Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana27.10.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1726466
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
21.23.F Ahadov Ziyodulla -Jismoniy madaniyat metodikasi fanidan-Kuch va qobiliyatni rivojlantirish va tarbiyalash ref

Nisbiy kuch esa absolyut kuchning individ vazniga (tana og’irligiga) nisbati bilan 
o’lchanadi. Vazni turli xil, lekin bir xil darajada shug’ullanganlikka ega bo’lganlarda 
absolyut kuch tana vaznining ortishi orqali oshadi, nisbiy kuch kama yadi. Buni 
shunday tushunish lozimki, tana vaznini qo’shilishi bilan uning og’irligi muskul 
kuchiga nisbatan ortib ketadi. 
Qator sport turlarida (masalan, uloqtirishda) yutuq absolyut kuch hisobigagina 
qo’lga kiritiladi.
Tana vazni chegaralanadigan, vazni hisobga olinadigan sport turlarda yoki 
tananing fozoda makonda ko’p marotabalab o’rnini almashtirilib turiladigan sport 
turlarida (masalan, gimnastikada) yutuq nisbiy kuch bilan qo’lga kiritiladi.
Harakatning biomexaniksi shartiga to’g’ridan-to’g’ri muvofiqlashtirilgan elka 
suyagining katta kichikligi va gavda richaglarining uzunligi, muskullarning fiziologik - 
yo’g’on yoki ingichkaligi, cho’ziluvchanligi, chayir yoki mo’rtligi va h.k. lar kuchning 
namoyon bo’lishiga ta’sir qiladi va ular e’tiborga olinishi lozim. 
Kuchni rivojlantirish uslubiyoti va vositalari. Oxirgi o’n yilliklarga oid ilmiy 
tadqiqolarning natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, kuch harakat sifatini rivojlantirishda 
qo’l lanilayotgan an’naviy uslubiyotlarga qo’shimcha innovatsiyalar yuzaga keldi va 
ulardan hozirgi kun ta’limi va tarbiyasi jarayonida samarali foydalanilmoqda.
Kuchni rivojlantirishda asosan yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan 
foydalanilmoqda. Ular mohiya tiga ko’ra uch guruhga ajratiladi: 
1.Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. 
2.O’z vaznidan foydalanish(vazni qarshiligini engish) bilan bajariladigan 
mashqlar. 
3.Izometrik mashqlar.
1
Абрамов М.С. «Аэробика и мы» - Т.: Медицина, 1990.ст 47. 


Balndlik, do’ngliklar tomon(adirlik, tog’lik joylarda) yurish va yugurishlar; 
yugurish mumkin bo’lgan sayozlikdagi soylar, ariqlar, ko’llarning qirg’oqlarida yurish, 
yugurishlar; qumli sayxonliklardagi yurish, yugurishlar, o’yinlar o’ynash, shamol 
qarshiligini engish va boshqa mashqlar tashqi qarshilik bilan bog’liq mashqlar 
turkumiga kiradi va kuchni rivoj lantirish uchun foydalanish kutilgan natijalarni 
bermoqda.
Qolaversa, og’irliklar bilan bajariladigan, egilish – bukilish, tortish, cho’zish bilan 
bajariladigan, blok quril malari, amartizatorlar, atletika zali jihozlari ham qarshilik bilan 
bajariladigan mashqlar turkumiga kiradi.
Ayrim mualliflar (V.M.Zatsiorskiy, 1970; L.P.Matveev, 1991; 1999; va boshqalar) 
katta qarshilik bilan kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan 
mashqlardan foydalanishni tavsiya etib, ularni ikki guruhga ajratganlar: 
1. Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qar-shilik sifatida og’ir jismlar
(girlar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining qarshiligidan, o’ziga o’zining qarshi-
ligi, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus moslama 
stanoklar) tashqi muhit qarshiligi (qumli yo’lkada, qalin qorda yugurish va boshqa-
lar)dan foydalaniladi. 
2. Individning o’z tanasi og’irligini engish bilan bajariladigan mashqlar (tayanib 
yotib qo’llarni tirsakdan bukish va to’g’rilash, gimnastika jihozlaridagi mashqlar, 
akrobatika mashqlari va x.k.lar).
Kuch bilan bajariladigan har qanday mashqlarning ijobiy va salbiy tomonlari 
mavjud. Og’irlik bilan bajariladigan mashqlarning ijobiy, tomoni shundaki, ular 
yordamida ham yirik, ham mayda muskul lar guruhiga ta’sir etish oson va ularni 
dozalash qulay.
Salbiy tomoni shundaki, tezlik  kuch talab qiladigan xarakterdagi harakatlar tartibi 
tez buziladi (ayniqsa og’ir lashtirib, vazminligini orttirib, malol kelishi tezlasha digan 
mashqlarda). Dastlabki holatda muskul tarangligi bir xil – “statik holat” ushlanadigan 
mashqlarda, mashqni bajarishning tashkillanishi, ijroning qiyinligi (maxsus jihozning 
kerakligi, metal jihozning shovqini va x.k.)da salbiylik ko’zga tashlanadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling