin, solyar va motor moylari, gazoil, mazut, qozon qurilmasi) yoqilg‘ilarini kiritish mumkin. Gaz yoqilg‘isiga – koks va domna, generator, neftni qayta ishlash zavodlari gazlari, propan, atsetilen, toshkо‘mir qazib olishda olinadigan gazlar misol bо‘ladi. Yoqilg‘i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bо‘ladi. Organik moddalarga uglerod(S), vodorod(N ),kislorod(O ), Azot(N ) va oltingugurt(S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg‘ilarda turlicha bо‘ladi. Masalan, neft va uning mahsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan. Yoqilg‘ining agregat holatidan qat’iy nazar, uning tarkibidagi uglerod va vodorod asosiy bо‘lib,suyuq yoqilg‘ida ularning miqdori 85 – 87 %, qattiq yoqilg‘ilarda esa 50 – 90 % ni tashkil etadi. Kislorod elementining miqdori qattiq yoqilg‘ida 6,5 % gacha, suyuq yoqilg‘ida esa 25 % gacha yetadi. Gazdagi vodorod va uglerodning umumiy miqdori 0,3 dan 95 % gacha. S va N birikma holida, ya’ni metan (SN ) gazi kо‘rinishida kо‘proq uchraydi. Yoqilg‘ini ng tabiatda hosil bо‘lish davrida uning tarkibiy qismidagi kimyoviy elementlar miqdori ham о‘zgarib boradi. Ayrim kimyoviy elementlar miqdori kamaysa, ayrimlariniki ortadi. Xususan, yoqilg‘i yonishining ortib borishi uning tarkibidagi uglerod miqdorining kо‘payishiga olib keladi. Masalan, antratsit tarkibida 93% uglerod bо‘lsa, yog‘ochda 40% ni tashkil etadi. Yoqilg‘ining tarkibiy qismi foiz(%)larda ifodalanadi, ya’ni uning ish, quruq, yonuvchi, organik qismlarini tashkilqilgan kimyoviy elementlar yig‘indisi har bir holat uchun 100% deb qabul qilinadi: yoqilg‘ining ish qismi S + H + O + N + S + A + W = 100% quruq massa qismi S + H + O + N + S + A = 100% Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling